159
91.
Umumiy yo’nalishdagi aktivlaro’ziga xos aktivlardan nimasi bilan farq qiladi?
Nima uchun o’ziga xos aktivlar ishtirok etadigan transaktsiyalar boshqarning
alohida shakllarini talab qiladi?
92.
Uni amalga oshirishu chun klassik shartnomaning tuzilishi optimal
hisoblanadigan bitimning tavsiflari qanaqa? O’z javobingizni asoslang va uni
tasdiqlovchi misol keltiring.
93.
Uning doirasida diskretlik va prezentativlik mezonlariga amal qilinadigan bitimga
misol keltiring. Misolning tanlanishini asoslang. Nima uchun bunday bitimni
amalga oshirish uchun klassik shartnoma tuziladi?
94.
Faoliyatning qaysi sohalarida korxonalarning obro’si ularning asosiy aktivi
hisoblanadi? Ushbu korxonalar faoliyat ko’rsatadigan tovarlar yoki xizmatlar
bozorlarining asosiy tavsiflari qanaqa?
95.
Xususiylashtirish natijalarini qayta ko’rib chiqish qanaqa ijobiy va salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin?
96.
Shartnomani tuzishdan oldingi va shartnoma tuzilganidan keyingi transaktsiya
xarajatlari o’zaro qanday bog’langan? O’z javobingizni asoslang. Ushbu
bog’liqlikni tasdiqlovchi misollar keltiring.
97.
Shartnomaning sub’ektiv va ob’ektiv o’lchamlari o’rtasidagi nisbatni izohlovchi
misolni keltiring. Shartnomaning sub’ektiv va ob’ektiv o’lchamlari hech qachon
mos kelmaydi deb ta’kidlash mumkinki?
98.
Shartnomaning asosiy qismlarini sanang va tavsiflang. Ushbu qismlarni kvartira
egasi bilan unda ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar o’rtasida
tuzilgan shartnoma misolida ta’riflang.
99.
Shartnomaning qaysi tarkibiy qismlari shartnoma muddatining uzayishi bilan
alohida ahamiyat kasb etadi? Nima uchun? Nuqtai nazaringizni tasdiqlovchi
misollarni keltiring.
100.
Elektron tijoratning tarqalishi transaktsiya xarajatlarining tarkibiga qanday ta’sir
ko’rsatadi? Xaridorlar uchun elektron tijoratning joriy etilishi Nort–
Eggertssonning tasnifiga muvofiq transaktsiya xarajatlarining qanaqa toifalariga
ta’sir ko’rsatadi? Sotuvchilar uchun elektron tijoratning joriy etilishichi?
Dostları ilə paylaş: