Biotibbiyot optik datchiklari turlari



Yüklə 28,93 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü28,93 Kb.
#103991
  1   2
8 Mavzu


8-Mavzu: Biotibbiyot optik datchiklari turlari
Avtomatika va telemexanika tizimlarida datchiklar boshlang'ich yoki o'lchagich element vazifalarini bajarishadi. Ular yordamida avtomatik tizimlar tashqi axborotni olishadi. Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o'lcham va og'irlikka, hamda past narxga ega bo'lishlari kerak.
Dаtchiklаr turidаn qаt`iy nаzаr ulаrgа quyidаgi аsоsiy tеxnik tаlаblаr qo‟yilаdi: аniqlik, sеzgirlik, tеzkоrlilik, ishоnchlilik, nаrxi, o‟lchаmlаri, оg‟irligi.
Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o'zgarishiga ta'sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o'zgartiradi. Bu miqdor, shunga o'xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So'ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini shakllantiradi. Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akusti suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o'lchashadi.
Har bir turdagi datchiklarni, o'z navbatida, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo'yicha ham tasniflashadi, ya‟ni guruhlarga bo'lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va fotomexanik guruhlarga bo'lishadi. Datchiklarni boshqacha turi, chiqish u miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. Chiqish miqdori–elektr bo'lgan datchiklar, yani qarshilik, induktivlik, sig'im, tok, kuchlanish, faza, chastota datchiklari eng ko'p tarqalgan.
Datchiklarning turlari
Datchiklar kirish x signalini son va turi bo'yicha o'zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o'zgartiradigan datchiklar, kirish x signalni bevosita chiqish y signaliga o'zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o'zgartiruvchi qismlarga hojati bo'lmaydi. Oraliq o'zgartiruvchi qismlarga ega datchiklarda, signalni bir necha marta o'zgarishi murakkabliklarga, ma‟lum darajada aniqlikni yo'qolishiga olib keladi. x-y o'zgartirishning ko'rinishi bo'yicha, datchiklar ikki guruhga: uzluksiz va diskret (uzlukli) o'zgartiruvchilarga bo'linishadi. Uzluksiz o'zgaradigan datchiklar o‟lchagich bo'lib hisoblanadi. Ularda x ning uzluksiz o'zgarishiga, y ni uzluksiz o'zgarishi to'g'ri keladi. Ko'pincha, diskret ishlaydigan datchiklar diskret ob‟ektlar holatini, ya‟ni chekli holatga ega ob‟ektlarni nazorat qilishadi. Nazorat qilinadigan ko'pchilik ob‟ektlar ikki pozisiyaga ega, yani «ulangan» va «uzilgan» holatlarga ega bo'lishadi. Ana shu sababli, diskret datchiklar, chiqish miqdorlari y=0 yoki y=1 bo'ladigan ikkilik axborot datchiklari hisoblanishadi.

Yüklə 28,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin