“Soliqlar va soliqqa tortish” fani davlat byudjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir oqibatda byudjet daromadlarini shakllantiradi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fani iqtisodiy nazariya fanining maxsus bo‘limi, ya’ni chuqurlashtirilgan, kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq va soliqqa tortishning qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqmasdan, ularga asoslanadi.
Buxgalteriya hisobi fani bilan
bog’liqligi
Moliya fani bilan bog‘liqligi
Soliqlarni asosan buxgalterlar hisoblaydi. Shuning uchun “Soliqlar va soliqqa tortish” fani Buxgalteriya hisobi fani bilan chambarchas
bog’liqdir.
Moliya ham, soliq ham pul munosabatlarini ifodalaydi. Ularning ikkalasi uchun yagona asos pul munosabatlarining mavjudligidir. Lekin Soliq nazariyasi o‘ziga xos bo‘lgan pul munosabatlarini, ya’ni soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy pul munosabatlarini o‘rganadi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o`rganish usullari
Umumiy usul: 1) Dialektik usul: a) Induksiya
b) dediksiya
2) Ilmiy abstraksiya usul
Alohida usul: 1)taqqoslash, 2)statistik, 3)grafik, 4)jadval, 5)analiz va sintez.