Microsoft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, OS X, iOS operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari to'plamidir. Ushbu to'plam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval, ma'lumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy ta'minot kiradi. VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni qo'llay oladi.
Mundarija
1Microsoft Officehaqida
2Officetarkibi
3Versiyalar
4Sh.qarang
5Manbalar
Microsoft Officehaqida[tahrir]
Microsoft Office 2013/2016 logotipi
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda,hujjatlarnitaxrirlashdavaboshqaishlardaunimlifoydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni o'z xohishi bo'yicha o'zgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qo'shimcha kompyuter qurilmalarini o'rnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini o'z xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qo'shimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun ko'pgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuv- chilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar to'plamini ham ishlabchiqarishgan.
Ko'pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar to'plamini chalkashtirishadi. To'g'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga o'rnatishga mo'ljallangan. Windows
operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windowsdasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokozo. Office dasturlar to'plamini esa quyidagi versiyalari mavjud:Office-
95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office- 2003 dasturlar to'plamini shaxsiy kompyuterga o'rnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi o'rnatilgan bo'lishi, so'ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb bo'lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) bo'sh joy bo'lishi lozim.
Office tarkibi [tahrir]
Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi to'plam tarkibi va narxida. Office dasturlar to'plamining nisbatan to'liqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:
Microsoft Word — har xil ko'rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga mo'ljallangan matnmuharriri.
Ekvivalent dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) vaAbiWord.
Microsoft Excel — har ko'rinishdagi hisob—kitobli ma'lumotlar bilan ishlashga mo'ljallangan elektron jadvallidastur.
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OStizimida).
Microsoft PowerPoint — ma'lumotlarni taqdimot, reklama qilishga mo'ljallangan taqdimotdasturi.
Microsoft Publisher — har xil ko'rinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga mo'ljallangan muharrirdastur.
Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elektonpachtadanfoydalanishgamo'ljallangandasturvahokazoUning
tarkibiga taqvim, ish rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi.
o Pochtaxizmatiuchun—MozillaThunderbird/SeaMonkey,Novell Evolution, Claws Mail ,Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy ma'lumotlar dispetchiri — Mozilla, Lotus Organizer и NovellEvolution.
Microsoft InfoPath — ma'lumot yig'ish va uni boshqarishdasturi.
Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama muloqot qilishni tashkilashtiradigandastur.
Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur.
o Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor.
Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchidastur.
Microsoft Query — ma'lumotlar omboridan ma'lumot oluvchi va ko'rib chiquvchidastur.
Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun mo'ljallangan dastur.
Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish uchunvosita.
Microsoft Picture Manager — rasmlar bilanishlash.
Muqobil dastur: OpenOffice.orgDraw.
Microsoft Document Image Writer — virtual printer.
Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini diagnostika qiluvchi va tuzatuvchidastur.
Office dasturlar to'plamini o'rnatishda yuqorida ko'rsatilgan dasturlarni tanlash orqali, ya'ni keraklisini o'rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.
Versiyalar[tahrir]
Ishlab chiqarilgan sana
Nomlanishi versiya
Tarkibi
19.11.1990
Office 1.0
Word 1.1, Excel 2.0,
PowerPoint 2.0
04.03.1991
Office 1.5
Word 1.1, Excel 3.0,
PowerPoint 2.0
08.07.1991
Office 1.6
Word 1.1, Excel 3.0,
PowerPoint 2.0, Mail 2.1
30.08.1992
Office 3.0,
Office 92
CD-ROM versiya : Word 2.0c, Excel 4.0a, PowerPoint 3.0, Mail
17.01.1994
Office 4.0
Word 6.0, Excel 4.0,
PowerPoint 3.0.
2-iyun, 1994
Office 4.3
Word 6.0, Excel 5.0,
PowerPoint 4.0, Mail 3.2,
Access 2.0.
3-iyul, 1994
NT 4.2 uchun Office
30.08.1995
Office 95 (7.0)
Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar
30.12.1996
Office 97 (8.0)
Word 97 va boshqalar
20-iyun, 1998
Office 97 Powered by Word 98 (8.5)
Word 98 olishning yagona usuli.
27.01.1999
Office 2000
(9.0)
Word 2000 va boshqalar; Windows 95 ko'tara oladigan oxirgi versiya, 2009-yildan to'xtatildi.
31.05.2001
Office XP (10.0)
Word 2002 va boshqalar
17.11.2003
Office2003 (11.0)
Word 2003 va boshqalar; Dastur timsollari WindowsXP ko'rinishida namoyonbo'ldi.
30.01.2007
Office2007 (12.0)
Word 2007 va boshqalar;
12.05.2010
Office2010 (14.0)
Word 2010 va boshqalar; Windows XP/Vista uchun so'nggi versiya. Office 2003/2007 larning sotilishishu
yilning 11-yanvar kuni to'xtatildi.
01.10.2013
Office2013 (15.0)
Word 2013 va boshqalar
22.09.2015
Office2016 (16.0)
Word 2016 va boshqalar
Yana:
Office for iPad — Apple iPad uchun dasturlar to'plami, 2014- yildan sotilaboshladi.
Office Online (ранее Office Web Apps)/ Office 365 — idora to'plamlarining online versiyasi. Office Web Apps ilk bor Los-Anjelesda (PDS 2008 konferensiyasi) 2008-yilda namoyish etildi. Online versiya dasturlarning yengillashtirilgan ko'rinishi taqdimetilgan.