Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo’ladigan anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi
Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo’ladigan anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi zarur.
Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo’ladigan anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi zarur.
Birinchi guruhga yashil o’simliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi.
Bunday avtotrof organizmlar produtsentlar deb ataladi. produtsentlar – assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir.
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik moddalarni sintez qilib, yorug’lik energiyasini bog’langan kimyoviy energiyasi sifatida g’amlaydi.
Suv havzalaridagi ekotizimlarda, ya’ni dengiz, okeanlar va ko’llar yuqori qatlamlarida yashovchi fitoplanktonlar (mayda bir xujayrali organizmlar va suv o’tlari) produtsentlar sifatida faollik ko’rsatadi.
Suv havzalaridagi ekotizimlarda, ya’ni dengiz, okeanlar va ko’llar yuqori qatlamlarida yashovchi fitoplanktonlar (mayda bir xujayrali organizmlar va suv o’tlari) produtsentlar sifatida faollik ko’rsatadi.
Quruklikda katta o’rmonlar va yaylovlarni tashkil etuvchi yuksak o’simliklar ochiq urug’lilar va gulli o’simliklar dastlabki organik modda to’plashda katta o’rin egallaydi.
Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular o’simliklar tomonidan to’plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar hisoblanadi va konsumentlar deb ataladi.
O’simlik qoldig’i va hayvon jasadi o’zida energiya saqlaydi. Nobud bo’lgan o’simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya’ni saprofit holda yashovchi bakteriyalar va zamburug’lar ta’sirida parchalanadi.
Bunday organizmlar redutsentlar deb ataladi.
EKOTIZIMDA ENERGIYA OQIMI
EKOTIZIMDA ENERGIYA OQIMI
Ekotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi.
Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to’playdi va Quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.
Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi.
O’simlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalsiy, marganets kabi elementlarning bir me’yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar avtotroflar deb ataladi.
O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi getertroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi.
Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan darajagacha ‘archalaydi. SHunday qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi.
Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi.
Bunda boradigan hammma o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi.