Biosfera haqida tushuncha Reja


-rasm. Biogeotsenozning tuzilmali-funksional sxemasi



Yüklə 341,64 Kb.
səhifə7/8
tarix25.04.2023
ölçüsü341,64 Kb.
#102366
1   2   3   4   5   6   7   8
2- Ma\'ruza Molekulyar ekologiya va uning Biosfera ta\'limotidagi o\'rni

3.1-rasm. Biogeotsenozning tuzilmali-funksional sxemasi.

Biogeotsenoz ta’rifidan kelib chiqqan holda, uni ikkita bosh tuzuvchilarga ajratish mumkin: tirik organizmlar jamoasi (biotsenoz) va abiotik omillar-muhit yig‘indisi (biotop yoki ekotop). O‘z navbatida, biotsenoz o‘simliklar jamoasi (fitotsenoz), hayvonot dunyosi (zootsenoz) va mikroorganizmlar (mikrobotsenoz), ekotop esa iqlimiy (klimatop), suvli (gidrotop) va tuproq-gruntli (yedafotop) komponentlardan tuzilgan.


Shuni ta’kidlash lozimki, ba’zi olimlar biogeotsenozlarning mavjudligini umuman tan olishmaydi yoki ularni ekotizimlar tushunchasi bilan o‘xshatishadi. Shuning uchun mualliflar «biogeotsenoz» va «ekotizim» tushunchasiga yana bir marta qaytishni lozim deb topishdi.
Bu tushunchalar bir-biriga yaqin. Biroq ular bir-biriga o‘xshash so‘zlargina emas. Ekotizim tushunchasi o‘zining beo‘lchovligi bilan biogeotsenozdan kengdir, ya’ni istalgan biogeotsenoz ekologik tizimdir, har qanday biogeotsenoz ekotizim hisoblanib, tizimning «atomar» tuzuvchisi sifatida qatnashadi. Ekotizim biogeotsenozning bir qismi bo‘lishi mumkin, lekin shunday ekotizimlar mavjudki, ular biogeotsenoz tarkibiga kirmaydi.
Biogeotsenozda o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari. Ekotop, biotsenoz va ularning komponentlari moddiy ham energiya jihatidan o‘zaro bog‘liqligi 3.1 rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘zaro bog‘liqlik ba’zi bir xossalar bilan tavsiflanib, ularni N.F. Reymers (1990) prinsiplar deb atagan. U A.Tineman, G.Rans va Y.Illieslarning ilmiy ishlariga tayangan holda, ularni to‘rt prinsipga ajratadi. Birinchi prinsip - xilma-xillik: biotop sharoitlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik biotsenoz turlari ko‘p bo‘ladi. Birinchi prinsipning paydo bo‘lishiga yomg‘irli tropik o‘rmonlardagi katta turlarni o‘z ichiga olgan biotsenozlar va muhit sharoitlarining g‘oyatda xilma-xilligi kiradi.
Ikkinchi prinsip - chetga chiqish sharoitlari: biotop me’yoridan qanchalik chetga chiqsa, shuncha biotsenoz qashshoqlashib boradi, shunga qaramasdan ayrim turlarning alohida yashaydigan organizmlarning miqdori birinchi holatdagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu birinchi navbatda ekstremal biotoplarga taalluqli, masalan, muhitning o‘ta ifloslanishi bilan izohlanadi.
Uchinchi prinsip - muhitning bir tekis o‘zgarishi: muhit sharoitlari qanchalik bir tekis o‘zgarsa va shuncha uzoq payt biotop o‘zgarmay qolsa, biotsenoz tobora turlarga boy, vazmin va barqaror bo‘ladi. Bu evolyusion - dinamik prinsip. Demak, biotopda qanchalik tez o‘zgarish sodir bo‘lsa, turlarning bu o‘zgarishlarga moslashishi qiyin kechadi va turlar tarkiblarining qashshoqlashishiga olib keladi.
Nihoyat, to‘rtinchisi - jins tur namoyondalari prinsipi: jinslarning boy turi, odatda biogeotsenozlarda o‘zining birdan-bir namoyondasi mavjud (G.F.Gauze nazariyasi).
Uzoq vaqt oralig‘ida jamoalarning ajralganlik darajasi kamayishi mumkin, ekotizimda begona turlar tarqaladi. Natijada bitta biogeotsenoz asta-sekin qonuniy ravishda boshqasiga almashadi. Buni insonning tabiatga nisbatan keng miqyosidagi ta’sirida ham ko‘rish mumkin.

4. Ekologik makon. Ekotizimlarda o‘simliklar, hayvonlar va boshqa organizmlarning turi, ahamiyati va holati ekologik makon deb ataladi. Bu atamani fanga birinchi bo‘lib 1917 yili amerikalik olim Jozef Grinell taklif etgan.
Yu. Odum (1986) ekologik makonning uchta asosiy jihatlarini ajratadi: organizmlar joylashgan fizik fazo, ularning funksional ahamiyati (masalan: jamoaning trofik holati) va tabiiy muhit gradientlariga nisbatan holati (harorat, yorug‘lik, namlik va tashqi omillar).

Ekologik makon - fazoda qandaydir bir turning joylashgan o‘rni bo‘lib, muhit ko‘rsatkichlarining yig‘indisi, jamoadagi organizmlarning funksional ahamiyati, ularning morfotuzilishli moslashuvi, fiziologik va hatti-harakatini ifoda etadi.

Bir tur ekologik makon doirasida boshqa tur bilan ozuqa va energiya manbalaridan foydalanishda raqobatlashmaydi. Har xil turlar turli geografik hududlarda bir xil ekologik makonni egallashi mumkin. Bunday turlar ekologik ekvivalent deb ataladi, masalan Avstraliyaning katta kengrusi Shimoliy Amerikaning antelopa va bezonlari shu o‘lka faunasining ekvivalentidir.


Hayotiy shakl. Yu. Odum quruqlikdagi biomalarni bog‘lovchi va bog‘lanishiga yo‘l qo‘yuvchi chegaralarni va yer ustidagi biomlarning tavsiflarini hayotiy shakl deb ta’kidlaydi.

Muhitga turli o‘xshash jihatlari bilan moslashuvi natijasida kelib chiqqan turlar guruhi, asosiy morfogenetik chegarasi va fe’l-atvori belgilari bilan bir-biriga yaqin bo‘lishini hayotiy shakl deb atash qabul qilingan.
Bunda har xil turlar muntazam munosabatdan uzoq bo‘lishi mumkin, biroq bir xil adaptatsiyaga ega bo‘ladi.


Yüklə 341,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin