Blue Modern Company Profile Presentation

Yüklə 10,5 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü10,5 Mb.
#169216
Turkiya

TURKIYA
IQTISODIYOTI
Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi (turk: Türkiye Cumhuriyeti) — Gʻarbiy Osiyo (97%) va Janubiy Yevropa (3%)dagi davlat. Turkiya ham Osiyo ham Yevropa qitʼasiga kiradi Turkiyaning poytaxti — Anqara shahri. Davlat tili — Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2021) — 84.680.273 kishi. Turkiya pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.
Turkiya 14 ta davlat bilan chegaradosh.
Xoʻjaligi
Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980-yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985-yilda „Erkin mintaqalar qonuni“ kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987-yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002-yilga kelib ularning soni 21 taga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7 %, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9 % boʻldi.

Turkiya o’z qazilma boyliklari zaxiralarining ko’pligi va ularni qazib olish bo’yicha jahonda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Qazilma boyliklarini izlab topish va ishlab chiqarishni tashkil etish asosan davlat qo’lida. Keyingi yillarda Anqara, Qo’niya, Sinop viloyatlarida neft zaxiralari topildi.
Toshko’mir zahiralari miqdori 5.5 mlrd tonna atrofida chamalanmoqda. Ular asosan qora dengiz atrofida joylashgan bo’lib deyarli 200 km ga cho’zildi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoatiyiliga o’rtacha 2.8-3 tonnaga yaqin neft olinadi.
Sanoati
Turkiya sanoati iqtisodiyoti ziddiyatlar majmuidir.
Unda to’liq avtomatlashtirilgan gigant korxonalardan tortib, faqat qo’l mehnatiga asoslangan kichik korxonagacha uchraydi. Turkiya sanoatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning keying o’n yilda yuqori sur’at bilan rivojlanayotganligidadir.
Qishloq xoʻjaligi
Turkiya hududining 16 % ni oʻtloq, 26 % ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35 % da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari

Eksporti asosan oziq-ovqat , yengil sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan iborat. Importning asosini neft, sanoat xom-ashyosi, mashina va asbob uskunalar tashkil etadi.

Yüklə 10,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin