Bilishning taraqiyotining mantiqiy shakllari reja: Bilishning mazmuni va mohiyati


 Ong-tafakkur va borliqning birligi



Yüklə 61,06 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü61,06 Kb.
#185379
1   2   3   4   5
Bilishning taraqiyotining mantiqiy shakllari reja Bilishning ma-www.fayllar.org

3. Ong-tafakkur va borliqning birligi.
Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni
tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi.
Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar
ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks
etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat
narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan
ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi.
Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li
bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan,
«Terak – o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning
o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki
haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch
kelamiz.



Sub’ektning o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi


mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar
farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan», «Ayrim odamlar yovuz niyatli
bo‘ladi», «Suyak – faol to‘qimalardan biri». Mulohazalar tasdiqlovchi va inkor
etuvchi bo‘ladi: «Tana kuchni o‘simlik sharbatlaridan oladi», «Sayyoralar
yulduzlar emas».
Inson u yoki bu mulohazaga biron-bir dalilni bevosita kuzatish orqali yoki
bilvosita yo‘l bilan – xulosa chiqarish yordamida kelishi mumkin.
Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda
tushunchalar va mulohazalar alohida o‘rin to‘tmaydi. Ular aqlning yanada
murakkabroq harakatlari zanjiri – mushohadaning bo‘g‘inlari hisoblanadi.
Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni
taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti
bilan hozirgi zamon chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali
ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va
muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin.
Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy
darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va
mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish
jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat
kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun
imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash
mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak.
Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning
mavjudligini bashorat qilgan edi.
Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish
qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish
mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq
odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Mantiq sifatida tushuniladigan dialektika intuitsiyaning shakllanishi va uning
natijalariga tanqidiy yondashilishiga imkoniyat yaratadi. Garchi intuitsiya deduktiv
nazariyaning muhim bo‘g‘inlarini ko‘rsatib bersa-da, u bizni ularni isbotlash
zaruriyatidan xalos etmaydi. Bevosita, kutilmagan va anglab etilmagan bilim
sifatida intuitsiya quruq joyda emas, balki vazifalarni echish, echimni «intuitiv»
topishni belgilaydigan muayyan asoslar mavjud bo‘lgan holda yuzaga keladi.
Biroq intuitsiya natijalarini bilimning tegishli shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan
sohalarida tekshirish lozim. Masalan, matematika va fizikada olingan natijalarni
faqat tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish mumkin.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita –
odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson
borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash
mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero
uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli



ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya,


kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi.
Ayni vaqtda mazkur muammo o‘ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini
ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o‘ynaydi. Ularning natijalari esa, o‘z
navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo‘ladi.
Ongning tabiati masalasining qo‘yilishi va unga berilgan tegishli javob, odatda,
barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va boshqa
mavzulardagi mulohazalarning yo‘nalishini belgilaydi.
Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‘z strukturasiga ega. Uni
o‘rganishdan oldin quyidagi holatga e’tiborni qaratish lozim. Ba’zan «ong»
tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu noto‘g‘ri.
Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma. U aks ettirishning ikki sohasi –
ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z
yuritar ekanlar, ba’zan ularni okeandagi muztoqqa o‘xshatadilar. Bu muztog‘ning
suv ustidagi ko‘zga ko‘rinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi
ko‘rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o‘xshatiladiki, uning miqyosi, shakli,
tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko‘ra faqat taxmin qilishimiz
mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va
harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo,
instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil
bo‘ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini, umuman uning
mavjudligini ta’minlashga qaratilgan tug‘ma harakatlari majmui kiritiladi.
Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Uning
mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr
boshida aniqlagan.
Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt o‘tishi bilan
ongsizlik sohasiga kirishi mumkin bo‘lgan intuitsiya va avtomatizmlarni ham
kiritadilar. Intuitsiya – bu olish yo‘llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy
kuzatish yoki mushohada yuritish yo‘li bilan olinadigan bilim. Avtomatizmlar – bu
avval ong nazorati ostida paydo bo‘lib, uzoq mashq qilish va ko‘p karra takrorlash
natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab
harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari
ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Ong qanday strukturaga ega? Ong strukturasi ko‘p jihatdan shartlidir. Gap
shundaki, ong elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ammo, shunga
qaramay, ongda quyidagi elementlarni ajratish mumkin:
Birinchi element – bilim. Bu ongning bosh tarkibiy elementi, uning o‘zagi,
mavjudlik vositasi. Bilim – bu insonning voqelik haqidagi tushunchasi. Inson
ongida bilim anglab etilgan hissiy va abstrakt mantiqiy obrazlar sifatida aks etadi.
Ikkinchi elementi – emotsiyalar. Inson o‘zini qurshagan dunyoni sovuqqonlik
va befarqlik bilan emas, balki qoniqish, nafrat yoki hamdardlik hissi bilan anglab
etadi. U o‘z ongida aks etgan hamma narsani his qiladi. Emotsiyalar borliqning
real hodisalarini individ anglab etishini yo rag‘batlantiradi, yo bunga to‘sqinlik
qiladi. Ko‘zni quvontiradigan narsalar xotiraga osonroq o‘rnashadi. Ammo ba’zan



dunyoning «ko‘zni quvontiradigan» manzarasi o‘ziga mahliyo qilishi, illyuziyalar


tug‘ilishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Ayrim, ayniqsa salbiy emotsiyalar
aqlning teranlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qo‘rquv hissi inson
yuz berayotgan hodisalarni anglab etishi yo‘lida to‘siqqa aylanishi mumkin.
Uchinchi elementi – iroda hisoblanadi. Iroda inson o‘z faoliyatini ongli
ravishda, izchillik bilan boshqarishini o‘zida ifodalaydi. Bu insonning o‘z
faoliyatida yuzaga keladigan, sub’ektiv va ob’ektiv qiyinchiliklar va to‘siqlardan
ongli ravishda oshib o‘tishni talab etadigan vazifalarni hal qilishga o‘z ruhiy va
jismoniy kuchlarini safarbar etish va yo‘naltirish qobiliyatidir. Inson mehnat
qurollarini yaratishi – bu irodani shakllantirishning birinchi va eng muhim
maktabidir. Bunday ong osti harakati insonga hayvonlardan o‘tgan.
To‘rtinchi elementi – tafakkur. Tafakkur – individ bilish faoliyatining
voqelikni umumiy va bilvosita aks ettirish bilan tavsiflanuvchi jarayoni. Mazkur
jarayon narsalarning muhim, tabiiy munosabatlarini ma’lum, his qilingan,
eshitilgan narsalar asosida aks ettirishni o‘zida ifodalovchi abstrakt tushunchalar,
mulohazalarning yaratilishi bilan yakunlanadi. Fikrlash faoliyati yordamida biz
ko‘z bilan ko‘rish va qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lmagan narsalarni idrok
etamiz. Tafakkur bizga muhim xossalar, aloqalar va munosabatlar haqida bilim
olish imkoniyatini beradi. Tafakkur yordamida biz sirtdan ichga, hodisadan
narsalar, jarayonlarning mohiyatiga o‘tishni amalga oshiramiz.
Ong strukturasiga e’tibor va xotira ham kiradi. E’tibor – bu inson ruhiy
faoliyatining muayyan ob’ektlarga qarab mo‘ljal olishda namoyon bo‘luvchi
shakli. Xotira – bu individ miyasida uning o‘tmishdagi tajribasini mustahkamlash,
saqlash va gavdalantirishdan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon. Xotiraning asosiy
elementlari eslab qolish, saqlash, gavdalantirish va unutish hisoblanadi. Eslab
qolishning fiziologik asosini bosh miya po‘stlog‘ida vaqtinchalik nerv
aloqalarining hosil bo‘lishi va qayd etilishi tashkil qiladi. Nerv aloqalarining
keyinchalik jonlanishi eslab qolingan materialni gavdalantirish imkoniyatini
beradi, bu aloqalarning susayishi esa xotiradagi materialning unutilishiga olib
keladi.
Insonning sub’ektiv borlig‘ida muhim kichik struktura – o‘zlikni anglash ham
bor. Bu insonning o‘zini shaxs sifatida anglab etish, o‘zining mustaqil qarorlar
qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish,
qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar bo‘lish qobiliyatini tushunish
jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, o‘zlikni anglash – bu o‘z-o‘ziga, o‘zining
ma’naviy qiyofasiga, o‘z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor
mo‘ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‘zlikni anglash
yordamida inson o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ro‘yobga chiqaradi, o‘z-o‘ziga
his qilishga qodir bo‘lgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga
oshiradi. Bu holda sub’ekt o‘z-o‘zini va o‘zining ongini bilish ob’ektiga
aylantiradi. SHu tariqa inson o‘z-o‘ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‘z o‘rnini
belgilash va topishga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi.
Faylasuflarning o‘zlikni anglashga sub’ektiv dunyoning alohida sohasi
sifatida yondashishlari Suqrotdan, uning «O‘z-o‘zingni angla» deb nomlangan
maksimasidan boshlangan. Falsafa dunyo va inson haqidagi alohida bilim sifatida



shakllanishi jarayonida jonning faolligi, aqlning o‘z-o‘ziga nisbatan tanqidiy


munosabati haqida qarashlar vujudga kelgan. Platon fikriga ko‘ra, jon faoliyati –
bu o‘zi bilan o‘zi suhbat xususiyatiga ega bo‘lgan ichki ishdir. Jon mulohaza
yuritar ekan, o‘zi bilan o‘zi tinimsiz gaplashadi, savollar beradi, javoblar qaytaradi,
tasdiqlaydi va e’tiroz bildiradi.
Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va ongga inson
hayoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan bir qancha funksiyalarni ta’minlaydi.
Ongning birinchi funksiyasi bilish yoki aks ettirish, ya’ni insonni qurshagan
voqelik haqida va uning o‘zi haqida bilimlar olishdir. Bilish faoliyati sifatida
anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va abstrakt fikrlash sari
yuksaladi. Hissiy (empirik) bilish bosqichida rang-barang ashyoviy material
to‘planadi va keyinchalik u abstrakt fikrlash yo‘li bilan umumlashtiriladi. SHu
tariqa ong eng muhim hodisalarning mohiyatini anglaydi va ular bo‘ysunuvchi
ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi. Bilish funksiyasi birinchi darajali ahamiyat kasb
etadi, undan qolgan barcha funksiyalar kelib chiqadi. Mazkur funksiya faol,
evristik xususiyat kasb etadi, ya’ni ong voqelikni ildamroq aks ettirish xususiyati
bilan tavsiflanadi.
Ongning bilish funksiyasi jamg‘arish funksiyasini belgilaydi. Bu
funksiyaning mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita, shaxsiy tajribadan olingan
bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki o‘tmishdoshlardan olingan bilimlar
ham inson xotirasida jamlanadi. Bu bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi,
tiklanadi va ongning boshqa funksiyalarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Inson xotirasi qancha boy bo‘lsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson
bo‘ladi.
Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)da inson tashqi dunyo
haqida ma’lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni o‘z ehtiyojlari va manfaatlari
nuqtai nazaridan baholaydi. Dunyoga qadriyat sifatida qarashning natijasi va
maqsadi borliqni, dunyoning inson mayllari va ehtiyojlariga muvofiqlik darajasini,
o‘z hayotining mazmunini anglab etish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati
asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga rioya etish, ular bilan ish
ko‘rishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni anglab etish
esa shaxsiy kuch-g‘ayrat, o‘y-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab
qiladi.
Ongning baholash funksiyasi bevosita maqsadni shakllantirish funksiyasiga
o‘tadi. Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof
insoniy qobiliyat. Maqsad – bu insonning o‘z predmetini topgan ideallashtirilgan
ehtiyoji; bu faoliyat predmetining shunday bir sub’ektiv obraziki, uning ideal
shaklida inson faoliyatining mo‘ljallangan natijasi namoyon bo‘ladi. Maqsadlar
insoniyatning jami tajribasi negizida shakllantiriladi va ijtimoiy, axloqiy, estetik va
boshqa xil ideallar ko‘rinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi.
Ongning ijod funksiyasida insonning oliy imkoniyatlari namoyon bo‘ladi.
Maqsadga intiluvchanlik, ya’ni inson o‘z harakatlarini «nima uchun» va «nimaga
erishish yo‘lida» amalga oshirishini anglab etish har qanday ongli qilmishning
zaruriy shartidir. Maqsadni ro‘yobga chiqarish muayyan vositalarni, ya’ni
maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni



ishga solishni nazarda tutadi. Inson tabiatda mavjud buo‘lmagan narsalarni bunyod


etadi. U butunlay yangi narsalarni va umuman yangi dunyoni yaratadi. Odamlar
o‘zgartirgan, yaratgan narsalarning ko‘lami, shakllari va xossalari ularning
ehtiyojlari, maqsadlari bilan belgilanadi; bu narsalarda inson niyati, uning g‘oyalari
ro‘yobga chiqariladi.
Ongning kommunikativ funksiya (aloqa funksiyasi)da odamlar umumiy
mehnatda ishtirok etadilar va bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarga kirishishga doimi
muhtoj bo‘ladilar. Fikrlarning bu aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va texnika
vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot) amalga oshiriladi.
Shaxs ongining mantiqiy siklini tartibga solish (boshqaruv) funksiyasi
yakunlaydi. Ong omillarga baho berish asosida va qo‘yilgan maqsadga muvofiq
inson harakatlarini, keyinchalik esa – jamoalarning harakatlarini ham boshqaradi,
tartibga soladi.

Yüklə 61,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin