Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus



Yüklə 17,48 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#180761
1   2   3   4   5   6
Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus-fayllar.org

Conclusion-Xulosa. Yuqorida keltirilgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida shuni xulosa qilishimiz mumkinki, kazusda keltirilgan M.Boltayevning quyi instansiya sudining “oilaviy korxonaning mulkidan undirish, bu mulk yetmagan summa esa oilaviy korxona ishtirokchilari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan subsidiar tarzda undirish haqida qarori” dan norozi bo‘lib yuqori instansiya sudiga murojaat qilishi huquqiy asosga egadir.Chunki yuqorida keltirilgan ”Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga binoan mulk yetmagan taqdirda oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan undirilishi aytilganligiga qaramasdan quyi instansiya sudi unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan undirilishi haqida qaror chiqargan.Bundan ko‘rish mumkinki, quyi instansiya sudi qonunga muvofiq ish ko‘rmagan. Yuqori instansiya sudi esa quyi instansiya sudining qarorini qisman oʻzgartirib, faqat oilaviy korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarni mulkidan undirilsin degan qismini bekor qildi. Qolgan qismini esa oʻzgarishsiz qoldirdi.Yuqori instansiyaning qarori huquqiy asosga ega deb hisoblayman.Aytib o‘tganimizdek korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan undirilishi qonunchilikka muvofiq emas.Agarda quyi instansiya qonunga muvofiq holda yetkazilgan zarar korxona mulkidan olinishi, agar korxona mulki yetmagan taqdirda oilaviy korxona ishtirokchilaridan subsidiar tarzda undirish to‘g‘risida qaror chiqarganda, M.Boltayev quyi instansiya sudining qaroridan norozi bo‘lib yuqori instansiyaga murojaat qilmasdi.
I.Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
3.“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
4.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
5.Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi qarori

Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin