Biznesda reklama faoliyatini tashkil etish



Yüklə 60,93 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü60,93 Kb.
#189714
  1   2   3
biznesda reklama faoliyatini tashkil etish


BIZNESDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


Reja:



  1. «Demokrat» gazetasida reklama

  2. Reklama nima?

  3. Reklama turlari

  4. Reklamada huquqiy masalalar

  5. Reklama jarayoni

  6. Xaridni rag‘batlantirish

  7. Jamoatchilik bilan munosabatlar

  8. Shaxsiy sotuv

Xalqaro marketing amaliyoti


«Demokrat» gazetasida reklama


Aksariyat gazetalarning asosiy daromadi reklama va e’lonlarni gazeta sahifalarida nashr etishdan keladi. AQShning Talaxassi shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi «Demokrat» gazetasi 1980 yillarda bosilayotgan reklamalar sifati pastligi bilan ajralib turar edi. Reklama beradigan tashkilotlar bundan juda norozi edilar.
Bu holatni tuzatish uchun redaksiyada maxsus «Elit» guruxi tuzildi, unga turli bo‘limlardan mutaxassislar jalb etildi. Bu guruhning asosiy maqsadi reklamalar bilan bog‘liq xatolarni yo‘qotish edi. Guruh eng zamonaviy texnologik uskuna va kompyuter programmalari bilan ta’minlandi. Shundan keyin guruh operativligi shu darajaga yetdiki, reklama mazmunidan norozi bo‘lgan biznesmenlar uchun yangi reklama varianti yarim soat ichida tayyorlanib, bosmaga yuborish imkoniyati mavjud edi. Ko‘p biznesmenlar yana gazeta orqali mahsulotlarni reklama qila boshladilar.

Reklama nima?


Reklama – tashkilotlarning turli axborot vositalari orqali amalga oshiradigan, to‘lovli, shaxsan amalga oshmaydigan bilvosita kommunikatsiyadir. Reklamaning asosiy funksiyasi potensial mijozlarga mahsulot haqida axborot berish va uni sotib olishga undash. Reklama cheklangan hajmli bir xabar orqali juda ko‘p sonli kishilarni qamrab olishi bilan ajralib turadi. Yaxshi reklama mahsulotning yuqori sifatliligi va chidamliligi haqida ishonch uyg‘otadi va iste’molchilarning mahsulotni takror va takror sotib olishga rag‘batlantiradi. Reklama axborot berilgan kishi boshiga to‘g‘ri keladigan xarajat jihatdan eng arzon vosita hisoblansa-da, umuman olganda, ba’zi kompaniyalar xarajatlarining katta qismini tashkil etadi. Masalan, Prokter end Gembl kompaniyasi reklama uchun yiliga 2,1 mlrd. AQSH dollari sarflaydi, Filip Morris sigaretlar ishlab chiqaruvchi kompaniya 2 mlrd. dollar, Jeneral Motors esa 1 mlrd. dollar sarflaydi.
Reklama turlari
Reklamani tarkibiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin: 1. Mahsulot reklamasi 2. Muassasa reklamasi.
Mahsulot reklamasi – mo‘ljaldagi bozor a’zolarini reklama qiluvchining mahsulotini sotib olishga undaydigan reklama. Masalan, prokter end Gembl kompaniyasi «Ariel» kir yuvish vositasini reklama qiladi. Muassasa reklamasi esa korxona imidji va falsafasini targ‘ib etadi. Masalan, Ford kompaniyasi avtomobillarni emas, balki kompaniyaning sifatga qanday e’tibor berishini «sifat birlamchi vazifa» deb ataladigan reklama orqali namoyish etgan.
Reklama mazmuniga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:

  1. Pioner reklama;

  2. Raqobat va solishtirma reklama;

  3. Tasdiq reklamasi;

  4. Esga soluvchi reklama.

Pioner reklama – ma’lum bir mahsulot markasi emas, balki mahsulot kategoriyasi uchun talabni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Aksariyat hollarda, yangi va innovativ mahsulotlar uchun shu turdagi reklama ishlatiladi.
Raqobat reklamasi – ma’lum bir mahsulot markasi uchun boshqa turdagi talab yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Raqobat kuchli bo‘lgan sharoitda qo‘llaniladi. Masalan, shampunni reklama qilishda asosiy xususiyatdan tashqari qo‘shimcha funksional va emotsional-psixologik xususiyatlar reklama qilinadi.
Solishtirma reklama – mahsulotni boshqalariga solishtirgan holda va boshqalarga nisbatan ustunlik tomonlarni maqtagan holda reklama qilish usuli. Ba’zi mamlakatlarda solishtirma reklama qilish man’ etilgan.
Tasdik reklamasi – ijtimoiy mas’uliyatni aks ettiruvchi xabar, ijtimoiy faoliyatga undovchi va qo‘llab-quvvatlovchi reklamadir. Ko‘pincha, nodavlat-notijorat, ijtimoiy tashkilotlar bunday reklamadan foydalanadi.
Esga soluvchi reklama – mahsulot yoki tashkilot nomini aholi e’tiborida saqlab turishga qaratilgan reklama.
Reklamada huquqiy masalalar
O‘zbekiston Respublikasining Reklama to‘g‘risidagi Qonuni 25 dekabr 1998 yilda qabul qilingan. Bu qonunda «reklama – bevosita va bilvosita foyda olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxs va mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborot» deb ta’riflanadi.
Qonunga muvofiq reklamada jismoniy shaxs nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish, shuningdek voyaga yetmagan yoshdagilarga yo‘naltirilgan reklama ta’qiqlanadi. Noaniq, ikki xil ma’noga ega, haqiqat yashirilgan va bo‘rttirib yuborilgan axborot beradigan reklama noto‘g‘ri reklama deb hisoblanadi va qonun bilan ta’qiqlanadi. Shuningdek, iste’molchi idrokiga yashirin ta’sir etadigan vosita va usullardan foydalanish ham ta’qiqlanadi. Raqobatchi nomi, faoliyati va mahsuloti badnom etilmagan holatda qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Televideniye orqali reklamada reklama vaqti ko‘rsatuvning har bir soatiga 10%dan oshmasligi lozim. 45 minutdan ortiq ko‘rsatuvlar ko‘pi bilan reklama uchun bir marta uzib qo‘yilishi mumkin. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarda reklama qilish ta’qiqlanadi. Bosma davriy nashrlarda reklama hajmi davriy nashrning 40%dan oshmasligi shart.
Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasida iste’mol qilishning zarari haqida ogohlantirish bosma nashrlarda reklamaning 5%ni, televideniyeda kamida 3 sekundni tashkil etishi kerak. Bunday reklamalar tamaki chekish va alkogol ichimlik ichish jarayonini namoyish etmasligi va bu jarayon ijtimoiy va sport yutug‘iga erishish yoki iste’molchining jismoniy va ruhiy holati yaxshilanishi uchun kerak degan taassurot uyg‘otmasligi kerak. Quvvati 28 darajadan ortik alkogol ichimliklar reklamasi umuman ta’qiqlanadi. 28 darajadan past ichimliklarni va tamaki mahsulotlarni ertalab 7-00 dan kech 22-00 gacha reklama qilish va voyaga yetmaganlarga bunday mahsulotlar namunalarini tekin tarqatish ta’qiqlanadi.
Reklama jarayoni
Reklama kampaniyasini amalga oshirishda 12.1-chizmada keltirilgan bosqichlardan o‘tish zarur.
12.1-chizma. Reklama kampaniyasini shakllantirish jarayoni

Maqsadlarni aniqlash va mablag‘ ajratish

Xabar shaklini yaratish

Axborot vositasini tanlash



Yüklə 60,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin