93
Bu nisbat ko‗rsatkichini ko‗pincha molar prosent yoki prosent - GS – jufti
sifatida ifodalanadi. Hayvonlar va ko‗p o‗simliklar uchun bu koeffitsiyent birligi
birdan kam (0,54 dan 0,94 gacha) bo‗lsa, mikroorganizmlar uchun bu birlik ancha
keng chegaradagi (0,45 dan 2,57 gacha) kattaliklarda bo‗ladi. Nukleotidlarning
struktura birliklari mononukleotid deb nomlanadigan monomer molekulalar
hisoblanadi, demak, nuklein kislotalar polinukleotidlardir. DNK va RNK zanjirida
mononukleotidlarning ketma-ketligi matritsadagi ma‘lum dasturga muvofiq
joylashgan bo‗ladi. Yuqorida qayd qilinganidek, azotli asoslarning karbonsuvlar
bilan hosil qilgan birikmasini nukleozidlar deyiladi. Nukleozidlar purin yoki
pirimidin asoslariga ega bo‗lib, ular karbonsuv bilan N- glukozid bog‗ yordamida
birikkan bo‗ladi. Nuklein kislotalari tarkibida bu gyukozidlarning faqat β-
nukleozid xili uchraydi.
Dostları ilə paylaş: