159
joylashgan fosfogidril bog‗laridagi fosfor va kislorod atomlarini ko‗p
sonli
elektronlar o‗rab turadi. Ular qulay energetik orbitallar uchun bir-biri bilan
raqobatlashadi. Raqobat barcha elektronlarni past elektron darajani egallashiga
keng yo‗l ochadi. ATF-ADF
3-
va-HPO
4
2-
ning gidroliz
mahsulotlarida elektronlar
past energiya darajasini egallaydi, bu esa ularni barqarorlashtiradi va butun
reaksiyani qaytmas qilib qo‗yadi. ATF gidrolizning erkin energiya kattaligi boshqa
fosfatli yuqori energiyali va past energiyali birikmalar orasida oraliq holatni
egallaydi. Bu ATFning noyobligini ko‗rsatadi, u yuqori
energetik birikmalardan
(14-jadvalda ATFdan yuqorida joylashgan), past energiyali birikmalar (ATFdan
pastda joylashgan)ga fosforil guruhlarni ko‗chiruvchi-vositachi vazifasini bajaradi.
Hujayrada hech qachon fosforil guruhlarni yuqori energiyali birikmalardan
past energiyali birikmalarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗chirilmaydi, amaliy jihatdan
hujayradagi fosforil guruhlarni ko‗chirilishi ATF-ADF tizimning vositachi-
ko‗chiruvchiligida sodir bo‗ladi.
Boshqa nukleozid-5ˊ-trifosfatlar (UTF, GTF, STF lar)
ham yuqori energetik
birikmalar hisoblagnadi, lekin ular hujayrada ATF kabi bunday universal rolga ega
emas, balki o‗ta cheklangan maxsus funksiyalarni bajaradi, ya‘ni UTF
polisaxaridlar sintezida, STF-lipidlar sintezida fosforil guruh va energiya bilan
ta‘minlovchi
donor sifatida xizmat qiladi, GTF esa, oqsillar biosintezida peptid
bog‗larni hosil bo‗lishini tanlovli ravishda tezlashtiradi.
Barcha tirik organizmlar energiya yig‗ish tizimidan foydalangan holda tashqi
energiya manbalarining energiyasini to‗playdi va uni yuqori energetik birikmalar
energiyasiga aylantiradi. Energiyani akkumulatsiyalash tizimlari energiyani yig‗ish
tamoyiliga ko‗ra bir-biridan farqlanadigan ikki tipga bo‗linadi.
Birinchisi – bu fosforlanish reaksiyasi erimaydigan membrana strukturasi
bo‗lishini talab qilmaydigan –
Dostları ilə paylaş: