Biokimyo va molekulyar biologiya


Fermentlar faollovchilar (aktivatorlar)ning bo‗lishini talab qiladi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
Fermentlar faollovchilar (aktivatorlar)ning bo‗lishini talab qiladi. 
Ko‗p 
fermentlar tirik to‗qima tomonidan nofaol shaklda 
proferment
holatida ishlab 
chiqariladi. Profermentlar maxsus 
faollovchi (aktivator)
lar ta‘sirida faol holatga 
o‗tadi. Faollovchilar sifatidagi rolni maxsus oqsil moddalari-kinazalar, metall 
ionlari (Mn
2+
, Mg
2+
, Co
2+
, Na

va boshqalar) yoki reaksiya muhitini o‗zgartirish 
bajaradi. Masalan, so‗lak amilazasi- kraxmalni parchalovchi ferment osh tuzi 
ionlari tomonidan faollashadi. Oshqozon devorlari nofaol proferment-pepsinogen 
ishlab chiqaradi, oshqozon shirasining nordon muhitida faol-pepsinga aylanadi. 
Oshqozonosti bezi tripsinning profermenti-tripsinogen ishlab chiqarib, ichak 
shirasining enterokinazasi ta‘sirida faol shakl-tripsinga aylanadi.
Fermentlar har xil ferment zaharlari ta‘sirida osongina faolsizlanadi.
Ko‗p nafas olish fermentlari sinil kislotasi tuzi eritmalari ta‘sirida faolsizlanadi. 
Ftorid kislota tuzlari achishni ta‘minlovchi bir xil fermentlarni, monoiodsirka 
kislota tuzlari esa boshqa xillarini faolsizlantiradi. Maxsus ta‘sirga ega bo‗lgan 
ferment zaharlaridan foydalanish bir xil fermentlarning faolligini to‗xtatish, 
boshqalarini ta‘sirini davom ettirish imkoniyatini beradi. Bu esa xilma-xil 
fermentlar ishtirok etadigan biokimyoviy jarayonlarni mukammal tadqiq kilish 
imkonini beradi. 
 
 
4.5.4. Izofermentlar 
Izofermentlar 
(izoenzimlar) 
deb 
bir-biriga 
o‗xshashlik jihatlari, 
katalizlaydigan reaksiyalarining tezligi yoki boshqariluv xossalari bilan 
farqlanadigan fermentlarning ko‗p xil molekulyar shakllariga aytiladi. 
Fermentlarning ko‗p xil molekulyar shakl(FKMSH)lari deganda bir biologik turda 
yagona katalitik funksiyani bajaradigan, lekin strukturasi va qator fizik-kimyoviy 


83 
xossalari bilan farqlanadigan fermentlar guruhi tushuniladi. Tirik tabiatda bir xil 
yoki har xil birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalarga ega bo‗lgan, ikki 
yoki undan ziyod subbirliklardan tashkil topgan molekulali fermentlar uchraydi. 
Ko‗pincha subbirliklarni 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin