Biznisda personalni boshqarish


Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə10/11
tarix27.12.2022
ölçüsü108,5 Kb.
#77983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Biznisda personalni boshqarish”

Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari

Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu sohasiga oid g’oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan yuzlab, hatto minglab yillar ilgari mavjud bo’lganligini kuzatish mumkin.


Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod etilishi bugungi kunda “personalni boshqarish” nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol bo’la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og’irlikka ega og’ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha olisda tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish va o’rnatish puxta rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa, ehromlarni barpo qilayotgan, asosan qullardan iborat 100 ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o’ttiz yil davomida boshqarib turish oson bo’lmagan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshida Quddusdagi ibodatxona qurilishida bugungi kunda neft’ va gaz sanoatida keng rusum bo’lgan vaxta usuliga xos mehnatni tashkil etishdan foydalanilgani yaxshi ma’lum. Bu qurilishga jalb etilgan 70 ming tosh tashuvchilar va 80 ming tosh teruvchilar mehnati uch ming kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilib turilgan. Ushbu joyda mehnat qilayotganlar 1 oy ishlaganlaridan so’ng ikki oyga uylariga qo’yib yuborilar, qurilishga ular o’rniga boshqa ishchilar jalb etilardi. Vavilonda miloddan avvalgi besh yuzinchi yillardayoq ish haqining ilgor usuli hamda bugungi kodlashtirilishga o’xshash xom- ashyo va metallarning harakatini nazorat qilish tizimi qo’llanila boshlagan edi.
Mehnatni tashkil etishning yuqori samarali usullari qadimgi Rim va SHarqda ham mavjud edi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib, nafaq iqtisodiy, balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga dadil kirib bormokda.
Ayniqsa, buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy va boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta ahamiyatga egadir.
Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo’lganini butun dunyo tan oladi, Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etish tartibi o’z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq bo’lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi - bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat - Vazirlik Mahkamasi boshqargan. Vazirlardan biri - mamlakat va raiyat vaziri viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar va obodonchilik masalalari bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi - vaziri sipoh, deb atalib harbiy ishlar vaziri hisoblangan. Saltanatda tijorat (savdo), moliya ishlari vazirlari bo’lgan. Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilgan. Bu uch vazir saltanatning „xolisa", deb yuritilgan bosh nazorat hay’atini ham tashkil etgan.
7 vazir devonbegiga bo’ysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar.
Mamlakat ma’muriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga bo’li-nib. ular hokim, noib va tuman boshliqlari tomonidan boshqa-riltan. Bu boshqaruv rahbarlarining aksariyati harbiylar-amirlar bo’lgan. Har bir shahar va viloyatlarning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi bo’lgan.
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar o’tkazish asosiy o’rin tutgan. Sohibqiron Amir Temur o’zining “Temur tuzuklari” asarida “Davlag ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur”, deb ta’kidlaydi Ayni vaqtda ushbu asarda “Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) (o’zingbilan) kengash; 2) (boshqalar bilan) mashvaratu maslahat ayla; 3) hushyorligu mulohazakorlik bilan qat’iy qaror chiqar; 4) ehtiyotkorlik qil. Chunki, kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bulgan johil odamga qiyoslash mumkin: uning so’zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday ekan saltanat boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilai ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo’lmagaysan”4.
Qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat ma’murlari, harbiy boshliqlar. ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Bu “mashvaratu maslahat”larga olimu fuzalolar ham taklif etilgan, qabul qilinadigan qarorlarda ularning fikr-mulohazalari hisobgaolingan.
Amir Temurning davlatni boshqarish uslubiga bag’ishlangan “Temur tuzuklari” asarida davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yo’nalishi) va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini saylash, sipohlarining maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan xizmatlarini taqdirlash tartibi, boshqaruvga oid boshqa juda qimmatli tartib-qoidalar, fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Buyuk Sohibqiron ishning ko’zini biladigan tadbirkor, qobiliyatli insonlarni yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”5.
Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga qat’iy rioya etilishi ulkan saltanatni muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga. XVII - XVIII asrlardagi sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bug’ dvigatelining ixtiro qilinishi bilan korxonalar uchun manufak-tura xo’jaligi chegaralari juda torlik qilib qoldi. Fabrikalarni rivojlashtirish uchun sarmoyaga bo’lgan ehtiyoj keskin o’sdi. Bu esa aksiya kapitaliga keng yo’l ochib berdi. Ana shunday sharoitlarda boshqaruv faoliyatining mushkullashib ketganligi bu sohada yollanma boshqaruvchilar va mutaxassislarning paydo bo’lishiga olib keldi. Aksiyador mulk egalari o’z manfaatlarini amalga oshirish vako-latini, buning uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy me’yorlarni ishlab chiqqan holda boshqaruvchi menejerlar ixtiyoriga berdilar. Bu jamiyat taraqqiyotida g’oyatda muhim bosqich bo’ldi.
1776 yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan “Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish” asari erkin bozorga ega bo’lgan iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining nazariy asosi, qisman ijtimoiy modeli bo’ldi. Bu mumtoz asardagi shaxsiy rag’bat va mehnatning chuqur taqsimoti g’oyasi menejment nazariyasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi.
XIX asr oxirida sanoatning rivojlanishi raqobatning keskin kuchayib ketishiga olib keldi. Ishlab chiqarish sohasidagi yangi ixtirolardan hali amaliy maqsadlarda etarlicha foydalanilmayotgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishni ishchi kuchi mehnat unumdorligini oshirish hisobiga rivojlantirish talab etilardi. Bu esa ishlab chiqarishda, ayniqsa yirik ishlab chiqarishda ishchilar mehnatini tashkil etadigan mutaxassislar - personalni boshqarish sohasidagi menejerlarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi.


XULOSA
Rahbarning faоliyati nоtiqlik san’ati ko’nikmalarini, ya’ni turli shakllardagi nutqning (u xоh xizmat kengashidagi axbоrоt berish bo’lsin, xоh kоnferensiyalar va seminarlardagi ma’ruza, munоzaralardagi, taqdimоtlardagi chiqishlar va shu kabilar bo’lsin) tuzilishi, uni tayyorlash malakalarini va turli shakllardagi nutkdarni tinglоvchilarga yetkazish ko’nikmalarini egallash lоzimligini talab qiladi.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin