Bank ishi fanining predmeti va vazifalari


· professionalizm, ishga ijodiy yondoshish, qat’iylik, o‘ziga ishonch va ishga fidoyilik



Yüklə 32,91 Kb.
səhifə7/9
tarix25.12.2023
ölçüsü32,91 Kb.
#196743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bank ishi

· professionalizm, ishga ijodiy yondoshish, qat’iylik, o‘ziga ishonch va ishga fidoyilik;
· yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayotga tatbiq eta olish qobiliyati;
· odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati;
· chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish;
· hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash;
· ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga oson moslashish;
· vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish;
· o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish;
· serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish;
· o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hujumga o‘ta olish;
· o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish;
· jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish.
Boshqaruvchi keng bilim sohibi bo‘lishi, yangicha fikr yurita olishi, uni qo‘llab-quvvatlashi va takomillashtirishga rag‘batlantira olish va psixologik qobiliyatga ega bo‘lishi, oqilona ish yuritishi, kerak bo‘lganda tavakkaliga ish ko‘ra olishi lozim. Biznes-loyihalarni ishlab chiqish, tuzatishlar kiritish, marketing tadqiqotlarini amalga oshira olish, bozor-talab ehtiyojlarini oldindan ko‘ra bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, axborot va umumiy axborot potensiali, vaqt va xodimlaridan mohirona foydalanib, ularning ko‘nglidagini ochiq aytishga, guruhlar munozarasini samarali o‘tkazishga rag‘batlantirish, qisqasi, mohir etakchi bo‘lish orqali yuksak natijalarga erishishni ta’minlashga harakat qilishi lozim.
Bank faoliyatini tashkil qilish va bank tarkibi
 Banklarning bajaradigan vazifalari va ko‘rsatadigan xizmatlari hajmi ularning katta-kichikligiga hamda ustav kapitalining hajmiga bog‘liq. Ular uch xil bo‘ladi: mayda, o‘rta va yirik banklar (ustav kapitalining hajmiga qarab bo‘lishi mumkin).
Kichik va o‘rta banklar asosan mayda va o‘rta hajmdagi xo‘jalik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatib, bu banklarning asosiy vazifasi xususiy shaxslardan depozitlarga mablag‘larni qabul qilib olish, mayda korxonalarga turli kreditlar va qarzlar berishdan iborat. Bunday banklar quyidagi tashkiliy chizmaga ega.
Kichik va o‘rta banklar faoliyatini rahbarlar (direktorlar) Kengashi nazorat qiladi va bank rahbari muntazam ravishda rahbarlar (direktorlar) Kengashi oldida hisobot berib boradi. Mayda va o‘rta banklar faoliyatining yaxshi-yomon bo‘lishi ular joylashgan hududga hamda mijozlar sifatiga bog‘liqdir. Bunday banklar asosan juda yuqori bo‘lmagan tavakkalchilik bilan ishlaydilar.

Yüklə 32,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin