299
birikadi. So‗ng hosil bo‗lgan IF-2 –GTF kompleksiga
formilmetionil-t-RNK
met
F
birikadi. Ikkinchi bosqichda, hosil bo‗lgan kompleks bilan tarkibida IF-3 bo‗lgan
30 S-subbirlik reaksiyaga kirishib 30 S- IF-3-GTF- IF-2-formilmetionil-t-RNK
met
F
hosil qiladi. Bu kompleksga initsirlovchi omil ‒ IF-1 ning ishtirokida o‗zining 5′-
uchi orqali m-RNK birikadi (39-rasm).
39-rasm.
Oqsil sintezini initsiatsiyasi (fMet-formilmetionin)
Yakuniy bosqichda 50
S subbirlik ham birikadi, buning natijasida
initsiatsiyaning uchala omili,
shuningdek, GDF va fosfat kislotalar ajralib chiqadi.
E‘tirof etilgan jarayonlar natijasida ribosoma ―yig‗iladi‖
va polipeptid zanjirni
sintezlanishi uchun tayyor bo‗ladi.
Oqsil sintezida ribosomalarning funksional markazi muhim rol o‗ynaydi, u
yerda molekulalarning maxsus ravishda bog‗lanadigan va oqsil biosintezida
ishtirok etuvchi molekulalar joylashadigan bo‗shliq bor.
Mavjud matritsada
ribosomaning 30 S birligi aminoatsil-t-RNK ni muhitdan tanlash va o‗ziga xos
tarzda maxsus bog‗lanishi uchun javobgar hisoblanadi. Aynan shu yerda
matritsani bog‗lanish joyi, kodon-antikodon juftlari
va atsillangan t-RNK
joylashgan bo‗ladi.
Atsillangan t-RNK ning bog‗lanadigan joyi ribosomaning 30 S va 50 S
subbirliklarini yuza qismi, shuningdek, m-RNK ning tegishli kodoni bilan
cheklangan bo‗ladi, chunki bu qism faqat t-RNK ning ma‘lum
molekulasi uchun
o‗ziga xos maxsuslikka ega. Aminoatsil-t-RNK 30 S subbirlikning A-sayti (joyi)da
(aminoatsil-t-RNK ni bog‗lanish joyi) bilan bog‗lanadi.
Aminoatsil 50 S-subbirlik sathini oxiriga ―ilinadi‖, bu yerdan u ribosomaning
50 S-subbirlik joylashgan peptidiltransferaza markazini A (aminoatsil) joyiga
300
o‗tadi. 30 S-subbirlikning A-joyi yonida R-(peptidil-t-RNK-bog‗laydigan)-sayt
bo‗lib, unda peptidil-t-RNK joylashadi. Peptidil ham 50 S-subbirlikka ―ilinadi‖ va
peptidilferaza markazining P (peptidil) joyiga joylashadi. 50 S-subbirlikda yana E-
joy (ingliz, exit–chiqish)ning mavjudligi ma‘lum, matritsa bo‗lmagan
holatlarda,
unga muqobil ravishda deatsillangan t-RNK bog‗lanadi.
Initsiatsiya jarayonlari natijasida formilmetionil-t-RNK darhol P-joyga o‗tadi.
Bunda aftidan uning antikodoni 3′-UAS-5′ m-RNK ning metioninli 5′-AUG-3′
kodon bilan bog‗langan bo‗ladi, A-joy esa bo‗sh qoladi, unga m-RNK ning keyingi
kodoni to‗g‗ri keladi va u tegishli aminoatsil t-RNK tomonidan ―o‗qiladi‖.
Eukariotlarda ham inisiator kodon metionil t-RNK hisoblanadi,
lekin
prokariotlardagidan farqli u formillanmasdan initsiatsiya omillari el-F-5, el-F-2, el-
F-3, ribosomaning 40 S-subbirligi va m-RNK lar bilan reaksiyaga kirishadi.
Reaksiya xuddi prokariotdagiday sxema asosida bo‗lib o‗tadi.
Mitoxondriya va xloroplastlarda peptidlarning sintezi xuddi prokariotlardagi
kabi sodir bo‗lib, initsiatsiya formilmetionil-t-RNK yordamida amalga oshadi.
Shunday qilib, initsiatsiya bosqichida polipeptid zanjirni sintez qilish uchun kerakli
barcha ―jihozlar‖ yig‗iladi. Yangi zanjirlarning sintezini
initsiatsiyasi uchun
initsiatsiya omillari qayta-qayta ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: