Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti arxitektura fakul-fayllar.org
TOMLAR VA TOM QOPLAMALARI Binoni ustki qismini tashqi muhitdan tomlar va yopma himoya qiladi.
Tomlar shakli, nishablarning qanday qiyalikda bo‘lishi binoning tarxdagi o‘lchamlariga va ko‘rinishiga, tom yopmasining materialiga, suvni tushirish usuliga, iqlim sharoitiga, texnika-iqtisodiy sharoitlariga hamda bino arxitekturasiga oid mulohazalarga bog‘liqdir.
Tom yopmalari binoning boshqa qismlaridan fakrli o‘laroq doimiy ravishda tashqi ta’sirlar ostida ishlaydi.
1. Doimiy ta’sir etuvchi vertikal kuchlar;
2. Vaqtincha (qor, yomg‘ir va x.k.) Ta’sir etuvchi vertikal kuchlar;
3. Shamol ta’siri;
4. Chordoqdagi havoning surilishi
5. Muhit namligi
6. Muhit xarorati
7. Quyosh radiyasiyasi
8. Muxitdagi kimyoviy birikmalarning ta’siri;
9. Issiqlik oqimi;
10.Bug‘ diffuziyasi.
Tom va tom yopmalari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- mustahkamlik
- tashqi muhit ta’siriga chidamlilik
- uzoq muddat xizmat qilish
- iqtisodiy talablar
Chordoqning balandligi uning ichida bemalol yurish imkoniyatidan kelib chiqqan holda o‘rtacha 1,6 m dan kam bo‘lishi mumkin emas.
«yakka buyurtmachilarga kiyim tikish atelesi» binosi tom quyidagi materiallardan tashkil topgan.
1.To‘lqinsimon asbestotsement listlar.
2. Stropil ustiga to‘shaladigan yog‘och xari (obreshyotka).
3. 1m kenglik bo‘yicha namdan ximoya qatlami – tashqi devorlarning tutashuv konturi bo‘yicha bitum mastika asosida to‘shalgan bir qatlam ruberoid.
4. Sement-qumli qorishma,qalinligi-30 mm.
5. Keramzitli shag‘al- solishtirma og‘irligi-600kg/m3, qalinligi-180 mm.
6.Bug‘ qatlami – bir qavat pergamin
7.Sement-qumli qorishma,qalinligi-20 mm.
8. Temir-beton chordoq yopmasi, qalinligi -220 mm.
Bastirma tarxi
Eshiklar va DerazalAr
Eshiklar binoda joylashishiga qarab tashqi (kirish eshiklari, balkon eshiklari) va ichki eshiklarga bo‘linadi.
Loyihalanayotgan binoda deraza va bloklar individual zamonaviy materiallardan «Decorimex», «Aventi» firmalarida tayyorlangan.
Pod’ezdga kiradigan eshik o‘zi yopiladigan bo‘lishi kerak va kodli qulif o‘rnatilishi lozim. Po‘lat bilan obshivka qilingan eshik bloklari emal bilan 2 marotaba bo‘yalishi kerak. Eshiklardagi nalichniklar 40 x 80mm. Bo‘lgan plastik bruslardan iborat. Deraza tokchalari 300x30xl (joyida kesiladi) bo‘lgan plastiklardan o‘rnatiladi. Individual eshik bloklari yong‘inga qarshi va sanitariya talablariga javob berishi kerak. DVO markali eshikbloklariga g‘adir-budur (riflenыy) oynalar (steklo) o‘rnatiladi. Tashqi va ichki eshik otkoslarini shtukaturka qilib, bo‘yash kerak.