10
hususiy holatda obyektli va muammoviy bilimlarni olish, aniq
muammoni yechish, tushunish jarayonlari majmuasidan iborat bо‗ladi.
Ilmiy
tadqiqotlar
yо‗naltirilganligiga
(maqsadiga)
qarab,
fundamental (fanning asosini tashkil etuvchi nazariy tadqiqotlar
jamlanmasi), amaliy (amaliy masalalarni yechishga yо‗naltirilgan)
hamda
innovatsiya (tadqiqot
natijalari joriy
etish
maqsadiga
yо‗naltiriladi).
Ilmiy tadqiqot obyekti - ilmiy tadqiqot yо‗naltirilgan tashqi borliq
hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot predmeti ilmiy tadqiqot obyektini tadqiq
qilishda
foydalaniladigan
tushunish
vositalarini
о‗zida
mujassamlashtiradi. Ilmiy tadqiqot maqsadi biror masalani yechishga
yо‗naltirilgan ilmiy faoliyat. Unda masala va uni yechish orqali natija
aniq kо‗rsatiladi.
Ilmiy tadqiqotning umumlashgan rejasi quyidagicha bо‗lishi
mumkin:
•
Asosiy maqsadni aniqlash;
•
Muammoviy holatni tavsiflash;
•
Muammoviy holatni dastlabki tahlilini amalga oshirish;
•
Ilmiy muammoni ifodalash;
•
Ilmiy farazni hosil qilish;
•
Axborotni yig‗ish va tasniflash;
•
Ilmiy nazariyani ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: