Biznesni soliqqa tortish



Yüklə 62,27 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü62,27 Kb.
#190608
  1   2   3   4
BIZNESNI SOLIQQA TORTISH ON



SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUTI
SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH
KAFEDRASI

Biznesni soliqqa tortish” fanidan


Biznes sub’ektlari ayrim toifalarini soliqqa tortishning xususiyatlari
mavzusida
O`QUV-TADQIQOT LOYIHASI
Tekshirdi: Dusyarov Sherzod

Reja:


  1. Maxsus iqtisodiy zonalarda biznes subyektlarini soliqqa tortish

  2. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

  3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish tartibi

  4. Advokatlik sub’yektlari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


Maxsus iqtisodiy zonalarda biznes subyektlarini soliqqa tortish
Maxsus iqtisodiy zona - tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud.

  1. Maxsus iqtisodiy zonalar bo‘sh turgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat mulki ob’ektlari, ma’muriy-hududiy tuzilmalar hududlari negizida, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlarda tashkil etiladi.

  2. Maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki ob’ektlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolati doirasidagi qaroriga ko‘ra maxsus iqtisodiy zona direktsiyasiga davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishgan holda operativ boshqaruvga berilishi mumkin, bundan xususiylashtirilmaydigan strategik davlat mulki ob’ektlari mustasno.

Maxsus iqtisodiy zonalarda ba’zi faoliyat turlari bilan shug’ullanish ta’qiqlanadi.

  1. Ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarishni;

  2. Qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va o‘q-dorilar savdosini;

  3. Yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar savdosini;

  4. Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;

  5. Xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni yoki so‘yishni;

  6. Sement, beton, tsement klinkeri, g‘isht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, ko‘mir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni;

  7. Barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) er ostiga ko‘mib tashlashni;

  8. Neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stantsiyalarini, yadroviy qurilmalarni, radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni.

Maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlariga soliqlar va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlar mavjud. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari

  1. respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (bundan qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno);

  2. tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno).

  3. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to‘lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno) to‘lanmaydi.

  4. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to‘lashi mumkin.

  5. Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining o‘rni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga yetti kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi.

  6. To‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi. Maxsus iqtisodiy zonalarda investorlar, o’zi kiritgan investitsiyaning hajmiga qarab foyda solig’ini to’lashdan ma’lum muddat ozod etiladi. Masalan:

  1. 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga

  2. 5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga

  3. 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga foyda solig’ini to’lashdan ozod etiladi.

Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati esa maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan boshlab hisoblab chiqariladi. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin emas. Ishtirokchi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran bu qoida qo’llaniladi.

Taqqoslash uchun Hindistondagi maxsus iqtisodiy zonalardagi soliq siyosati bilan solishtiramiz


Hindistonda daromad solig'i to'g'risidagi qonunning 10AA bo'limiga muvofiq, birinchi besh yil uchun maxsus iqtisodiy zona ob'ektlari uchun eksport daromadidan 100 foizlik daromad solig'i, keyingi besh yil uchun 50 foiz va keyingi besh yil uchun qayta ishlangan eksport foydasidan 50 foiz miqdorda ozod qilish.
Hindistonda ishlab chiquvchilar Hindiston Tasdiqlash Kengashiga hozirda mavjud bo'lmagan maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Kompaniyalar, kooperativ jamiyatlar, jismoniy shaxslar va sheriklik firmalari maxsus iqtisodiy zonalarga bag'ishlangan savdo departamentining veb-saytida mavjud bo'lgan A shaklini taqdim etgan holda ariza topshirishlari mumkin.
Hindistonda maxsus iqtisodiy zonalarga maydonni ajratib berishda ham sohasiga qaraladi
Ko'p tarmoqli maxsus iqtisodiy zonalar uchun kamida 1000 gektargacha yer ajratiladi.
Sektorga xos maxsus iqtisodiy zonalar kamida 100 gektargacha ajratishadi
Erkin savdo va ombor zonasi kamida 40 gektargacha maydonni ajratish talab qilinadi
IT, hunarmandchilik, bio-texnologiya, qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari bilan shug’ullanish uchun maxsus iqtisodiy zonalarda kamida 10 gektargacha yer ajratilinadi.
Hindistondagi ba’zibir maxsus iqtisodiy zonalarning eksport salohiyati



Yüklə 62,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin