26
Biomaterialni gomogenlashdan keyin undagi oqsillar ekstraksiyalanadi. So‗ng
ularni fraksiyalarga ajratish uchun ―tuzlash‖ amalga oshiriladi. Tuz qo‗shish yo‗li
bilan ajratilgan oqsil fraksiyalarida ko‗p miqdorda tuz mavjud bo‗lganligi sababli,
ularni ajratish uchun oqsil cho‗kmasi dializlanadi yoki molekulyar elak orqali gel-
filtratsiyalanadi.
Oqsillarni tozalashning keyingi bosqichi xromatografiya yordamida
fraksiyalash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Xromatografiya yo‗li bilan
fraksiyalashning: adsorbsion, taqsimlovchi, ion almashinuvi orqali, molekulyar
elakli va affin xromatografiyasi uslublari mavjud. Oqsillarni elektroforez (qog‗oz,
kraxmal va poliakrilamid-gellari yordamidagi) uslubida fraksiyalashdan ham
foydalaniladi. Tozalangan oqsil preparatlari, dializlanadi, so‗ng liofilizatsiyalanadi
(ya‘ni sublimatsiyalanadi ‒ eritmalarini muzlatib, vakuumga joylashtirib
bug‗lantiriladi), keyin ularning gomogenligi aniqlanadi, gidrolizlagandan keyin
aminokislota tarkibi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: