291
katalizlanadi. RNK polimeraza II m-RNK sintezi uchun xizmat qiladigan
bo‗lakchalarni sintezlanishini katalizlaydi.
Polimerazalarning har biri uchun o‗ziga xos
boshqaruv usullari mavjud
bo‗lib, ular polimerazalar bilan ta‘sirlanuvchi va o‗ziga xos ketma-ketlikka ega
bo‗lgan DNK li
maxsus oqsillar – regulyatorlar
tomonidan amalga
oshiriladi.
Bundan tashqari, eukariotlarda boshqaruvning yana bir yangi xili ‒
xromatin makrostrukturasini boshqarish darajasida sodir bo‗ladigan boshqarish
paydo bo‗lgan. Bunda, xromosomaning ayrim qismlari faol transkripsiyaga
qodir bo‗ladi, boshqa qismlardagi transkripsiyalar esa sodir bo‗lmaydi.
Xromatinning genlar transkripsiyalanadigan joyi, transkripsiyalanmaydigan
joylaridan farq qilishi aniqlangan. Xromasomaning transkripsiyalanadigan
joyini strukturasi o‗zgaradi, unda yo‗g‗onlashish (―puf‖ deb nomlangan) paydo
bo‗ladi va h.k. Faol xromatin nofaolga nisbatan
uncha ixcham emas va qator
hollarda hatto o‗zining nukleosomal strukturasini yo‗qitishi mumkin. Bunda
xromatin strukturasidagi o‗zgarishlar transkripsiyani
faollashuvidan oldin yuz
beradi, balki aksincha emas.
Dostları ilə paylaş: