II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlardan foydalanish tizimini takomillashtirish mazmuni
O‘zbek xalqi azaldan milliy an’ana va qadriyatlarga, urf-odatlarga boy bo'lgan qadimiy xalq. Bu xalqning nafaqat biror-bir marosimi, balki butun umri, har bir kuni ma’lum qadriyatlar, milliylik nafasi ufurib turuvchi harakatlar asnosida kechadi. Bu xalq har bir qadriyat va an’analarini ulug'lovchi buyuk xalqdir. Aslida uning buyukligi ham mana shundan bo'lsa kerak. Zero, har bir millat milliy qadriyatlarini, milliyligini va o'ziga xosligini ko‘z-ko‘z qilish orqali o'zligini, milliy g'ururini namoyon qiladi. O‘zlikni anglash milliylikdan boshlanadi. Milliy urf-odatlarga sodiqlik va ularga amal qilish har bir insonning milliy g'ururidan darak beradi.
Qadimdan urf bo'lib kelgan azaliy an’ana va qadriyatlarimizni, milliy marosim qo'shiqlarimizni to'y marosimlarida o'rni bilan ijro qilish ularning boqiyligini, abadiyligini ta’minlaydi, yosh avlod qalbida ularga nisbatan mehr va qiziqish hissini uyg'otadi. Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e’zozlab, qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lish har birimizning burchimizdir. Zero, milliy qadriyat va an’analar millat iftixori, g'ururi hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ko'plab milliy urf-odatlarimiz unutilib borilayapti, ularga nisbatan bepisandlik bilan qaralyapti. Albatta, bunday beparvolikning xosiyati yaxshi emas. Chunki har bir qadriyatimiz zamirida o'ziga xos ma’no-mazmun bor. Milliy ma’naviyatimiz shakllanishida, ma’naviy ongimiz yuksalishida milliy odat va an’analarimizning o'rni beqiyos. Shunday ekan, ularni o'rganish va amalda qo'llash orqali ham ma’naviyatimizni yuksaltirishimiz va milliy qadriyatlarimiz umrboqiyligiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy, iqtisodiy,madaniy va ma’naviy sohada islohatlarning amalga oshirilishi kelajagi buyuk davlatimizning yoshlarini har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, raqobatbardosh, intellektual salohiyatli bo’lgan barkamol avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodni ma’naviy – ahloqiy jihatdan har tomonlama tarbiyalashni, ularda bilim, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo’lishni talab etadi. Chunki mamlakatimiz kelajagi va istiqboli ana shu avlod tarbiyasiga har tomonlama bog’liq.
Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o’ringa ega bo’lib, uni samarali tashkil etish o’quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya
qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi. Axloqiy me’yorlar to’g’risidagi bilimlar o’quvchilar ongiga ta’lim va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o’quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko’rinadi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’lim-tarbiya jarayonida yo’lga qo’yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq
xo’jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo’lga kirish bilan O’zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro’-e’tiborining oshishiga o’zining munosib hissasini qo’shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to’g’risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko’rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi. Axloqiy tarbiya o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg’u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma’lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o’quvchilarning komil shaxs bo’lib kamol topishlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Yuksak ma’naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo’lida fidokorona mehnat qilish, o’ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo’lish, o’zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish kabi xislatlarni mustaqil O’zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo’lgan tamoyillar sifatida e’tirof etish mumkin.
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo’ladi. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma’ruza, bahs-munozara, konferentsiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o’rni katta. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo'lga kiritgach, o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa,milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.
Tarixiy tajriba, an'analarining meros bo'lib o'tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog'i lozim.
Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o'ziga rom etib kelayotgan markaz bo'lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san'at
ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma'naviy uyg'onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo'lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar. Oila qadriyatlari va qon- qarindoshlik munosabatlaring qayta tiklanishi o'z umrini yashab bo'layotgan oila- urug'.
Har bir xalqning o'ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo'ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o'xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko'ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-faoliyatidagi muhim o'zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog'liq bo'lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi.
Marosimlarda milliy,diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o'z ifodasini topadi. O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib o'z mazmunida shu xalqning orzu-o'ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida etkazmog'i lozim. Darhaqiqat, an'analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma'naviyati, qadriyatlarini ajralmas qismidir.
Oʻzbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rang-barang hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Masalan, bola tugʻilishi (chilla, beshik kerti), sunnat toʻyi, nikoh va motam marosimlarida Oʻrta Osiyo xalqlariga xos umumiy oʻxshashliklar mavjud.
Oʻzbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va o’quvchilar qatnashgan. Oʻtmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, oʻzbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin: Har qanday ijtimoiy hodisaning, shu jumladan, milliy g`oyani va milliy ma`naviy qadriyatlarning mohiyatini ochib berish uchun quyidagilarga aniqlik kiritish:
- tushunchaning ta`rifi (definisiyasi);
- tushunchaning tavsifi (xarakteristikasi);
- milliy ma`naviy qadriyatlarning mazmuni;
- ularning kelib chiqishi va rivojlanishi (evolyusiyasi);
-ijtimoiy maqsadi va vazifalari (funksiyalari);
-tuzilishi (strukturasi);
-amal qilish usul va vositalari (texnologiyasi);
- shakllari va ko`rinishlari tasnifi (klassifikasiyasi) va nihoyat, jamiyat
-hayotining boshqa sohalariga ta`sirini bilish lozim.
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o`ynaydi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmugs tarzida o`ziga xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasmrusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. Milliy ma`naviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Ma`naviyat, qadriyatlar va milliy g`oya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o`zaro uzviy aloqadorlikda bo`lgan sohalaridir. Ma`naviyat, milliy qadriyatlar va istikdol g`oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining ma`lum davrlarida ma`naviyat va milliy g`oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydonga chiqadi.
O`zbekiston istiqlolining asoschisi mmlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab taraqqiyotning o`ziga xos va o`ziga mos yo`lini belgilovchi milliy ma`naviy qadriyatlar masalasiga juda katta e`tibor qaratildi. Xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirishning ilmiynazariy, fundamental konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Milliy o`zlikni anglash aynan ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z xalqining tarixi, madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertanga istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy
maqsadlari ma`lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma`naviy boyliklarga ega bo`lishga yo`naltirilgan bo`ladi. Milliy ma`naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari Milliy ma`naviy meros va qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo`lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat:
— tarixiy meros va tarixiy xotira;
— madaniy yodgorliklar, qadimiy qo`lyozmalar;
— ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari;
— san`at va milliy adabiyot;
— axloqiy fazilatlar;
— diniy qadriyatlar;
— urfodat, an`ana va marosimlar;
— ma`rifat, ta`limtarbiya va hokazolar.
O`zbek xalqi jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo`shgan millatlar qatoridan faxrli o`rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me`morchilik san`ati namunalari, qadimiy qo`lyozmalar — milliy ma`naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo`lgan boyliklardir. Bularni avaylab asrash, kelajak avlodlarga yetkazish ma`naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir.
Milliylik xalqning ruhiyati va ma`naviyati, ayniqsa, san`at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat`iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.
Milliy ma`naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlar munosib o`rin egallaydi va milliy o`zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo`ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o`zaro bog`liq bo`lib, jamiyatning ma`naviy yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega. Har bir xalq, millat yaratgan ma`naviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o`ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to`laqonli namoyon bo`ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funksiyalarni bajaradi, milliy o`zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan royalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va ta`limning milliy xususiyatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimida o`z o`rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog`liq ekanligi qanchalik haqiqat bo`lsa, bularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umum e`tirof etilgandir. Milliy tarbiya- xalqning o`z-o`zini saqlash va istiqbolini ta`minlash omilidir. Barkamol avlod tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning o`rni juda katta. O`zbek xalqining yoshlari milliy g’oya, qadriyatlar bilan yo`g’irilgan tarbiyani olishi kerak. Yoshlarmiz bugungi kunda har tomonlama barkamol avlod bo`lib etishib kelmoqda. Zamonaviy taraqqiyot bizning yoshlarmiz dunyoqarashiga xam kuchli ta’sir ko`rsatmoqda albatta. Ana shunday sharoitda xam biz kattalar yoshlarning barkamol bo`lib shakllanishiga katta e’tibor qaratib, ularning milliy qadriyatlarmizni e’zozlashlariga o`rgatib bormog’imiz asosiy vazifalarimizdan biridir.
Bugungi kun yoshlari milliy urf-odatlarimizning shakllarini, aniq mazmunlarini chuqur anglagan bo`lishlari lozim. Ana shundagina kelajak avlod o`zbek millatining qadriyatlarni, ma’naviyatini, madaniyatini saqlab qoladigan, vatanni ximoya qiladigan insonlar bo`lib etishadilar. Bu ezgu maqsadlarning amalga oshishida ota-onalar, pedagog murabbiylar xamjixat bo`lib xarakat qilishlari muhim.
Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz tarixi bir necha ming yilni qamrab oladi va ma’naviyatimiz to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi hatto milliy hududlarimizdan tashqarida ham topilgan bo’lib, «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklarda uchraydi. Ikkinchi qismi qadim Shumer, Bobil va Ashshur, Misr va Yunon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgan. Uchinchi guruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’ngi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, milliy madaniyatining cho’qqisiga qiyos qilish mumkin.
Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo’lishi amrimaholdir.Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkil etadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy zamini mustahkam bo’lmaydi. Chunki milliy ong mustaqilikka yo’nalish beradi, xalqini yaktan, yakdil qiladi.
Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart sharoitlari, urf-odatlari, an’nalari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) xissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari, qarashlari, g’oya va nazariyalari majmuini ham anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust bo’lmaydi. Aksincha, milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgai ma’naviy merosi orqali yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo’shilib rivojlanadi. Shu bois ta’lim tarbiyaning milliy ongining shakllanishi hamda taraqqiy etishdagi o’rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir.
Ta’lim-tarbiya tizimini ana shu asosda qayta ko’rib chiqish hozirgi davrda ayniqsa muhimdir. Bu esa, o’z navbatida, ilm-fan, axloq va huquq, adabiyot va san’at oldiga bir qator masalalar qo’yadi. Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko’maklashadi, komil inson degan oliy maqsad sari etaklaydi.Avvalo muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy kiyofasi o’sha tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlarga qarab o’zgarib borishi tabiiydir. Zero, millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi.Aslida milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustuqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tish mumkin. Ularning hayotida shiddat bilan ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik keskin tus olmasin, xalq ommasi ongining yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olyapti.
Milliy ong va uning shakllanishi eng avvalo, milliy uyg’onish zaminida boshlanadi. Milliylikni tan olish millatga mansub kishilarning ijtimoiy etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etadi. Milliylikda milliy mansublik ruhi ham mavjud. Diqqat qilinsa, milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanishini bilish mumkin. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo’lsa, uni milliy o’z-o’zini anglash deb tushunish mumkin. Milliy o’zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun ko’llanma darajasiga ko’tarilsa, milliy mafkura deb ataladi. Bu sohadagi asosiy qoidalar Islom Karimovning «Istiqlol va ma’naviyat» asarida ta’kidlangan bo’lib, bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o’zligini aglashidir.
Demak, millatning o’zligini anglash tushunchalarining tarkibiy qismlari avvalo, quyidagilardan iborat:
-milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib etish;
-milliy qadriyatlar: til, tug’ilib o’sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiklik;
-milliy manfaatlarni tushunib etish;
-milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish;
-vatanparvarlik.
Shaxs milliy o’zligini anglash tushunchasining tarkibiy qismlarini o’rganishda quyidagi jihatlarga diqqat qaratmog’i lozim:
-millat (etnos) ga mansublikni anglash
-millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o’rnini bilish;
-milliy qadriyatlarga sadoqat;
-milliy taraqqiyotga vijdonan xizmat qilish.
Basharti, mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan xalqda etuk milliy ong bo’lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Agar xalqning milliy ongi to’xtovsiz o’sib bormasa, mustaqillikning ma’naviy zamini mustahkamlanmaydi. Chunki milliy ong mustaqillikka yo’nalish beradi, xalqni yakdil qiladi.Siyosiy madaniyati o’sgan, milliy o’zligini anglagan xalq va millatning hayoti mazmunan boyiydi, go’zallasha boradi. O’z-o’zini, milliy o’zligini anglash – bu milliy birlik, milliy ahillik va milliy totuvlikning asoslaridan biridir. Xalqning milliy jihatdan o’z-o’zini anglashiga erishmasdan turib, umumiy maqsadlar yo’lida birlashtirib, g’oyaviy-iqtisodiy jihatdan uyushtirib, har qanday murakkab vazifalarni hal qiladigan buyuk ijtimoiy kuchga aylantirib bo’lmaydi.Avvalo, o’zini o’zi anglash – bu xalqning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, ota-bobolarining, nasl-nasabining, avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir. Milliy o’zlikni anglash kishining jamiyat va Vatan porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini chuqur anglab etishi va mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o’zini safarbar etishi demakdir.O’zini chuqur anglab etgan, ko’zi ochilgan, aqli etilgan, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyg’ongan, jisplashgan xalq va millatni mustamlakachilik usulida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talon-toroj qilish, huquqini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish mumkin emas.
Dunyodagi har bir davlat, katta-kichikligidan qat’iy nazar, o’z taraqqiyoti jarayonida ma’naviyatga ehtiyoj sezadi. Bu tarixiy zaruratdir. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tarixning burilish davrlarida, ayniqsa, beqiyos bo’ladi.Demak, qadriyatning uch guruhi bo’lib, ular milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatga bo’linadi. Milliy qadriyat muayyan elat, millat, uning ajdodlarga xos bo’lgan behad qimmatli ma’naviy boylikdir.
Mintaqaviy qadriyat esa muayyan jug’rofiy millatlarga xos, ular uchun umumiy bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Bunga Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak qadriyatini misol qilib keltirish mumkin.
Umuminsoniy qadriyat esa butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklardan tashkil topadi. Milliy qadriyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kun yo bir yilda shakllanmasdan, balki insoniyatning milliy ma’naviy tarixi, millatning ma’naviy kamol topish jarayoni bilan bog’lanib ketadi. Milliy qadriyatning asosiy belgisi va o’zagi, milliy axloq, milliy his-tuyg’u, milliy ruhiyat kabi masalalar bilan bog’liq, shu bilan birga, milliy qadriyatda milliy manfaat masalalarini ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.Ma’naviyat majmui ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Milliy ahloq qadriyatning markazida turadi. Uning belgilari rostlik, adolat, do’stlik, insonparvarlik, bir-biriga hurmat, hamjihatlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, ona tili va Vatanga muhabbat, sahovat, mas’ullik, halollik singari fazilatlardir.Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm.
Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
1.Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar;
2.An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar;
3.Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar;
4.Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar.
5.Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.Bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida:
umuminsoniy; 2) mintaqaviy; 3) milliy; 4) diniy qadriyatlarga bo’linadi. Umuminsoniy ma’naviyat birligida mazkur qadriyatlarning o’ziga xos o’rni bo’lib, ular 2 turga: milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi.
Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgaliqda mavjud bo’ladi.Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Endiliqda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarii qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig’ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.
Milliy qadriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar mazmunini tashkil etsa, Keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig’shshisini aks ettiradi.
Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o’tmishi, kelajagi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi uning tuyg’usida ham aks etadi. Milliy tuyg’u – tabiiy tuyg’udir. Unda millatning tarixi, hozirgi ahvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning o’z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish kiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyat ekanligini bugun tushunib etayapmiz.
Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlari bilan birga milliy qadriyatlari ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi mahdudlikka, milliy xudbinlikka, o’z millati manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qolaveradi. Biron millatning yaxshi urf-odatlari, marosimlari boshqa millat ruhi, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi.
Bundan tashqari, har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlarni qandaydir o’zgarmas hodisa deb qaramaslik kerak. Milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib boradi.
Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo’nalishini hosil qilish va dunyoda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishda, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohani, aloqani mamlakatlar va xalqlarda rivojlantirishda ko’rinadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon tsivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligini ifodasidir. Bu jihatdan qaraganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo’lib, uni o’z ichiga oladi. Demak, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi hamda umumiyligini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyodagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatdan, Umumiy jahon tsivilizatsiyasidan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uzviy bog’lanib, taraqqiy etib kelgan. Zotan, xamma vaqt butun jahon iqtisodiy va ma’naviy xalqlar, millatlar, elatlar, urug’lar va kabilalar tarixi, taqdirlarining o’zaro bog’lanishi, bir-birini boyitishi asosida amalga oshib kelgan.Umuminsoniy qadriyatdar o’zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko’plab xalqlar, millatlarning o’tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlantirish, insoniyatning sihatsalomatligini ta’minlash, oziq-ovqat, energiya va yonilg’i tanqisligini tugatish, madaniy boyliklarni, tsivilizatsiyani esonomon saqlab qolish, urushlarning boshlanishiga yo’l ko’ymaslik, tinchlikni saqlab qolish — bularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlargagina mansub bo’lmay, bashariyatning mulkidir. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog’liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to’ldiradi, mazmunan boyitadi.Umuminsoniy qadriyatlar kishilarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvurlari, taffakkurlari, kelajak orzu-istaklari, e’tiqodlari, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, hayotda sayqal topgan ma’naviy boylik bo’lib, tarbiyaning tayanch vositalaridan hisoblanadi. Qolaversa, bunday qadriyatlar tarixiy taraqqiyotda hayotda sinalgan, jamiyat taraqqiyotida ahamiyatli ijtimoiy hodisadir.Umuminsoniy qadriyat hayot uchun qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boylikdir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga ilm-fan, falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot, me’morchilik, san’at asarlari, kashfiyot, ixtirolar, ma’naviy madaniyat durdonalari, hurfikrlilik, umuminsoniy axloqiy me’yorlar kiradi.
Umuminsoniy qadriyat o’z ijobiy ahamiyatini yo’qotmaydi. Inson ozodligi, Vatan, inson salomatligi, intellektual va aqliy mulklar, vaqt, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalash imkoniyatlari, adolat, mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik, tinchtotuvlik, do’stlik, halollik, vatanparvarlik, ota-onani hurmat qilish, farzandlar haqida g’amxo’rlik, vijdon, burch baynalminachlik kabi qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi.
Xalqlarning ulug’vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shadigan hissasidadir. Ayni chog’da boshqa bir narsani ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Gap shundaki, milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo’yish, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarni qaysidir millat va elatning manfaatlariga xilof ravishda hal etishga intilish, milliy manfaat bahonasida milliy xudbinlikni, tekinxo’rlikni olqishlash millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiiy ta’sir o’tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o’rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o’zbek xalqning ham o’ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o’rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning shartlaridan biridir.Demak, umuminsoniy qadriyatlarni mohiyati va mazmuniga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Inson va insoniyat — eng oliy qadriyatlardir.
Insoniyatning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lgan tabiiy imkoniyatlar, mehnat, mehnat qurollari va mehnat mahsulotlarining birligi moddiy hayot qadriyatlari .
Jamiyat hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalar (oila, millat, sinf, davlat) majburiy ijtimoiy hayot qadriyatlari tushunchasida ifodalanadi.
Kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, axloqiy, estetik g’oya va ideayalar yig’indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi.
Xalqimizning yaxshi an’na, udumlari, mehnatsevarlik, halollik, mehmondo’stlik, yaxshi qo’ni-qo’shnichilik, katta va kichiklar, farzandlar va ota-ona o’rtasidagi hurmat singari ajoyib insoniy xislatlar qayta tiklanmoqda. Ming yillar mobaynida shakllangan ma’naviy va milliy qadriyatlar hozirgi davrda yaratilgan ma’naviy boyliklar bilan qo’shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g’oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko’maklashadi.
Shunga ko’ra xalqimizning buyuk farzandlari xotirasini abadiylashtirish, ularning qadr-qimmatini tiklash, tavalludlarini tantanali ravishda o’tkazishda respublikamizda keyingi vaqtlarda ko’p xayrli ishlar qilanayotganligini e’tirof etmoq lozim.Mamlakatimizda inson qadrini e’zozlash, uning obro’-e’tiborini tiklashda mintaqamizdagi shaharlar, tumanlar, xo’jaliklar, maktablar, ko’chalarga xalqimizning ulug’ farzandlari nomlarining berilishi tarbiyaviy ahamiyat kasb etayotganligini ham unutmaslik zarur. Lekin bunday ishlar shoshma-shosharlik bilan emas, balki oqilona hal qilinishi lozim. Bizningcha, al-Xorazmiy, Amir Temur, Navoiy, Bobur kabi buyuk insonlarning muborak nomlari yirik ilmiy markazlar, mashhur universitetlar, harbiy o’quv bilimgohlariga berilsa, tarixiy haqiqatga mos tushgan bo’lardi.Millat endigina oyoqqa turadigan va milliy davlatchilik qaror topayotgan bosqichda ijobiy ma’nodagi millatchilik birlashtiruvchi, uyushtiruvchi vazifani o’taydi. «Millatchilik» siyosiy tusga kirsa, kuchli salbiy yo’nalish kasb etadi.Davlat va millat xavfsizligiga, mintaqaviy va keng ko’lamdagi xavfsizlikka, kuchli tahdidga aylanib ketishi ham mumkin. takrorlashadi:
Demak, umuminsoniy qadriyat, bu avvalo, bashariyatning mavjud bo’lishi va yashab qolishini ta’minlaydigan tinchlik, umumjahon tsivilizatsiyasi va madaniyati kabi tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir.
Ayniqsa hozirgi atom asrida insoniyatning eng oliy qadriyati bu tinchlik va osoyishtalikni har qanday yo’l bilan bo’lsada, saqlab qolishdan iboratdir. Busiz boshqa har qanday qadriyat haqida gapirish aslo mumkin emas. Qadriyat qanday turkumga ajralmasin va qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, insoniy munosabatlar va umuman insoniyatsiz u hech qanday ahamiyat kasb etmaydi va tushuncha sifatida ham biror ma’noni anglatmaydi.
Demak, faqat inson va insoniy faoliyat tufayligina qadriyat tushunchasining haqiqiy ma’nosini ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong doirasiga hamda shunga muvofiq kishilarning ijtimoiy faoliyati sohasiga tadbikan tushunish mumkin.
Umuman olganda, mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashni, halollikni, mardlik va sabr bardoshlilikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo’lida xizmat qilmog’i lozim». Bu purma’no fikr-mulohazalarda ta’lim tarbiya jarayoni bilan umuminsoniy va milliy qadriyatlarning o’zaro aloqasi hamda yangicha metodologik yondashuvning butun mazmun-mohiyati to’ladagicha ifodasini topgan.
Odamlarning o’zida jamiyatni yangilash va o’zgartirish zarurligiga ishonch tug’dirmasdan va qadriyatlarga munosabatlarini, daliliy sabablarni o’zgartirmasdan turib isloh qilish yo’lidan amalda olg’a borish, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etish, tamomila yangi munosabatlarni joriy etish mumkin emas.
Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullarini aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini o‘tkazishdan oldin tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan sinflar bilan olib borgan jamoaviy suhbatimizni xulosalaganda o‘quvchilarda qadriyat, milliy qadriyat, qadriyatli ong haqidagi tushunchalar kichik maktab yoshi davridan boshlab o‘ziga xos omillar ta’sirida umumiy holda shakllanganligini anglab yetdik. Tajriba-sinov ishimizning asoslovchi bosqichida oldimizga qo‘ygan vazifamiz, o‘quvchilarda dunyoqarashshakllanganligini mavjud holati qanday ekanligini individual shaklda aniqlash bo‘ldi.
Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishning mavjud imkoniyatlarini aniqlash maqsadida quyidagi o‘quv-meyoriy hujjatlar mazmuni o‘rganildi:
1. DTS va o‘quv reja.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuni, darsliklar, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari.
3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan meyoriy hujjatlar (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ish rejasi, mavjud to‘garak mashg‘ulotlari dasturi va boshqalar).
Biz tomonimizdan taklif qilinayotgan mavzular asosida darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borilsa o‘quvchi-yoshlarda dunyoqarashyanada rivojlanadi degan fikrdamiz. Chunki, maktab darsliklarida qadriyatlar mazmunini ochishga xizmat qiladigan mavzular bo‘lsada, aynan dunyoqarashni tarbiyalash bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar sinfdan tashqari ishlar asosida tashkil etilmagan. Mazkur jarayonda, o‘quvchilarda dunyoqarashni tarbiyalashda milliy qadriyatlaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni rivojlantirish tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-“axloqiy o‘zaro tushunish tamoyili – dunyoqarashshakllanishining axloq bilan bog‘liqligi, shuningdek, qadriyatlar mazmunini anglashda etika qoidalarining ustuvorligini ta’minlash;
-“o‘zi uchun” va “boshqalar uchun” tegishli bo‘lgan qadriyatlarni hurmat qilish tamoyili - shaxsiy qadriyatlar tizimini barqarorlashtirish hamda ularning boshqalar uchun tegishli bo‘lgan qadriyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida ularga ham hurmat ko‘rsatish;
-umumijtimoiy madaniyatga tegishlilik va sodiqlik tamoyili – ijtimoiy mansublik, ya’ni, muayyan shaxs yoki qadriyatlarni ijtimoiy jarayonlar mahsuli sifatida tushunish;
-yaxlitlik tamoyili – dunyoqarashni tarbiyalashda ijtimoiy institutlar ta’sirining uyg‘unligini inobatga olish;
-axloqiy-refleksivlik tamoyili – qadriyatlar “harakati”ni o‘zida ifoda etib, qadriyatlarning o‘qituvchidan o‘quvchiga tomon harakatlanishini nazarda tutadi”43. Bunda refleksivlik “qadriyatlarni uzatish va qabul qilish mexanizmi” vazifasini bajaradi.Ya’ni, bunda faoliyat maqsadi va motivlarining uyg‘un holda tushunilishi hamda zaruriy ehtiyojlarning o‘quvchi tomonidan shaxsiy anglanishi sodir bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida avloddan avlodga o`tib kelgan milliy ma`naviy qadriyatlar milliy g`oyaga ma`naviy zamin, negiz bo`lib xizmat qilmoqsa. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, ta`sirli milliy mafkura kerak. Milliy ma`naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama rivojlangan, gormonik rivojlangan, milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan barkamol avlod tarbiyasida mahalla, ota-onalar va pedagoglarning o`zaro xamjixatligi asosiy omillardan xisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan, o‘z hayot faoliyatida doimo millat g’ururi bilan ish olib boradigan yoshlarning tarbiyalanishi millat kelajagini, rivojlanishini ta’minlaydi
Dostları ilə paylaş: |