60
b) yo’q.
Javob: b),
biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligihamma vaqt
nisbiy bo’lib, biznesning tavsiflariga
va taqqoslash mezonlariga, masalan,
boshqa tashkiliy muqobil variantlar doirasida transaktsiya xarajatlarining
miqdoriga bog’liq.
3–misol. Ro’yxatdan davlatning subinstitutlarini tanlang (ya’ni
davlat bajaradigan funktsiyalarni bajarishga qodir bo’lgan tashkiliy
tuzilmalar):
a) tadbirkor;
b) aktsiyadorlik jamiyati;
v) klan (oilaviy-qarindoshchilik aloqalariga asoslangan tuzilma);
g) universitet.
Javob: g),
ishonchni xususiy qozonishga yo’naltirilgan tashkilotlar
davlatning
substitutlari
hisoblanadi.
Ushbu
tuzilmalar
doirasida
munosabatlarni gavdalantirish axborot almashishning
narxdan boshqa
kanallaridan, masalan, shaxsiy nufuzdan foydalanish imkonini beradi.
SHuningdek, shaxsiy nufuz shartnomalar bajarilishining kafolati rolini ham
o’ynashi mumkin.
KEYSLAR
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi
.
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishiga
ishbilarmonlik madaniyati
katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Yaponiya,
Singapur, Janubiy Koreya va Tay-
vanning oilalar, davlat tuzilmalari, mintaqaviy hamjamiyatlar bilan uzviy bog’lanib
ketgan tarmoq bizneslari G’arb kompaniyalariga ichki va xalqaro bozorlarda jiddiy
raqobat ko’rsatishga qodir.
Sharq bilan raqiblik ham, hamkorlik ham G’arb
kompaniyalarini huddi yapon keyretsulariga o’xshash «keyretsu»ni tashkil qilgan
holda Sharq keyretsulari tuzilmasiga taqlid qilishga majbur etdi. Norasmiy
kelishuvga tayangan holda bunday tarmoqlar sa’y-harakatlarni
samarali
muvofiqlashtiradi va bozorning katta qismini nazorat qiladi. Munosabatlarni saqlab
turishga yo’naltirilgan Sharq ishbilarmonlik madaniyati yangi sharoitlarda
61
ko’pincha vazifaga yo’naltirilgan AQSH ishbilarmonlik
madaniyatiga qaraganda
raqobatbardosh
hisoblanadi.
O’zbekiston
ishbilarmonlik
madaniyatini
munosabatlarni saqlab turishga yo’naltirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining
o’ziga xos xususiyati O’zbekistonda bunday norasmiy aloqalarni rivojlanishning
muhim shartiga aylantiradi.
Savollar:
Vertikal va gorizontal keyretsularni quyidagi parametrlar bo’yicha
taqqoslang:
-axborot oqimlari;
-tovarlar va xizmatlar oqimlari;
-nufuzni shakllantirish
.
Madaniy
o’ziga
xos
xususiyatlar
ishbilarmonlik
tarmoqlarining
shakllanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi
?
Dostları ilə paylaş: