Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139
Biotexnologiya asoslari

1–latent yoki lag-faza 
davrida hujayra soni yoki og’irligi o’zgarmaydi. Hujayralar bu 
davrda bo’linishga tayyorgarlik ko’radilar.

¾
2-faza logariflik yoki eksponensial o’sish fazasi 
eng ko’p mitodik faollik bilan va kallus 
kulturani massasini oshishi bilan hamda tezlik bilan o’sish kuzatilishi bilan xarakterlanadi. 
¾
3-faza to’g’ri chiziqli (lineyka), 
bunda hujayralarni o’sish tezligi doimiydir.
¾
4-faza o’sishni sekinlashuv fazasi boshlanadi, 
bu bosqichda hujayrani miotetik faolligi 
keskin pasayadi.
¾
5-faza o’sish chizig’i (stasionar) bir tekis xolatga keladi
. Bu davrda hujayralar 
parchalanadi, ammo hujayra sonini oshishi bilan barobarlanishadi; umuman olganda bu 
bosqichda, hujayra massasini ko’tarilishi nolga teng bo’ladi. Stensionar fazadan keyin 
hujayralarni degradasiyasi boshlanadi va bu davrda tirik hujayralarni soni va massasi tobora 
kamayib boraveradi. 
 
 
Kallusli hujayralarni o’ziga xosligi
In vitro
sharoitida kallusli hujayralar o’simliklar organizmidagi oddiy hujayralarga xos 
bo’lgan ko’plab fiziologik va bikimyoviy xususiyatlarni saqlab qoladi. Ular, ikkilamchi metabolitlar 
sintez qilish qobiliyatini yo’qotmaydilar. Sovuqqa chidamlilik xususityati kallusli hujayralarda, 
o’simliklardagidek qaytariladi. Bunday xususiyat, tropik yoki subtropik o’simliklardan olingan 
kallus to’qimalarda bo’lmaydi. Kallusli to’qimalarga fotodavriylik reaksiyasi ham xos, bu fitoxron 
faolligini saqlab qolinganligi bilan bog’liqdir. 
O’simliklarni normal va kallusli to’qimlari uchun umumiylik yana qator belgilarda namoyon 
bo’ladi, xususan, yuqori xaroratga chidamlilik, osmotik faol moddalarga, sho’rlanishga chidamlilik 
va x.k. SHuning bilan birga, kallusli to’qimalarni normal to’qimalardan farqli tomonlari ham bor. 
Ularda spesifik oqsillar paydo bo’ladi va umumiy oqsil miqdori, xususan bargda fotosintez 
jarayonida qatnashadigan oqsillar kamayadi yoki butunlay yo’qoladi. Kallusli hujayralar ulkan 
genetik geterogenligi va fiziologik sinxronlikni buzulganligi bilan farq qiladi. 
Organizm nazoratidan chiqqanligi sababli. Kallusli hujayralarni o’sishi tartibsiz, sinxronsiz 
ravishda o’tadi va chegaralanmaydi. Bundan 65 yil avval R.Gotre tomonidan olingan sabzining 
kallusli hujayrasi, yangi ozuqa muhitiga o’tkazib turish hisobidan hozirgacha yashab kelmoqda. 
Ochiq tuproqda o’suvchi o’simlikga nisbatan, kallusli hujayralarni hujayra sikli uzunroqdir. 
Kallusli hujayra o’ziga xos tomonlaridan yana biri-ularni yoshini xar xilligi (geterogenligi). 
Kallus to’qima bir vaqtni o’zida yosh hujayralar (G- fazadagi), qari (G
2
) va S – fazalar ishtirok 
etadilar. 
3.2-rasm. Kallus 
hujayralarning o’sish 
chizig’i 


Kallusli hujayralarni energiya almashinuvida ham ancha farq kuzatiladi. Ular, normal 
hujayralarga nisbatan kislorodni kam iste’mol qiladilar. 1938 yilda Romstorn bunday xususiyat 
meristematik hujayralarda ham borligini kuzatgan edi, demak bu xususiyat faol bo’linadigan 
hujayralar uchun xosdir. Kallus hujayralarni nafas olish koeffisenti birdan katta. Masalan no’xat 
kallus hujayrasida bu son 3,5 dan katta (A.V. Romanova, 1988). 
Bu nafas olish bilan bijg’ish orpasidagi nisbat bijg’ishni kuchayish tomoniga, surilganligini 
ya’ni Paster effektini pasayishini ko’rsatadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin