Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirib borishi uchun amal qilishi lozim bo’lgan jihatlar



Yüklə 290,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.10.2023
ölçüsü290,35 Kb.
#154756
  1   2   3   4   5


BO‘LAJAK O‘QITUVCHI O‘Z NUTQINI TAKOMILLASHTIRIB 
BORISHI UCHUN AMAL QILISHI LOZIM BO’LGAN JIHATLAR 
 
Sodiqov Hamid Maxmudovich 
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Jizzax, O’zbekiston 
e-mail: 
hamid.sodiqov79@inbox.ru
 
 

Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchi o’z nutqini takomillashtirib borishda 
e’tibor qaratishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. 
 
Kalit so’zlar
: nutq, diqqat, xususiyat, tajriba, o’qituvchi, faoliyat, tovush, diapozon, 
tembr, texnika, qobiliyat. 
*** 
Аннотация:
В этой статье описаны аспекты, на которых будущий учитель 
должен сосредоточить внимание при улучшении своей речи. 
Ключевые слова: 
речь, внимание, особенность, опыт, учитель, деятельность, 
звук, диапозон, темр, техника, умение. 
*** 
 
Abstract:
This article describes the aspects that a future teacher should focus on when 
improving his speech. 
 
Key word:
 speech, attention, feature, experience, teacher, activity, sound, range, timbre, 
technique, skill. 
Barchamizga yaxshi ma’lumki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq 
texnikasi eng murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan jarayon. 
Shuning uchun avvalo o’qituvchi nutq texnikasini to’g’ri egallashi lozim.
O‘qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan muloqotda 
bo‘ladi. Demak u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o‘quvchilar holatiga qarab 
tuzishi, o‘zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi lozim. 
O’quvchilar o‘qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki 
tovushni noto‘g‘ri aytilishi kulgiga sabab bo‘ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda 
charchatadi. Individual suhbat paytidagi o‘qituvchining baland ovozidan o‘quvchi 


o‘zini aldanayotgandek his etadi. Bu o‘qituvchiga ishonchsizlik bilan qarash 
hislarini uyg‘otadi.
O‘quvchi hayoti davomida o‘qituvchisining nutqiy xususiyatlarini, 
o‘quvchilarga murojaat qilish, savollarga aniq va mukammal javob berish 
usullarini xotirasida saqlaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi 
nutqi pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
O’qituvchi pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun, o‘qituv-
chining nutqi ma’lum talablarga javob berishi maqsadga muvofiqdir. 
Nutq texnikasi malakalari va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun 
sharoit 
yaratuvchi 
notiqning 
umumiy 
ruhiy, 
jismoniy 
xususiyatlarini 
takomillashtirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish 
ko‘zda tutiladi. Bunday faoliyatda 
tovush, diapazon, tembr, diksiya, artikulyatsiya, 
ritmika, to‘g‘ri nafas olish 
muhim rol o‘ynaydi. 
Tovush.
Ba’zi o‘qituvchilarga tovush tug‘ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin 
bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. O‘qituvchi o‘z tovushini kuchli, 
egiluvchan, emotsional ta’sirchan qila olishi mumkin.

Yüklə 290,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin