Barkamol avlod


Xolmurodov Orzimurod Xolmurod o’g’li - 9-maktab 10-sinf



Yüklə 24,69 Kb.
səhifə2/2
tarix18.05.2023
ölçüsü24,69 Kb.
#116438
1   2
Paxtakor BABM 2021-2022 Hisoboti

1. Xolmurodov Orzimurod Xolmurod o’g’li - 9-maktab 10-sinf
2. Abdurashidov Farxod Baxtiyor o’g’li - 1-maktab 9-sinf
3. Teshaboyev Asadbek Shuhrat o’g’li - 7-maktab 8-sinf

Robotlar jangi” nomli festival –tanlovning g’oliblari tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishi tavsiya etilsin.


Robotlar jangi” festival-tanlovining tuman bosqichi g’oliblari 1. Xolmurodov Orzimurod Xolmurod o’g’li - 9-maktab 10-sinf 2. Abdurashidov Farxod Baxtiyor o’g’li - 1-maktab 9-sinf
Tadbirning viloyat bosqichiqga qatnashib 1-o’rinni Abdurashidov Farxod qo’lga kiritdi va Respublika bosqichiga qatnashib faxrli 1-o’rinni egalladi.
2022 yil davomida maktabda amalga oshirilgan ishlar ommaviy tadbirlar va ko’rik tanlovlar va maktab to’garaklar hayoti haqida yangiliklar tuman “Paxtakor hayoti” gazetasida yoritib borildi.Bundan tashqari 2022 yil 18-19 avgust kunlari Jizzax viloyat televideniyasi va radioda eshittiruv va ko’rsatuvlar namoish qilindi.
Talimga tashabbus” shiori ostida “Barakamol avlod” bolalar maktabiga xalq ta’limi bo’limi tomonidan qiymati 1500000 so’m bo’lgan stol tennis taqdim qilindi va tuman madaniuyat bo’limi tuman hokimligi va tuman musiqa maktabi bilan hamkorlikda O’zbekiston shoirlari taniqli aktyor va honandalar bilan uchrashuvlar o’tkazildi.
2022-2026 yillarda xalq ta’limi rivojlantirish bo’yicha “Milliy dastur” ning 16-bandi “Barkamol avlod” bolalar maktabida ota-onalarning talablariga ko’ra maktabda matematika fanidan xususiy sector yo’nalishida to’garak tashkil qilindi. Bu to’garak 2022 yil 1 noyabrdan faoliyat ko’rsata boshladi.To’garakga 9-maktabning Matematika fani o’qituvchisi Qarshiyev Z raxbarlik qilib kelmoqda.
2022 yil 26 avgust kuni paxtakor tuman madaniyat bo’limi va tuman “Barkamol avlod” avlod bolalar maktabi o’rtasida o’zro hamkorlik memorandum imzolandi, va hozirgi kunda hamkorlik ishlari ushbu memorandum asosida olib borilmoqda.
2022-yil 17-avgustda Jizzax viloyati Paxtakor tuman “Barkamol Avlod” bolalar maktabida “Hunarmandchilik va qo’l mehnati” yo’nalishi bo’yicha tikuvchilik va qandolatchilik to’garak rahbarlari tomonidan “Sharqona Qandolatchilik va Tikuvchilik Sirlari” mavzusida o’tkazilgan “Mahorat Darsi” ko’rgazmali o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarga Jizzax viloyati “Barkamol Avlod” bolalar maktabiga qarashli Do’stlik, Mirzacho’l, Baxmal, G’allaorol, Zarbdor, Yangiobod, Zomin, Zafarobod, Sharof Rashidov, Arnasoy, Jizzax shahar va Jizzax viloyati paxtakor tumani “Barkamol Avlod” bolalar maktablaridagi “Hunarmandchilik va qo’l mehnati” yo’nalishi bo’yicha faoliyat yuritayotgan tikuvchilik va qandolatchilik to’garak rahbarlari va Uslubchilari hamda Jizzax viloyat “Barkamol Avlod” bolalar maktabi O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Botirova va uslubiy kengash bo’lim boshlig’I G.Achilova va Paxtakor tuman “Barkamol Avlod ” bolalar maktabining to’garak rahbarlari, uslubchilari va hodimlari hamda Paxtakor tuman “Barkamol Avlod” bolalar maktabi O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T. Yuldashev bilan birgalikda 100 ga yaqin to’garak a’zolari xam qatnashdilar. Ushbu jarayonni respublika miqyosida keng ommalashtirish maqsadida Jizzax televidinyasi ham seminarimizda qatnashib, har bir jarayonni video lentalariga muhrlab seminardagi ishtirokchilardan intervyular oldi. Ushbu seminarda yosh qandolatchi to’garak raxbari Akramova Shaxnoza “Ari uyasi” nomli taqdimoti bilan tikuvchilik to’garak raxbari Jumabekova Munisa “ milliy uslubdagi surxoncha qizaloqlar libosi” nomli taqdimotlari bilan qatnashdilar. Seminar davomida boshqa to’garak a’zolari ishtirokida badiiy chiqishlar bo’lib turdi. Hovlida yosh doirachi to’garak a’zolari yakka ijro qilib turdilar rassomchilik o’quvchilari xam hovlida tabiat qo’ynida ijod qilib go’zal suartlar yaratishdi. Ushbu seminarimizdagi Mahorat Darsiga kelgan uslubchi va to’garak rahbarlari bir-birlari bilan fikr almashinib ko’nikma malaka olishdilar. 2022-yil 17-avgust kuni Jizzax viloyati Paxtakor tuman “Barkamol Avlod” bolalar maktabida “Hunarmandchilik va qo’l mehnati” yo’nalishi bo’yicha “Sharqona Qandolatchilik va Tikuvchilik Sirlari” mavzusida “Mahorat Darsi” ko’rgazmali o’quv seminarimiz a’lo darajada o’tkazildi. Shundan so’ng ishtirokchilar tomonidan “Mahorat Darsi” yakuni yuzasidan yaxshi so’zlar fikrlar bildirildi. Qatnashgan mexmonlarda ushbu seminarimiz katta tassurot qoldirdi.
Paxtakor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2022 yil maxallalarda to’garaklar ochilmagan. 2023 yil yanvar oyidan boshlab “Olmazor, Oltinko’l” MFY larda to’garaklar ochilishi rejalashtirildi.


Paxtakor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori: E.Chilmirzaev.
Yüklə 24,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin