226
Qalqonsimon bezning o‗ziga xos xususiyati ‒ uning tarkibida yodning miqdori
yuqori bo‗ladi. Radiatsion J
131
organizmga kiritilganidan
keyin ikki soat ichida
uning asosiy qismi qalqonsimon bezdan topilgan. Shunday qilib, bu bez yodning
ombori hisoblanadi. Yod organizmga, asosan, oziq-ovqat bilan, shuningdek, suv va
osh tuzi bilan birgalikda kiradi. Yodning organizmdan chiqishi, asosan, buyraklar
orqali yuz beradi. Yodning qalqonsimon bez tomonidan so‗rilishi
uning faollik
holatiga bog‗liq. Bezning funksiyasini susayishi undagi yodning yig‗ilib
konsentrlanishini susaytirsa, giperfunksiyasi esa,
aksincha, kuchaytiradi.
Qalqonsimon bez tarkibida yod uch shaklda bo‗ladi:
- anorganik yod;
- organik, gormonal faol yod (triyodotironin va tiroksin);
- organik, gormonal faol bo‗lmagan yod (mono- va diyodotirozin).
Gormonal faol yod umumiy yodning atigi 10 foizini tashkil qiladi, u esa
gipofizning tireotrop gormoni tomonidan stimulatsiyalanganda juda tez ko‗payadi.
Qalqonsimon bez gormonlari moddalarning asosiy
almashinuviga biologik
oksidlanishni kuchaytirish, koslorodni o‗zlashtirilishini oshirish, yog‗, suv
almashiniuvini, to‗qimalarning rivojlanish differensirovkasini
boshqarish orqali
ta‘sir etadi.
Qalqonsimon bezning yoshlikda yuz beradigan
gipofunksiyasi
kretinizmning
rivojlanishi bilan tavsiflanadi, bunda o‗sishning susayishi,
keyinchalik esa
umuman to‗xtashi (mitti o‗sish), tana qismlarini nomatanosib rivojlanishi, aqliy
zaiflik yuz beradi.
Organizmda yod tanqisligi bilan bog‗liq bo‗lgan
gipofunksiya
endemik
bo‗qoqni ‒ bo‗qoq kasalligini keltirib chiqaradi. Ushbu
kasallikni davolash va
oldini olish uchun osh tuzi, shakar, sut va h.k.larni yodlash amalga oshiriladi.
Voyaga yetganlardagi qalqonsimon bezning gipofunksiyasi miksedema ‒
shilliq shishga sababchi bo‗ladi. Davolash gormonal dorilar yordamida amalga
oshiriladi.
Odamlarda qalqonsimon bezning giperfunksiyasi Bazedov kasalligi
rivojlanishi orqali namoyon bo‗ladi. Ushbu kasallikning alomatlari: ozish, oyoq-
qo‗llarining titrashi, ekzoftalmiya (ko‗z bo‗rtishi),
yurak va aqliy faoliyatning
izdan chiqishi.
Dostları ilə paylaş: