Biznesda reklama faoliyatini tashkil etish



Yüklə 60,93 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü60,93 Kb.
#189714
1   2   3
biznesda reklama faoliyatini tashkil etish

Reklamani sinab kœrish



Maqsadlarni aniqlash va reklama budjetini shakllantirish. Maqsadlarni aniq belgilab olish reklamaga sarflangan har bir so‘m ustidan nazorat o‘rnatishni osonlashtiradi. Buning uchun, avvalo, maqsadli bozorni tanlash zarur. Reklama shu bozorning iste’molchilariga yo‘nalitrilishi kerak. Maqsadni aniqlashda AIDA modeli qo‘l keladi. Bu modelga muvofiq iste’molchilarning mahsulotga munosabati to‘rt bosqich bilan belgilanadi:

  • E’tibor (attention) – reklama iste’molchilar e’tiborini mahsulotga jalb etishi zarur;

  • Qiziqish (interest) – reklama mahsulot haqida turli ma’lumotlarni yetkazishi zarur;

  • Xohish (desire) – iste’molchilarda mahsulotdan foydalanish istagini uyg‘otish kerak;

  • Harakat (action) - mahsulotni sinab ko‘rish va davomli foydalanishga undash zarur.

Maqsadli bozorda iste’molchilar qanday bosqichda ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi va shunga mos ravishda iste’molchilar saviyasini yuqoriroq bosqichga o‘tkazishga harakat qilinadi.
Reklama budjeti ko‘zlangan maqsadlarga qarab belgilanishi zarur. Agar mablag‘lar hajmi cheklangan bo‘lsa, bunda maqsadlarni shunga mos holda tanlashga to‘g‘ri keladi.
Reklama tarkibini tanlash. Firmalar reklama mazmunini xaridorlar eslab qolishi qulay bulish uchun maxsus iboralar asosida shakllantiradilar. Masalan, «Xon shubhasiz biznikidir» (UzBAT), «chanqog‘ingga ishon» (Sprayt), «har doim Koka-kola», «faqat sizning qoniqishingiz uchun» (DEU Yunitel) kabi slogan-iboralarni tez-tez uchratish mumkin. Reklamaning o‘zi to‘rt qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Kirish

  2. Asosiy tekst

  3. Slogan

  4. Manzil va telefonlar

Ba’zi reklamalarda u yoki bu qismlar tushirilib qoldirilishi mumkin. Reklamaning tarkibi mazmunan bir butunlikni tashkil etishi va potensial xaridorlarga ma’lum bir mazmunda murojaat etishi shartdir. Bunday murojaat mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin:
A) xavf – reklamachi iste’molchini ma’lum bir noxushlik va noqulaylikdan himoya qilish taklifini olg‘a suradi
B) erkak-ayol munosabatlari – mahsulot iste’molchining jozibadorligini va hurmatini orttirishi ko‘zda tutiladi.
V) yumor–iste’molchilarning hazilni qabul qilish darajasidan foydalaniladi. Ammo yumoristik reklamalar tezda eskiradi.
Shuningdek, sog‘inish va intizorlik, kishining jamiyatdagi statusi, adolat tuyg‘usi va oila qadriyatlari ham murojaat mazmunini tashkil etishi mumkin. Reklama tarkibida jahon miqyosida toza, kam kaloriyali, tabiiy,. sifat va qiymat singari tushunchalarning ishlatilish darajasi ortib bormoqda.
Axborot vositasini tanlash. Reklama uchun ma’lum bir axborot vositasini tanlashda quyidagi omillarga e’tibor berish zarur:

  • Qamrov – reklamani ko‘radigan insonlar soni

  • Reyting – kamrab olinganlarning necha foizi kerakli vaqtda axborot vositasiga ulangan bo‘lishi

  • Ta’sir – bir kishi ma’lum bir vaqt ichida qabul qiladigan reklama soni

  • 1000lik xarajat – bir vosita orqali 1000 kishini qamrab olishga ketadigan xarajat

Asosiy axborot vositalari turlari televideniye, radio, bosma nashrlar, bevosita xat va tashqi reklamadir. Televideniye – qisqa vaqt ichida juda ko‘p sonli mijozlarni qamrab oladi. Televizor insonlarning eshitish va ko‘rish tuyg‘ulariga ta’sir etadi, rangli ko‘rinish, muzika va ovozning effektiv kombinatsiyasi haqiqatga yaqin holatni yaratadi. Ammo TV reklamalari ko‘p axborot tashiy olmaydi va faqatgina asosiy ma’lumotni yetkazadi.
Radio – televideniyega nisbatan arzon bo‘lsada, mijozlarning ma’lum bir guruhlarini qamrab olishda yuqori samaraga erishish mumkin. Radio reklamalari faqat eshitish qobiliyatiga ta’sir etsada, tanish ohanglar inson tafakkurida unga bog‘liq illyuziyani yaratadi.
Nashriyot – gazeta va jurnallar turiga qarab keng qamrov yoki maxsus qamrovli bo‘lishi mumkin. Masalan, ommaviy savodxonlarga muljallangan gazeta orkali turli kizikishga ega bo‘lgan iste’molchilarni qamrab olish imkoniyati mavjud, va aksincha, maxsus qamrovli jurnallar orqali esa aholining ma’lum bir sektorigagina axborot yuborishning iloji bor.
Bevosita xat – rivojlangan mamlakatlarda potensial iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xat, katalog, broshyura yoki reklama yo‘llanmalarini yuborish ommaviylashmoqda. Xat orqali TV reklamasiga nisbatan kattaroq hajmda ma’lumot yuboriladi, shuning uchun ham murakkab mahsulotlar bevosita xat orqali taklif etilishi maqsadga muvofiqdir.
Tashqi reklama – ko‘chalardagi katta panolar va ekranlar, shuningdek transport va metrodagi e’lonlar va reklama axborotnomalari shu jumlaga kiradi. Tashqi reklamaning ustunligi uni juda ko‘p kishilarning ko‘rishidir, kamchiligi esa insonlar o‘tib ketayotib, e’tiborni bir necha soniya bilan cheklaydilar, shuning uchun tashqi reklamada yozuvlar katta va minimal bo‘lishi kerak.
Reklamani sinab ko‘rish. Reklama ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilishidan oldin sinovdan o‘tkazilishi kerak. Bunda uch turdagi test o‘tkazilishi mumkin:

  1. Portfel testi – reklama nusxasi boshqa reklamalar va materiallar bilan bir to‘plam qilib, sinaluvchilarga beriladi va kerakli reklamadan nima esda qolganligi so‘raladi.

  2. Jyuri testi – iste’molchilarga reklama namoyish etiladi, so‘ng bir necha xususiyatlar: yangi axborotga boyligi, e’tiborni jalb etish darajasi va ishontiruvchanlik darajalariga baho berish so‘raladi.

  3. Teatr testi – iste’molchilarga yangi shou yoki kinofilm namoyish etish vaqtida yangi reklama nusxasi ham ko‘rsatiladi va ularning bunga munosabati o‘rganiladi.




Yüklə 60,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin