Biznes rejaning asoslanganligi va ishonchliligi



Yüklə 32,94 Kb.
səhifə4/5
tarix23.02.2023
ölçüsü32,94 Kb.
#85295
1   2   3   4   5
biznes reja

Sug’urtalash amalda faqat sug’urtalanuvchi tavakkalchiliklarga (risk insurable) ta’sir ko’rsatib, ularni etkazilishi mumkin bo’lgan zarar va sug’urta holatining yuzaga kelish ehtimoli nuqtai nazaridan pul qiymatida baholash mumkin. Ya’ni tavakkalchilik oqibatlari obyektiv o’lchanishi va qiymat bahosiga ega bo’lishi lozim.

Tavakkalchilik chayqovchilik xarakteriga ega bo’lmasligi va sug’urtachi yoki sug’urta manfaatiga ega bo’lgan boshqa shaxs bilan aloqada bo’lmasligi lozim. Sug’urta holati jamiyat manfaatlari yo’lida amalga oshirilmasligi kerak.

Firma o’z faoliyati mobaynida turli xil tavakkalchiliklarga uchrashi mumkin bo’lib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

Huquqiy tavakkalchiliklar. Qonunchilikning mukammal emasligi, hujjatlarning aniq rasmiylashtirilmaganligi, qonunchilikning ikki hil talqin qilinishi bilan bog’liq bo’ladi.

Tavakkalchilikni kamaytirish uchun amalga oshiriluvchi tadbirlar:


  • hujjatlarning mos keluvchi qismlarini aniq ifodalash;


  • hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ushbu sohada amaliy tajribaga ega bo’lgan mutaxassislarni jalb qilish.




Ishlab chiqarish tavakkalchiliklari. Ishlab chiqarishning murakkabligi, axborot texnologiyalari sohasida texnika taraqqiyotining yuqoriligi, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatining pastligi bilan bog’liq bo’ladi.

Tavakkalchilikni kamaytirish uchun amalga oshiriluvchi tadbirlar:
  • yuqori malakali kadrlarni tanlash;


  • xodimlar malakasini oshirishni doimiy rag’batlantirish;


  • ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish;


  • zarur asbob-uskunalarni xarid qilish uchun o’z vaqtida etarlicha mablag’ ajratish.




Marketing tavakkalchiliklari. Bozorga chiqishda ushlanib qolish, xizmatlarni noto’g’ri tanlash, marketing strategiyasini tanlashda adashish, baho siyosatidagi xatolar bilan bog’liq bo’ladi.


Yüklə 32,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin