166
zirhli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Ame rika da uchramaydi. Uning
fi kricha, o‘tmishda Amerikaning ikkala qismi bir bo‘lib, faunasi o‘xshash
bo‘lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko‘tarilishi tufayli
hayvonlarning bir qit’adan boshqa qit’aga o‘tishi uchun to‘siq hosil bo‘lgan.
Oqibatda Shimoliy hamda Janubiy Amerika faunasi o‘rtasida
hozirgi farq
vujudga kelgan.
Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi. Bu besh
yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos
bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi
va Darvinning kelajagini
belgilab berdi.
Darvinning yirik asarlari
.
Darvin dunyo bo‘ylab
uyushtirilgan safardan
qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan
tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir
qatorda
yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi.
U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni
15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi.
1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U
«Xonakilashtirilgan
hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868),
«Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida
chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi.
Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab
dalillarni keltirdi
va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot
natijalari, fi kr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining
harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va
tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: