Bezgak chivinlari



Yüklə 20,34 Kb.
səhifə1/3
tarix10.06.2023
ölçüsü20,34 Kb.
#128171
  1   2   3
Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar (Bezgak)


Bezgak (ital. malaria, mala aria — badboʻy havo) — bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. Bezgakning plaz-modiysi toʻrt xil, shunga koʻra Bezgakning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi Bezgak chivini va odam organizmida koʻpayib, rivojlanadi. Kasallik manbai bemor va B. chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi Bezgak bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi. Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi. Qon oqimi bilan ular jigarga tushadi, bu yerda rivojlanishning birinchi (toʻqima) sikli roʻy beradi, soʻngra yana qonga tushadi va erit-rotsitlar ichiga kirib oladi, bu yerda ikkinchi (eritrotsitar) rivojlanish sikli oʻtib, eritrotsitlarning parchalanishi va qonga koʻp miqsorda qoʻzgʻatuvchilar chiqishi bilan tugallanadi, bu odamni isitma tutishi bilan oʻtadi.Bezgak oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, Anofeles (bezgak chivinlari) chivini orqali yuqishi, qaltirash, tana harorati koʻtarilishi, taloq va jigar kattalashishi hamda kamqonlik bilan xarakterlanadi. Bezgak ilmiy tilda malaria deb ataladi va bu malariae soʻzidan olingan boʻlib, mal — badboʻy, ariae — hid yoki havo degan maʼnoni anglatadi. Uni juda kichik parazit-plazmodiylar qoʻzgʻatadi. Ularni faqat mikroskop ostida koʻrish mumkin.
Virus inson qonida yashab, koʻpayadi va qizil qon tanachalarida joylashib, ularni parchalaydi hamda qon ishlab chiqarish, asab, yurak qon-tomir va organizmning boshqa tizimlarini ishdan chiqaradi. Baʼzan kasallik shunchalik ogʻir kechadiki, agar davolash oʻz vaqtida boshlanmasa, bemor bir necha kundan soʻng asosan tropik bezgakda vafot etadi. Harorat koʻtarilganda yoki bezgakning boshqa belgilari namoyon boʻlganda, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashhis qoʻyishda qon tahlili shart. Agar siz oxirgi 3 yil davomida Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hamda Tojikis¬ton va respublikamizning janubiy viloyatlariga chiqqan boʻlsangiz, u yerda bezgak bilan zararlanish xavfi yuqoriligini hisobga olgan holda, har qanday darmonsizlik kuzatilsa, albatta barmoqdan qon topshirishingiz lozim.[1]
Qoʻzgʻatuvchi odam organizmida 10—14 kungacha (baʼzan, bir yilgacha va bundan koʻproq) boʻlib, kasallik belgilarini qoʻzgʻatmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davr). Kasallik toʻsatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qalti-raydi (u baʼzan shu qadar qatgiq qalti-raydiki, hetto ustiga issiq koʻrpa yopilganda ham sovuq qotadi), keyin kdlti-rash bosilib, harorat koʻtariladi (41 — 41,5°), bemor boʻriqib, qizarib ketadi, nafas olishga qiynalib, halloslaydi, boshi qattiq ogʻriydi.
Isitma bir necha soat tutadi. Soʻngra harorati tez pasa-yib, baʼzan bir maromga tushadi; shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga oʻzini sogʻlom gʻis qiladi. Keyin yana isitma tutadi; uch kunlik Bezgakda — ikki kunda bir marta, toʻrt kunlik Bezgakda — har uch kunda bir marta, tropik Bezgakda — koʻpincha kun sayin isitma tutib turadi. Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, Bezgak plazmodiylarini topish mumkin. Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni parchalashi sa-babli bemor kamqon boʻlib qoladi, ta-logʻi va jigari kattalashadi, oq qon ta-nachalari (leykotsitlar) ancha kamayadi. Bezgak davolanmay qolib, kasallik uzoq davom etganda tinkani quritib, mehnat qobiliyatini susaytiradi, bolalar oʻsish va ri-yujlanishdan orqada qoladi. Bemor oʻz vaqtida davolanmasa yoki chaladavolansa, Bezgakka boshqa kasalliklar qoʻshiladi. Bezgakning ogʻir shakli bilan ogʻriganlarda, shuningdek bo-lalarda koma holati, baʼzan oʻlim yuz berishi mumkin. Bemor barvaqt toʻgʻri davolangavda sogʻligʻiga pugur yetmaydi, undan atrofdagi kishilarga Bezgak chivinlari orqali kasallik yuqish ehtimoli yoʻqoladi.
Isitmaning xurujiga, taloqning katta-lashganiga, chap biqin sohasida ogʻriq turishi va badan zaʼfaron tus olishiga qarab, bemorda Bezgak bor deb taxmin qilish mumkin. Ammo Bezgakni aniq bilish uchun bemordan qon olib, mikroskopda tekshirish shart. Bemorni vrach davolaydi. Unga tinch sharoit va yaxshi parvarish zarur. Ka-sallikning oldini olishda asosiy eʼti-bor bemorlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan boʻlishi kerak.B. chivini koʻp uchraydigan joylarda himoya kiyim-boshi va chivinni keltirmaydigan dori vositalaridan foydalanish lozim. Shonosir Shovahobov.
Bezgak – bu issiq iqlimi bo’lgan hududlarda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan parazitlar keltirib chiqaradigan kasallik. U odamdan odamga o’tishi mumkun. Chivinlar bezgak parazitini tarqatuvchisi hisoblanadi. Bu sog’liq uchun dolzarb muammo bo’lsada, bu vaktsina bilan oldini olish va dori vositalari bilan davolash mumkin bo’lgan kasallikdir.
Bezgak – chivinlar tomonidan tarqaladigan parazit tufayli yuzaga keladigan jiddiy kasallik. Agar davolanmasa, hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin. Afrika mamlakatlarida ko’proq tarqalgan bo’lsada, bezgakni boshqa mamlakatlarda ham uchratish mumkin. Bu bolalarda ham, kattalarda ham paydo bo’lishi mumkin. Bezgak bilan kasallangan mamlakatlarga tashrif buyurgan odamlar kasallikni yuqtirishlari mumkin, bu esa uning boshqa joylarda paydo bo’lishiga olib keladi.
Bezgakni keltirib chiqaradigan chivinlar va parazitlar issiq iqlim sharoitida ko’payadi. Ushbu kasallik eng keng tarqalgan hududlarga Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Amerika kiradi. Mamlakat tashqarisiga sayohat qilishni o’ylayotgan odamlar, o’zlari boradigan hududlarni oldindan o’rganish orqali o’zlarini kasallikdan himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko’rishlari mumkin.
Bezgakga nima sabab bo’ladi?
Odamlarda bezgak plazmodium deb ataladigan parazit turidan kelib chiqadi. Kasallikning tarqalishiga urg’ochi chivinlari sabab bo’lishi mumkin. Bezgak bilan kasallangan odamni chaqgan chivin parazit qonini ichadi va sog’lom odamni chaqganida tarkibida parazit bo’lgan qonni unga o’tkazadi. Sog’lom odamning tanasida parazitlar ko’paya boshlaydi. 
Bezgak parazitlari qon orqali yuqadi. Homilador ayollardagi parazit bevosita homilaga o’tishi mumkin. Bezgak paraziti bilan kasallangan odam ishlatgan ignadan va stirillanmagan tibbiy asboblardan foydalanish ham yuqishiga sabab bo’ladi. Kasallik qon quyish va kasal odamdan organ transplantatsiyasi orqali ham yuqishi mumkin.
Bezgak kasalligining turlari qanday?
Bezgakni keltirib chiqaradigan parazitlarning ko’p turlari mavjud. Ulardan ba’zilarida kasallik yengilroq holatda o’tadi, boshqalari esa og’ir ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ushbu turdagi parazitlar:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin