Biznes rejaning mazmuni va hajmi turli omillarga bog’liq bo’ladi:
Biznes rejaning mazmuni va hajmi turli omillarga bog’liq bo’ladi:
— korxona o’lchamlariga (kichik biznes uchun - 10-20 bet; yirik korxonalar uchun 40-50 bet);
— tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga ko’ra (yiriklashtirilgan yoki detallashtirilgan);
— vazifasiga ko’ra (ichki foydalanish uchun, investorlar uchun, bank kreditlarini olish uchun);
— rejalashtirish davriga ko’ra ( 1 yillik, bir necha yilga mo’ljallangan);
— tuzuvchilarning malakasi va texnik iqtisodiy asoslashni tayyorlash borasidagi amaliy tajribasiga.
Biznes reja quyidagi 4 asosiy funktsiyani bajaradi:
1) Tadbirkor uchun ma’lum davrdagi faoliyatning haqiqiy natijalarini baholash quroli bo’lib xizmat qiladi;
2) Loyixadan kelajakda biznesni yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish uchun foydalaniladi;
3) reja mablag’ topish quroli bo’lib hisoblanadi;
4) кorxona strategiyasini amalga oshirish quroli bo’lib hisoblanadi.
Biznes reja quyidagi talablarga javob bergan taqdirda samarali hisoblanadi:
Biznes loyixadagi har bir ko’rsatkich, element, bosqich qat’iy ravishda asoslanishi shart.
Vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi.
reja ko’rsatkichlarini bajarilishini doimiy hisobga olish.
Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish
Fan–texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilor tajribalariga tayanish.
Biznes loyixani ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
Biznes loyixani ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich – biznes loyixani tayyorlash uchun zaruriy axborot manbalarini aniqlash. Bunday manbalarga biznes rejalashtirishga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, hukumat materiallari, tarmoq nashrlari, auditorlik firmalari,biznes reja tuzish bo’yicha kurslar va h.k.
Ikkinchi bosqich – biznes reja maqsadini aniqlash. Maqsadlar biznes reja hal etish lozim bo’lgan muammolardan kelib chiqadi.