Birinchi maslahat: o'zingizning biznesingiz uchun barcha hujjatlarni saqlang



Yüklə 24,11 Kb.
səhifə3/4
tarix31.01.2023
ölçüsü24,11 Kb.
#82069
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Har doim ham buxgalter kerakmi? 
Agar biznes katta bo'lmasa, buxgalteriya hisobini autsors asosida yuritish va shu bilan mablag'larni tejash mumkin. Misol uchun, faqat belgilangan va ijtimoiy soliq to'lovlarini to'laydigan yakka tartibdagi tadbirkorga buxgalter umuman kerak emas. Oyiga bir marta to'lovni amalga oshirish u qadar qiyin ish emas. 
Agar YaTT yiliga 100 million so'mlik aylanma chegarasidan o'tib, soddalashtirilgan soliq to'lash tizimida bo'lsa, hisobot shaklini yuritish kerak. Bunday hollarda, buxgalter yoki mutaxassis maslahatchi xizmatlaridan foydalanish ma'qulroqdir. 
Shtat vs autsors asosida ishlovchi buxgalter 
Kuniga 1000-2000 tagacha hisob-faktura yozish kerak bo'lgan kundalik ish oqimi katta yirik korxona uchun shtat asosida savdo menejeri yoki hisoblovchi buxgalterni ushlash to'g'ri qaror bo'ladi. Bosh buxgalter shtat asosida ham, autsors asosida ham faoliyat olib borishi mumkin. 
Agar ish juda tezkorlik bilan amalga oshirilishi kerak bo'lgan doimiy to'lovlar bilan bog'liq bo'lsa yoki, masalan, import doimiy ravishda kelib tushsa va sotuv narxini chiqarish uchun tovarlarni tezda rasmiylashtirish kerak bo'lsa, shtatda bosh buxgalter bo'lishini yoqlash mumkin.
Autsorsning afzalligi tejamkorlikda va "jamoaviy aql" ga kirishdadir - konsalting kompaniyalari, qoida tariqasida, logistlar, brokerlar va boshqa mutaxassislarning xizmatlarini ham taqdim etadilar. 
Shtat asosida faoliyat yurituvchi buxgalterning ish haqi 1000 dollar atrofida (masalan, logistika sohasida bu qiyin soha). Autsors xizmatlari ikki barobar arzonga tushadi. 
Buxgalterni qanday tanlash kerak 
Nomzodning malakasini baholash uchun testlar o'tkaziladi, nostandart vazifalar qo'yiladi. Esda tutish kerak: o'rganishga tayyor bo'lgan odam hamma narsani bilaman, deb hisoblaydigan odamdan ko'ra qimmatliroqdir. 
Ish tajribasini baholash uchun bog'lanish uchun ma'lumotlar bilan rezyume so'raladi va avvalgi ish beruvchilarga qo'ng'iroq qilinadi. Shu bilan birga, xodimning shaxsiy fazilatlari haqida so'rash kerak. Xorijda keng tarqalgan bu amaliyot mamlakatimizda ham keng joriy etila boshlanmoqda. 
Shuningdek, tanish buxgalterga yoki xodimlarni tanlash bilan shug'ullanadigan yoki suhbat bosqichida hamrohlik qiladigan konsalting kompaniyasiga murojaat qilish mumkin. 

Yüklə 24,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin