218
11. GORMONLAR
11.1. Gormonlar haqida umumiy tushunchalar
Organizmda moddalar almashinuvini boshqaruv tizimlardan biri bu gormonal
tizim bo‗lib, u barcha endokrin bezlar (ichki sekretsiya bezlari shiralari) ta‘siri
orqali amalga oshadi. To‗qima tomonidan ishlab chiqilgan moddalarni to‗g‗ridan-
to‗g‗ri qon oqimiga
chiqarilish jarayoni
ichki sekretsiya
deb ataladi.
Ichki
sekretsiya bezlari hujayralari modda va energiya almashinuvini boshqariluvida
ishtirok
etuvchi
gormonlar
(yunoncha,
―hormao‖ ‒ ―qo‗zg‗ataman‖,
―qitiqlayman‖) deb nomlangan maxsus moddalarni ishlab chiqaradi.
Ichki sekretsiya bezlari va gormonlar haqidaga ta‘limot 1855-yildan
T.Addison tomonidan buyrakusti bezlarining shikastlanishi va terini o‗ziga xos
pigmentatsiyasi bilan kechadigan bronza kasalligini ta‘riflash
asosida paydo
bo‗lgan edi. Klod Bernard ichki sekretsiya bezlari, ya‘ni o‗z shirasini to‗g‗ridan-
to‗g‗ri qonga chiqaradigan organlar to‗g‗risidagi tushunchani fanga kiritdi.
Bugungi kunda moddalar va energiya almashinuvini boshqarilish jarayonlarida
ishtirok etuvchi yuzdan ortiq turli xil moddalar topilgan. Gormonlar – bu xilma-xil
kimyoviy tabiatli biologik faol moddalar bo‗lib, ular juda kam miqdorda bo‗lganda
ham organizmga juda kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Gormonlarning o‗ziga xos biologik
ta‘sir etish xususiyatlari quyidagi qoidalar asosida ifodalanadi:
- gormonlar juda kichik konsentratsiyalarda o‗zining biologik ta‘siriga ega
(10
-6
dan 10
-12
M gacha) bo‗ladi;
- gormonal ta‘sir oqsil retseptorlari va hujayra ichidagi ikkilamchi vositachilar
(messendjerlar) orqali amalga oshadi;
-
gormonlar fermentlar ham, kofermentlar ham bo‗lmagan holda ular o‗z
ta‘sirini ferment sintezi tezligini oshirish yoki fermentativ kataliz tezligini
o‗zgartirish orqali amalga oshiradilar;
- butun organizmda bo‗lib o‗tadigan gormonlarning ta‘siri
markaziy asab
tizimining boshqaruvi asosida belgilanadi;
- ichki sekretsiya bezlari va ular tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar
to‗g‗ridan-to‗g‗ri va teskari ta‘sir mexanizmlari orqali
boshqariladigan yagona
tizimni tashkil qiladi.
Turli xil tashqi va ichki qo‗zg‗atuvchi ta‘sirlar tufayli o‗ta sezgir maxsus
retseptorlarda impulslar paydo bo‗ladi. Keyin impulslar markaziy asab tizimiga, u
yerdan
gipotalamusga uzatiladi, bu yerda esa ―davomli‖ ta‘sirga ega bo‗lgan
dastlabki biologik faol gormonal moddalar sintezlanadi va ular rilizing omillar
deyiladi. Bu omillar umumiy qon oqimiga o‗tmaydi,
balki tomirlarning portal
tizimi orqali gipofizning maxsus hujayralariga yetib boradi. Ular gipofizning tropik
gormonlarini ishlab chiqarilishiga stimullovchi (yoki ingibirlovchi) ta‘sir ko‗rsatib,
219
kerakli gormonlarning ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi. Bu trofik gormonlar qon
oqimiga o‗tib tegishli ichki sekretsiya bezlaridan
tegishli gormonlarni ishlab
chiqarilishini stimullaydi. O‗z navbatida, bu gormonlar organlar va to‗qimalarga
ta‘sir etish orqali butun organizmda kechadigan kimyoviy
va fiziologik javob
reaksiyalarini keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: