Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi


Zamonaviy bioinformatsion ma`lumot bazalari turlari



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə4/22
tarix13.04.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#97056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
bioinformatika shppi.

Zamonaviy bioinformatsion ma`lumot bazalari turlari.
Biologik ma‘lumotlar bazasi - bu tizimda saqlanadigan ma‘lumotlarning tarkibiy qismlarini yangilash, so‘rash va yuklab olish uchun mo‘ljallangan, kompyuterlashtirilgan dasturiy ta‘minot bilan bog‘langan jarayon hisoblanadi. Oddiy ma‘lumotlar bazasi har xil ma‘lumot to‘plamini o‘z ichiga olgan bitta fayl bo‘lishi mumkin. Ma‘lumotlar bazasini rivojlantirishning asosiy maqsadi ma‘lumotlarni oson qidirib topishga imkon beradigan tuzimli to‘plamida ma‘lumotlarni tashkil qilishdir. Misol uchun bir nechta mashhur ma‘lumotlar bazalari: NCBI - Genotika Milliy Biotexnologiya Markazi, Shveytsariya Bioinformatika Institutidan-SwissProt va Protein Axborot Resursidan-PIR ma‘lumotlar bazalarini keltirish mumkin (28-rasm).Biologik ma ’lumotlar bazalarining turlari. Ularning tarkibiga qarab biologik ma‘lumotlar bazalarini taxminan ikki toifaga bo‘lish mumkin:
1. Birlamchi ma‘lumotlar bazalari: Birlamchi ma‘lumotlar bazalari arxivlashgan ma‘lumotlar bazasi deb ham ataladi. Ular nukleotidlar ketmaketligi, oqsillar ketma-ketligi yoki makromolekulyar tuzilish kabi eksperimentalravishda olingan ma‘lumotlar kabilar bilan to‘ldirilgan. Eksperimental tadqiqot natijalari tadqiqotchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘lumotlar bazasiga topshiriladi va bu ma‘lumotlar arxivlanib boradi.
2. Ikkilamchi ma‘lumotlar bazalari: Ikkilamchi ma‘lumotlar bazalari dastlabki ma‘lumotlarni tahlil qilish natijasida olingan ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ikkilamchi ma‘lumotlar bazalari ko‘pincha ko‘plab manbalardan olingan ma‘lumotlarga, shu jumladan boshqa ma‘lumotlar bazalariga boshlang‘ich va ikkinchi darajali ma‘lumotlar bazalariga asoslanadi.Ushbu bazalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
DNK va RNK nukleotidlar ketma-ketliklari ma`lumot bazalari (GenBank).
GenBank AQShda joylashgan bo‘lib, NCBI portali orqali malaka oshiruvchilar foydalanishi mumkin. U AQShning Vifezda, Merilend shtatidagi Sog‘liqni Saqlash Milliy Institutida joylashgan. NCBIning asosiy maqsadi sog‘lom va kasal organizmda o‘tadigan molekulyar va genetik jarayonlarni keng tushunish uchun yangi informatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishdan iborat. Maxsus maqsadlariga: biologik ma‘lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish, ma‘lumotlarni mashinali qayta ishlash yuqori texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga bazalar ma‘lumotiga va dasturiy ta‘minotga kirishini osonlashtirish, butun jahon bo‘yicha biotexnologik ma‘lumotlarni yig‘ish ishlarini olib borishdan iborat. Shuning uchun NCBI Genbank tarmog‘iga xizmat ko‘rsatadi. GenBank - bu nuklein kislotalar genetik ketma-ketligining ma‘lumotlar bazasi, asosan NCBI tomonidan boshqariladi, barcha ommaga ma‘lum bo‘lgan DNK ketma- ketliklarining sharhlangan to‘plamidirNCBI-―Biotexnologik Ma‘lumotlar Milliy Markazi‖ National Center Biotechnology Information, 1988 yilda AQSH da tashkil etilgan, Milliy tibbiyot kutubxonasining filiali sifatida- National Library of Medicine asosida yuzaga kelgan

Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin