Bitiruv malakaviy ishi


Xulosa va takliflarning qisqa umumlashtirilgan ifodasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

Xulosa va takliflarning qisqa umumlashtirilgan ifodasi: Mehnat  ta’lim fanlarni 

o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llash orqali dars samaradorligini oshirish 

mumkin.  

 

 

                                        



Kirish

 

“Eng  yangi  zamonaviy  o‘quv  vositalari  bilan    ta’minlaydigan  ta’lim                                       



muassalarida  eskidan  qolgan  o‘qitish  usullarining  davom  etishiga  mutlaqo 

yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.”  I.A. Karimov.   

Мavzuning 

dolzarbligi. 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

“Ta’lim 


to‘g’risida”gi  Qonuni  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  yosh  avlodni 

tarbiyalashning  asosiy  istiqbol  va  yo‘nalishlarini  belgilab  berdi.  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”da  ta’limni  tubdan  isloh  qilishning  asosiy  yo‘nalishlari 

ko‘rsatilib berildi. “Unda uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs 

shakllanishi va yuqori  malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun 

zarur  shart-sharoitlar  yaratadi”,  deb  ko‘rsatilgan.  Shuningdek,  dasturda:  “Ta’lim 

berishning  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarini,  zamonaviy  o‘quv-uslubiy 

majmualarini  yaratish  va  o‘quv-tarbiya  jarayonini  didaktik  jihatdan  ta’minlash” 

ta’lim mazmuning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. [1,20 b] 

      “Ta’lim  O‘zbekiston  xalqi  ma’naviyatiga  yaratuvchilik  faolligini  baxsh  etadi. 

O‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  barcha  eng  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon 

bo‘ladi,  kasb-kori,  mahorati  uzluksiz  takomillashadi,  katta  avlodlarning  dono 

tajribasi yuksak darajada anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi ”. [7, 78 b] 

     Prezidentimiz  I.A.  Karimovning  ushbu  ta’kidlangan  maqsadni  amalga  oshirish 

uchun  ta’limning  yangi-yangi  modellari  yaratilmoqdaki,  uning  nazariy  asoslari 

yetakchi  mutaxassis-olimlar  tomonidan  ilmiy-amaliy  tarzda  isbotlab  berilmoqda. 

Ushbu 

ilmiy- 


amaliy  isbotlash,  o‘quv  jarayonlarini  yuksak  darajada 


 

texnologiyalashtirishtirish  bilan  chambarchas  bog’langandir.  Fikrimizning  dalili 



sifatida  muhtaram  Prezidentimizning  2012  yil  28  maydagi  “Malakali  pedagogik 

kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday 

kadrlar  bilan  ta’minlash  tizimini  yanada  takomillashtirishga  oid  chora-tadbirlar 

to‘g’risida”gi Qarorini keltirishimiz mumkin.[2, 34 b] 

        Ushbu  Qarorda  ta’kidlanishicha,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  O‘rta 

maxsus  ta’lim  vazirligi  va  O‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  markazi  zudlik  bilan 

ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, 

shuningdek,  “amaliy  o‘yin”lar,  interfaol ta’lim  uslublari,  axborot-kommunikasiya 

texnologiyalari,  elektron  ta’lim  resurslari  va  mul’timedia  taqdimotlaridan 

foydalanish  borasida  chet-el  tajribasini  chuqur  va  har  tomonlama  o‘rganib 

chiqishligi ko‘rsatilgan. [34,36 b] 

      Bizga  yaxshi  ma’lumki,  Respublikamizda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturiga 

ko‘ra  kasb-hunar  kollejlari,  akademik    litseylarlar  uchun  yuqori  malakali  oliy 

ma’lumotli  o‘qituvchi  mutaxassislar  tayyorlashning  o‘ziga  xos  “o‘zbek  modeli”- 

yaxshi tizim ko‘rinishida amalga oshirib kelinmoqda. Qarorda ta’kidlanishicha bu 

borada hali bajarilishi, o‘rganilishi, ta’lim jarayoniga tadbiq qilinishi zarur bo‘lgan 

ishlarimiz anchagina. 

       Demak,  ilmiy-texnik  taraqqiyot  sanoat  sohasida,  tibbiyotda  va  boshqa  xalq 

xo‘jaligi sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, shuningdek, 

ijtimoiy-gumanitar  tizimlar  sohasiga  ham,    zamonaviy    yangi-innovatsion 

texnologiyalarini  ta’lim-tarbiya  sohasiga  ham  joriy  etishni  hayotning  o‘zi  talab 

etmoqda. 

       Hozirgi  kunda  yangi  innovatsion  pedagogik  texnologiyalarni  ilmiy-nazariy 

asoslarini  o‘rganish  va  ularni  ta’lim-tarbiya  jarayonlariga  tadbiq  etish  zaruriyati 

shuning  uchun  dolzarb  masalalardan  biriga  aylanmoqdaki,  amaldaki  an’anaviy 

o‘qitish  tizimi  o‘z  faolligini  ancha  yo‘qotdi,  ya’ni  quruq  og’zaki  so‘zlar  

yordamida o‘qitish samara bermayapti. 



 

     Buning o‘rniga esa “Axborotli-amaliy o‘qitish” tizimi ta’lim tarbiya jarayoniga 



ko‘proq samara berishligi Prezident Qarorlarida ham ko‘rsatib o‘tilgan. 

      Мehnat  ta’limi  texnologiyalarga  asoslangan  ta’lim  jarayonida  o‘qituvchi 

faoliyati  va  o‘quvchi  faoliyati  doirasi  aniq  belgilanadi,  ta’limni  tashkil  etishning 

aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.[34,4 b] 

      Shuning  uchun  ham  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarini  ta’lim  jarayoniga 

joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning 

ehtiyojiga aylanadi.  

      Darhaqiqat

zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  ta’lim  jarayoning 

unumdorligini  oshiradi,  talabalarning  mustaqil  fiklarash  jarayonini  shakllantiradi, 

o‘quvchilarda  bilimga  ishtiyoq  va  qiziqishlarni  oshiradi,  bilimlarni  mustahkam 

o‘zlashtirish,  ulardan  amaliyotda  erkin  foydalanish    ko‘nikma  va  malakalarini 

rivojlantiradi.      

      Shu  sabab  ham  bugungi  kunda  ta’lim  tizimizda  innovatsion  pedagogik 

texnologiyalar  faol  qo‘llanilib  kelinmoqda,    ayni  vaqtda  bu  o‘quv  jarayoning 

yangicha  ruhda    shakllanishiga  imkoniyat  yaratmoqda.      O‘quv  jarayonlarini 

kuzatadigan  bo‘lsak  har  bir  dars  jarayoni  o‘z  navbatida  ma’lum  bir 

texnologiyalarga asoslangan holda  o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va 

talaba  faolliyatini  yanada  jadallashtirmoqda  va  mustaqil  faoliyatga  undamoqda.   

Aynan  bu  jarayonlarni  amalga  oshirishda    amaliy  vaziyatlarni  hal  qilishda  keys-

stadi  texnologiyasi  ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  Keys-stadi  texnologiyasi 

muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi. 

Keys-stadi    texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilgan. So‘ngra 

bu  texnologiya    boshqa  fanlarni  o‘qitishda  ham    foydalanilgan.  Keys-stadi 

texnologiyasi  asosan amaliy darslarni  o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni 

shaxsiy  va  kasbiy  faoliyatda  yuzaga  keluvchi  vaziyatlarga  oldindan  tayyorlaydi, 

bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi. 



 

           U  mum  ta’l    im      maktablarida  Mazkur    bitiruv    malakaviy      ish      dan   



kelib  chiqqan  holda  biz    mehnat    ta’limi  fanlarni  o‘qitishda  keys-stadi 

texnologiyasining ilmiy pedagogik  asoslarini tahlil qildik.  

         Olib borgan kuzatish ishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, keys-stadi  texnologiyasi 

ta’lim jarayoniga nisbatan yaqinda kirib keldi va pedagoglar tomonidan faoliyatga 

keng  joriy  qiliniyapti.  Keys-stadi  texnologiyasi  asosini  ta’lim  jarayoniga  joriy 

etishda, o‘quvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog’liq vaziyatlar va ularning tahlili 

tashkil qiladi. Bo‘lg’usi kasbiy faoliyat bilan bog’liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish 

natijasida  nazariyaning  amaliyot  bilan  bog’liqligini  ta’minlaydi.  O‘quvchilar  

muayyan  vaziyatlarni  har  tomonlama  o‘rganadilar.  O‘z  navbatida  ular  faol 

fikrlaydilar, nazariy mashg’ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni  mustaqil o‘rganish 

davomida  to‘plangan  ma’lumotlari  bilan  taqqoslaydilar,  shaxsiy  tajribalariga 

murojaat  qiladilar.  Turli  vaziyatlarni  hamkorlikda  yoki  mustaqil  ravishda  tahlil 

qilish  va  qayta  ishlashlari  davomida  qo‘shimcha  ma’lumotlarga  nisbatan  zarurat 

sezadilar. 

      Mazkur  mavzuning  yetarli  darajada  tadqiq  qilinmaganligi  magistirlik 

dissertatsiya  ishini  muammosining  muayyan  darajadagi  dolzarbligi  va  yangiligini 

belgilaydi. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin