Bezgak chivinlari



Yüklə 20,34 Kb.
səhifə2/3
tarix10.06.2023
ölçüsü20,34 Kb.
#128171
1   2   3
Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar (Bezgak)

Plasmodium falciparum:  Bu Afrika va dunyoda bezgak tufayli o’limga olib keladigan parazitdir. U tanaga kirgandan so’ng tezda ko’payadi. Bu ortiqcha qon yo’qotish va qon tomirlarining tiqilib qolishiga olib keladi.

  • Plasmodium vivax:  Ko’pincha Afrikadan tashqarida joylashgan hududlarda uchraydigan bezgak paraziti turi. Tanaga kirgandan so’ng, u uzoq vaqt davomida hech qanday alomat ko’rsatmasdan inkubatsion davrini o’tashi mumkin. U oylar yoki yillar o’tib bezgak kasalligini keltrib chiqaradi.

    Bezgakning belgilari qanday?
    Bezgak odamdan odamga to’g’ridan-to’g’ri yuqmasa ham, chivinlar orqali odamdan odamga yuqishi mumkin. Kasallikning tarqalishiga chivinlar orqali kasal odamlarning qonidan sog’lom odamlarga o’tadigan bezgak parazitlari sabab bo’ladi. Sog’lom odamning qoni bilan aralashgan parazitlar ko’paygandan keyin jigarga o’tadi. Ular kislorod tashuvchi qizil qon tanachalariga kirib, u yerda tuxum qo’yadi. Tuxum qon hujayralari orqali butun tanaga tarqaladi va infektsiyani keltirib chiqarishi mumkin.
    Bezgak parazitlar yuqtirgandan keyin, ya’ni chivin chaqishidan keyin bir necha hafta o’tgach paydo bo’lishi mumkin. Kuchli immunitetga ega bo’lgan ba’zi odamlarda alomatlar bo’lmasligi mumkin, ammo ular tashuvchi sifatida kasallikni yuqtirishlari mumkin. Ba’zi alomatlar yengil bo’lishi mumkin, ammo hayot uchun xavfli bo’lgan jiddiy alomatlar ham kuzatilishi mumkin. Bezgak belgilari quyidagilardan iborat:

    • Yuqori isitma,

    • muvazanatsizlik,

    • terlash,

    • bosh og’rig’i,

    • diareya,

    • tomoq og’rig’i, yo’tal,

    • charchoq va zaiflik

    • mushaklardagi og’riqlar

    • sariqlik (sariq ko’zlar, sariq teri)

    • buyrak yetishmovchiligi,

    • xotirani yo’qotish,

    • qonli axlat,

    • koma,

    • miya shikastlanishi,

    • anemiya,

    • o’pka shishi

    • jigar etishmovchiligi,

    Bezgak qanday tashxis qilinadi?
    Bezgak belgilari bir necha hafta, oy yoki yil ichida paydo bo’lishi mumkin. Tanaga kirgan parazitlar qachon kasallik keltirib chiqarishini aniq aytish biroz qiyin. Shuning uchun, siz bezgak tashuvchisi ekanligingizni tushunmasligingiz mumkin. Kasallikni tashxislash ba’zan qiyin bo’lishi mumkin, chunki alomatar grippga o’xshaydi. Kasallikka qarshi immunitet rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, bezgak tez-tez uchraydigan hududlarda yashovchi odamlar butun hayoti davomida parazitga duchor bo’lganlari uchun tabiiy immunitetga ega bo’lishlari mumkin.
    Kasallik alomatlarini ko’rsatadigan yoki kasallik bilan kasallangan deb o’ylaydigan odamlar darhol shifokorga murojaat qilishlari kerak. Bezgakni tashxislash uchun quyidagi testlar qo’llaniladi:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin