188
Degidrogenlanishning ikkinchi bosqichi.
Hosil bo‗lgan β-oksi-atsil-KoA
degidrogenlanadi, reaksiyani NAD-tutuvchi degidrogenaza katalizlaydi:
Tiolaza reaksiyasi.
Oldingi reaksiya mahsuloti koenzimom A bilan
ta‘sirlanadi, natijada ikkita karbon atomiga kaltalashgan atsil-KoA va ikki karbonli
atsetil-KoA hosil bo‗ladi:
Hosil bo‗lgan atsetil-KoA uch karbon
kislotalar siklida oksidlanadi, ikkita
karbon atomiga kaltalashgan atsil-KoA ko‗p karra β-oksidlanishga duch keladi va
oxirida
butiril-KoA ga, keyin u ham ikki molekula atsetil-KoA ga aylanadi.
Masalan, palmetin kislotada oksidlanish sikli 7 marta takrorlanadi. Shunday qilib,
palmetin kislotaning β-oksidanishini yig‗indi tenglasi quyidagicha bo‗ladi:
Palmitoil-KoA + 7FAD + 7NAD + H
2
O + 7HS-KoA → 8Atsetil-KoA +
7FADH
2
+ 7NADH
2
189
Energiya balansi.
β-oksilanishning har bir siklida 1 molekula FADH
2
va 1
molekula NADH
2
hosil bo‗ladi. Ular nafas olish zanjirida oksidlanish jarayonida
va u bilan bog‗langan holdagi fosforlanish yo‗li bilan: FADH
2
(KoQ orqali)
ATFning 2 molekulasini
va NADH
2
esa ATFning 3 molekulasini beradi, ya‘ni bir
siklda jami ATFning 5 molekulasi hosil bo‗ladi. Palmitin kislota bilan β-
oksidlanish 7 siklda bo‗lgani sababli jami 5×7=35 ATF molekulasi hosil bo‗ladi.
Shuningdek, bu jarayonda 8 molekula atsetil-KoA uch karbon kislotalar siklida
yonib, 12
molekuladan ATF hosil qiladi, 8 molekulasi esa, 12×8=96 ATF
molekulasini hosil qiladi.
Shunday qilib, palmetin kislotaning to‗liq
oksidlanishidan jami 35+96=131 ATF molekulasi hosil bo‗ladi. Lekin dastlab
palmetin kislotani faollash uchun ATFning 1 molekula
energiyasi sarflanganligi
sababli, aslida hayvon organizmida palmetin kislotaning oksidlanishidan 131 – 1 =
130 ATF molekulasi hosil bo‗ladi. Bir molekula palmetin kislota yonish natijasida
9797 kkal energiya hosil qiladi, uning 45 %
ATF sintezi uchun foydalanilsa,
qolgan qismi issiqlik tarzida sochiladi.
Dostları ilə paylaş: