180
Plazmalogenlar ayniqsa,
mushaklar va nerv hujayralari membranalarida
ko‗p uchraydi. Ularni eritrotsitlar tarkibida ham bo‗lishi aniqlangan.
Ularning
glitserofosfoglitseridlar orasidagi umumiy ulushi 25 % ni tashkil qiladi.
Kardiolipinlar.
Ular polifosfoglitseridlar jumlasiga kiradi. Kardiolipinlar
mitoxondriyalar, xloroplastlar va bakteriyalarning
membranalari tarkibiga
kiradi. Kardiolipinlar fosfotidilglitserinlalarning
hosilalari hisoblanadi, ularda
glitserinning ikkinchi qoldig‗ini 3- gidroksili fosfatidil
kislotaning fosfat kislota
guruhi bilan etirifikatsiyalangan bo‗ladi, ya‘ni kardiolipinlar tarkibida uchta
glitserin qoldig‗i bor. Ularning kimyoviy tuzilishi quyidagicha:
Kardiolipin
Kardiolipinlar bakteriyalar membranalarining
asosiy komponentlari; ular
mitoxondriyalar va xloroplastlarning membranalari tarkibiga ham kiradi.
Kardiolipinlar
mitoxondriyalarda
oksidlanuvchi
fosforlanish
jarayonida
elektronlarni ko‗chirilishida katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: