197
Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil
yo‘nalishda kechadi (107-rasm).
1. Allopatrik yoki geografi k tur paydo
bo‘lishi.
2. Simpatrik yoki ekologik tur paydo
bo‘lishi.
Tur paydo bo‘lishining
birinchi turi-
da geografi k to‘siqlarning paydo bo‘lishi,
ikkin chi turida reproduktiv to‘siqlarning
paydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlar
almashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi.
Allopatrik yo‘nalish yoki geografi k
alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi.
Tur areali kengayganda yoki yirik geo-
logik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘
hosil bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar
paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va
tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi
gen tarkibida farq
paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi.
Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari
xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklari
ham har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligi geografi k alohidalanish
natijasidir (108-rasm). Baykal ko‘lida
molluskalar, qisqichbaqasimonlar,
baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko‘p turlari
uchraydi. Chunki 20
mln yil ilgari Baykal ko‘li boshqa suv havzalaridan tog‘lar
hosil bo‘lishi natijasida ajralib qolgan.
Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryoda
yashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografi k
alohidalanish natijasi
hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo‘lgan
baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi. G‘o‘za
avlodi ham geografi k alohidalanish yo‘nalishidagi turning paydo bo‘li shiga
yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo‘r davridan boshlab bir-biridan
alohidalashgan va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: