Bolalar psixologiyasi va psixo diagnostikasi fanining asosiy va yordamchi metodlari



Yüklə 85,75 Kb.
səhifə9/10
tarix14.12.2023
ölçüsü85,75 Kb.
#178258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI FANINING ASOSIY VA YORDAMCHI METODLARI

Proyektiv metodlar. Proektiv nietod - shaxsni o’rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinalvuchilar tomonidan talqin etilishi mumkin bo’ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi o’z ichki kechinmalari, o’у xayollari, orzulari, qo’rquv va xavotirlarini
tashqariga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo’llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat:
“Bola appersepsiya testi”, “Jeksonning oilaviy ustanovkalar testi”,
“Dyuss ertaklari metodikasi” va hokazolar. Ushbu metodikalarni qo’llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha ko’p vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o’tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta mahorat talab qilinadi.
Faoliyat mahsulini o’rganish metodi. Faoliyat mahsulini o’rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalami or’ganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bolalarning tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi.
Shu tufayli tasviriy faoliyat mahsullarini o’rgariishga asoslangan metodlar o’z nomi bilan grafik metodlar deb ataladi. Giafik metodlar o z ichiga rasm chizish nietodikalari - “Odamni chizgin”, “Avtoportret”,
“Erkin mavzudagi rasm”, “Dunyo rasmi”, “Oila rasmi”, “Oilaning kinetik rasmi”, “Uy, daraxt. odam” - “Geometrik shakllardan odam rasmini yig’ish”, “Daraxt” grafik testi, “Grafik diktant” va boshqalarni oladi. Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil tahlil etilgan.
Test. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo’llaniladi.
Ushbu metod bir qator ustun tomonlarga ega: tadqiqotni sinaluvchilarning katta guruhi bilan o’tkazish mumkin: natijalarni hisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shindaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumot berolmaydi.
Psixologiya fanida hozirda maklabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy sohasiga xos sifatlar, motivatsion sohasiga tegishli xususiyatiar, individual-tipologik xususiyatiari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatini aniqlaydigan maxsus testlarning to’plamlari mavjud.
Anan`ev inson bilimlari tizimidagi to'rtta asosiy tushunchalarni ajratib ko'rsatdi:

Yüklə 85,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin