Barcha uchun ajoyib imkoniyatlar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix02.11.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#67150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5000 words haqida to`liq ma`lumot

holatga kela boshlaydi. Ana shundan so`ng lug`at yodlash jarayoni ishga 
tushib ketadi.
Statistikaga murojaat qilamiz. Olimlarning hisob-kitoblariga ko`ra:
- 150ta so`z – Beginner darajasi, ya`ni odatiy suhbatlar uchun yetarli 
hisoblanadi;
- 800ta so`z – Elementary darajasi, ya`ni chet elga borib, bemalol 
sayohat qilib, u yerdagi insonlar bilan suhbatlashish uchun yetarli;
- 2000-3000ta so`z – Intermediate darajasi, ya`ni talaba darajasi 
hisoblanadi. Ushbu darajada siz bemalol gaplashishni boshlaysiz, 
bemalol yoza olasiz, bemalol kitoblar o`qiysiz, bemalol filmlarni 
tomosha qilib, tushunishingiz mumkin. IELTSdan 5,5 – 6 ball, 
CEFRdan B2 darajasini olishingiz mumkin;
- 5000-6000ta so`z boyligi – Advanced darajasi, ya`ni o`qituvchi 
darajasi. Har qanday o`qituvchi ushbu darajada bo`lishi shart hamda 
5000ta so`z bilishi shart. Ushbu darajada IELTS 7,5 – 8 ball, 
CEFRdan C1 darajasini egallash mumkin;
- 10.000ta so`z – Proficiency darajasi, ya`ni professorlar darajasi. 
Ushbu darajada siz bemalol ilmiy ishlar qila olasiz, dissertasiya yoza 
olasiz hamda ilmiy-texnik kitoblarni o`qishingiz mumkin. IELTS 9 
ball, CEFRdan C2 darajasini olishingiz mumkin.


Agar soatiga 300tadan so`z yodlashni boshlasangiz, atiga 20 soat 
ichida siz bemalol 6000ta so`z yodlab, Advanced darajasini 
egallashingiz mumkin.
Qolaversa, bizda 15 daqiqada 80.000ta so`z yodlash texnikasi mavjud 
bo`lib, siz katta miqdorda passiv lug`at boyligiga ega bo`lishingiz 
mumkin.
Lug`at yodlash jarayoni 3 qismga bo`linadi: So`zlarni tanlab olish, 
ularni eslab qolish, ularni mustahkamlash.
So`zlarni tanlab olishingiz shart emas, eng muhim so`zlarni biz siz 
uchun allaqachon tayyorlab qo`yganmiz. Eslab qolish jarayoni ham hal, u 
yuqoridagi texnika orqali bo`ladi. Mustahkamlash jarayoni esa eng 
muhimi. Sababi, so`zlarni ishlata olish ko`nikmasi shu yerda paydo 
bo`ladi. Ushbu jarayon Grammatika bilan birgalikda mustahkamlanadi.
Deylik, siz 5000ta so`z yodladingiz, lekin ularni barchasini ham 
qo`llay olmaysiz. Ikki xil lug`at turi mavjud, passiv hamda aktiv. 5000ta 
so`zni siz tushunishingiz mumkin, lekin hammasini ham tarjimasini 
bilmaysiz. Undan 3000ta so`zni siz tarjimasini bilasiz va uni tarjima qila 
olasiz. Undan 1500ta so`zni siz qo`llay olasiz. Ayni shu so`zlar sizning 
aktiv lug`atingiz hisoblanadi, qolgan 3500tasi shunchaki passiv 
hisoblanadi. Shu bois, mustahkamlash jarayoni juda muhim, ayni shu 
jarayonda barcha so`zlar aktivlashtiriladi. Ya`ni 5000ta aktiv lug`at 
boyligiga ega bo`lasiz.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin