Bilishning taraqiyotining mantiqiy shakllari reja: Bilishning mazmuni va mohiyati


 Bilishning asosiy turlari va shakllari



Yüklə 61,06 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü61,06 Kb.
#185379
1   2   3   4   5
Bilishning taraqiyotining mantiqiy shakllari reja Bilishning ma-www.fayllar.org

2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim –
hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etish
natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni
ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari
orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki
sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid,
ta’mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va
uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va
yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi
ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni
o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida
gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon
jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda
insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb
etadi.
Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq,
muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta’m bilish kabi umumiy organik turlari
farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya
harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar,
kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi.


Sezgi – ob’ektiv dunyoning sub’ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni


birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo‘nalgan. Bu nuqtai
nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob’ektiv mavjud
xususiyatlari in’ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof
sub’ektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga narsalarning har xil xossalari mos
kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko‘rish doirasidagi to‘lqinlar barcha
uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo‘shimcha ranglar har
qanday juftligi (qizil va ko‘k-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi.
Bundan oq rang to‘lqin yoki narsa yuzasining ob’ektiv xossasi sifatida qaralishi
mumkin emas, degan yanglish xulosa chiqariladi. Qora rang to‘lqin xossasi emas:
uning sharti – ko‘rish doirasida nurlanishning yo‘qligi. To‘lqin yo‘q narsa haqida
axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib chiqadi: rang, hid – bu
narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max); «rang» so‘zi
bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostvald). Dunyo esa
ovozsiz, bo‘yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas.
Bularning hammasi – faqat bizning sezgilarimiz.
Bu erda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning
psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks
ettiradi. Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism
tuzilishi, uning harorati va boshqa xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, har bir
metall olovni o‘z rangiga bo‘yaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida
o‘z rangini kasb etadi. Qor ko‘zimizga oq bo‘lib ko‘ringani uchun oq emas, balki u
amalda oq bo‘lgani uchun ham biz uni shunday ko‘ramiz. Mexanitsistlar va
sub’ektivistlarning
narsa
unga qarayotganimizdagina rangga
va
uni
hidlayotganimizdagina hidga ega bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘z
o‘zining rang sezadigan apparati bilan o‘zi idrok etuvchi rang mavjud bo‘lgani
tufayli yuzaga kelgan va mavjud.
Idrok. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning
xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi.
Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va
anglab etishni o‘z ichiga oladi. Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini
mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga
amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida
amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga
qodir emas.
Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da,
hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi
a’zolariga ma’lum zamon mobaynida ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngra bu ta’sir barham
topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz yo‘qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va
saqlanib qoladi. Binobarin, biron-bir narsa haqida u yo‘qolganidan keyin ham fikr
yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur qoladi. Yumiq ko‘zlar bilan
ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo‘l naqadar og‘ir ekanligini ko‘ramiz:
u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor



kuchini ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida


xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, yo‘q: xotirasiz jon – baliqsiz to‘r degan
gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas.
Sezish va idrok etish jarayonlari o‘zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu
izlarning mohiyati insonga ayni lahzada ta’sir ko‘rsatmayotgan narsalarning
obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat.
Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini
ta’minlaydi. “Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning
xotirasi yordamga keladi... Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini
oshiradi”. Agar obrazlar miyada unga predmet ta’sir ko‘rsatgan paytda paydo
bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson narsalarni har
safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni
tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun
aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi.
Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada
tasavvurlar uyg‘onadi.
Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va
keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning
obrazlaridir.
Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi.
Xotira olingan axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor
o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil sub’ektiv hodisa sifatida
mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir.
Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in.
Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud
obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu
tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi Xayol tafakkur oqimida
etishmayotgan ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi.. Obrazlarni qayta gavdalantirish
xayol kuchi bilan erkin va bevosita kuzatish yordamisiz amalga oshiriladi.
Tasavvurlar paydo bo‘lishining bu shakli bunday erkin faoliyat ko‘rsatish
qobiliyatiga ega bo‘lmagan, biroq amalda kuzatishga muhtoj bo‘lgan va obrazlar
beixtiyor paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi.
Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari. Inson hamisha nimalar haqidadir
o‘ylaydi. O‘ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech
narsa haqida o‘ylamaslikni o‘ylash holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi
a’zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi.
Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil,
bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada
yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo‘yish va ularni
echishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim
belgisi. Sezgidan fikrga o‘tish zamirida bilish ob’ektining ichki va tashqi
mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo‘linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy
bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi idroki naqadar go‘zal
bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi.



Narsalardagi umumiylik – avvalo, muhim xossalar va munosabatlar


majmuidir. Ma’lumki, ular ayrim predmet kabi aniq ko‘rinib turmaydi, ularni
bevosita idrok etish mumkin emas. Narsa, hodisalarning tashqi tomoni asosan
amalda kuzatish, empirik bilish yo‘li bilan, narsalarning mohiyati, umumiy jihatlari
esa – tushunchalar, mantiqiy fikrlash yordamida aniqlanadi. Fikrlashda,
tushunchalarda narsalar bilan bevosita aloqa mavjud bo‘lmaydi. Biz idrok etishga
qodir bo‘lmagan narsalarni ham tushunishimiz mumkin.
Mantiqiy tafakkur – tafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq
bir haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir. Tafakkur qoidalari,
qonunlari fan sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va
qonunlar tafakkurga ichdan xosdir. Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob’ektiv
munosabatlarini amaliyot asosida umumlashtirishdir. Demak, inson tafakkurining
barkamollik darajasi uning mazmuni ob’ektiv borliq mazmuniga qay darajada
muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar mantig‘i va
ma’naviy madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantig‘iga bo‘ysunadi. Tafakkur
jarayoni amalda nafaqat ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixida
shakllanadi. Asosiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan holda fikrning mantiqiyligi uning
tafakkurda, tushunchalar harakatida aks etishida namoyon bo‘ladi. Inson teran fikr
yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning biron-bir tamoyilini buzmaydi.
Hozirgi zamon
fani
va texnikasi
qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan
muammolarning murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy
apparatini, ayniqsa kibernetika texnikasining rivojlangan talablari bilan muvofiq
holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim ehtiyoj mantiqda yangi yo‘nalishlar –
ko‘p ma’noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy fanlarning paydo bo‘lishini
belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va matematik
mantiq yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Yüklə 61,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin