Biologiya fanidan nazorat ishi daftari Sana : Nazorat ishi n-1



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/8
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76243
1   2   3   4   5   6   7   8
7-BIO nazorat ishi 2022

10

Javob































Tekshirish































Baho:__________
Sana :__________
Nazorat ishi N-5
1.Tashqi va ichki ta'sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi javob berish xususiyati … deyiladi.
A)gomeostaz B)refleks C)tug`ma instinkt D)taksis
2. Boshliqichlilarning (kovakichli hayvonlar) nerv sistema haqidagi tog`ri berilgan ma`lumotni toping.
A) nerv sistemasi to'r shaklida, ularning nerv hujayralari ektoderma qavatida tarqoq holatda joylashgan, nerv to'rini hosil qiladi.
B) nerv sistemasi stvol tipida tuzilgan, nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo'ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko'ndalang nervlar orqali tutashib, tuzilishiga ko'ra narvonni eslatadi.
C) tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi va uch juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari o'zaro ko'ndalang nervlar orqali tutashgan.
D) nerv stvollarining yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan
3. Nuqtalar o`rnini to`ldiring. ….. ning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nervlardan iborat.
A)kiprikli chuvalchanglar B)halqali chuvalchanglar
C)yassi chuvalchanglar D)molyuskalar
4. Boshoyoqli mollyuskalarning bosh qismida joylashgan nerv tugunlari o'zaro birlashib, “….”ni hosil qiladi.
A)bosh miyani B)nerv tugunini C)nerv stvolini D)qorin nerv zanjirini
5. Gapni davom ettiring. To'garak chuvalchanglarning nerv sistemasi so'rg'ichli chuvalchanglarning nerv sistemasiga o'xshaydi, lekin …
A) nerv stvollarining yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan
B) lekin nerv stvollarining oldingi va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan
C) lekin nerv zanjirining yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan
D) lekin qorin nerv zanjirining yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan
6. Quyidagi hukmga ha yoki yo`q deb javob bering. “Bo'g'imoyoqlilarning nerv sistemasi halqali chuvalchanglarning nerv sistemasiga o'xshash, lekin funksional jihatdan takomillashgan, qorin nerv zanjiridagi juft nerv tugunlari qo'shilishi natijasida nerv tugunlari yiriklashgan. Ularning bosh bo'limida asosiy sezgi organlari joylashganligi sababli nerv markazlarining hajmi kattalashgan” A)ha B)yo`q
7. Markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar ……. . sistemasini tashkil etadi.
A)periferik nerv B)avtomon nerv C)somatik D)vegetativ
8. Bosh miya qanday qismlardan iborat?
A) oldingi, oraliq, o'rta, uzunchoq miya, miyacha
B) oldingi, oraliq, o'rta, uzunchoq miya, ko`prikcha
C) yestaxiyiv nayi, oraliq, o'rta, uzunchoq miya, miyacha
D) oldingi, oraliq, o'rta, katta yarim sharlar, miyacha
9. Avtotrof organizmlar … manbaidan foydalanadi.
A)yorug'lik B)kimyoviy energiya C)anorganik uglerod D)tashqi energiya
10. Organik moddalami sintezlashda yorug'lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar …dir.
A)fototrof B)xemotrof C)geterotrof D)anaerob
11. Organik moddalami sintezlashda kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar …dir. Nuqtalar o‘niga to‘g‘ri javobni yozing __________________________________________________________________
12. Fototrof oziqlanuvchi organizmlarni yozing ____________________________ __________________________________________________________________
13.Geterotroflar oziqni qaysi usul bilan o'zlashtirishidan qat'iy nazar oziq moddalarning organizmda o'zlashtirish yo'l(lar)ini ko'rsating. 1)makromolekulalarning fermentlar yordamida monomerlarga parchalanishi, 2)parchalanish mahsulotlarining so'rilishi,
3)mahsulotlarning hujayrada transport qilinishi _________________________________________________________________
14. Golozoy usulda oziqlanuvchi organizmlarni ko‘rsating. l)o'txo'r hayvonlar 2)yirtqich hayvonlar 3)ayrim bakteriyalar 4)zamburug'lar 5)parazit o'simliklar, 6)parazit hayvonlar _______________________________________________
15. Parazit usulda oziqlanuvchi organizmlarni ko‘rsating. l)o'txo'r hayvonlar 2)yirtqich hayvonlar 3)ayrim bakteriyalar 4)zamburug'lar 5)parazit o'simliklar, 6)parazit hayvonlar _____________________________________________




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin