Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati


Amaliy qobiliyatning rivojlanishi



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə6/14
tarix22.12.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#189263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati (1)

Amaliy qobiliyatning rivojlanishi
Amaliy faoliyatli qobiliyatlar inson hayotida katta ahamiyatga Ular orasida tashkilotchilik asosiy rol o`ynaydi. Ularni ilk bolalik davrining so’ngida kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilik qobiliyatining paydo bo`lishi muloqotchanlik va guruhdagi faoliyatning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq. Konstruktiv amaliy qobiliyatlar bog`cha yosh davrida yaxshi rivojlanadi.
Ko’pincha bolalar tomonidan ushbu tipdagi konstruktorlash jarayonida yaratilgan qurilmalar o’zlarining faoliyatlarida foydalanish uchun qo'l keladi (qurilgan kema sayohatga jo`naydi, uychalariga nafaqat qo’girchoq sig’adi, balki o`zlari ham joylashadilar).
Qurilmalarni yaratish uchun maxsus qurilish vositalaridan ham foydalaniladi (masalan, taxtachalar, yog`och, faner va kartondan yasalgan qutilar va h z.). Ushbu konstruktorlash tipi nafaqat bog`cha bolasining konstruktorlash qobiliyatini, balki muloqotning zarur malakalari, axloqiy sifatlarning faol shakllanishini ta’minlaydi. Bolalar o`zaro rejalashtirilgan harakatlari jarayonida maslahatlashish, tashabbus ko`rsatish, o`z takliflarini inobatga oldirish, yonbosish, bir-biriga yordam berish, umumiy yutuqdan zavqlanishni o`rganadilar.
Ijodiy konstruktorlash ayniqsa, bog’cha yosh davrining oxiriga borib yorqin namoyon bo’ladi, ulardan o`z faoliyatini mustaqil rejalashtirish, ijodkorlikka moyillik kabilarni kuzatishimiz mumkin.
Maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi
Maxsus qobiliyatlar — bu shaxsning individual psixologik xususiyatlari bo`lib, faoliyatning maxsus turlarida muvafaqqiyatli.
Bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta shakllana boshlaydi. Ular avvalambor o`z tarkibiga chapakni his qilishda, yuqori musiqaviylikda (musiqaga emotsional javob qaytarish qobiliyati), shuningdek musiqani nozik did bilan farqlash (musiqaviylikning eshituvchanlik komponenti) qobiliyatida namoyon bo`ladi B.M.Teplovning fikri bo`yicha, chapakni his qilish bilan mutanosib ravishda musiqiy-reproduktiv qobiliyat garmonik his-tuyg`uning asosida yotadi. Musiqiy qobiliyatlar keng qirralidir. Bog’cha yosh davrida musiqiy qobiliyat faol tarzda rivojlanadi. Bog’cha yoshidagi bolalarning sevimli mashg’uloti bu rasm chizishdir. Musiqiy faoliyat kabi tasviriy faoliyat ham erta shakllanadi. Hatto agar ular u tarzda yorqin namoyon bo’lmagan bo’lsa ham barcha bolalarda bu qobiliyatni rivojlantirish kerak, zero rasm - shunday faoliyat turiki, uningsiz to`laqonli shaxs rivojllanishini tasavvur qilish qiyin. Tasviriy faoliyat atrofni yanada chuqurroq, to`laroq ko`rishga hamda uning o`zi his qilishga o’ratadi.
V.X.Kirienko, E.T.Ignatev va boshqa psixologlarning fikricha, tasviriy qobiliyatlar o’z o`rnida murakkab ta’limiy kompleksga ham ega bo`lib o`z tarkibiga bir qator zarur va maxsus qobiliyatlarni oladi.


Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin