Badiiy uslub. Badiiy asarlarda (poeziya, proza, drammatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berishi bilan birga, obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi



Yüklə 60,71 Kb.
səhifə8/8
tarix03.11.2022
ölçüsü60,71 Kb.
#67246
1   2   3   4   5   6   7   8
akademik nutq javoblari

NUTQNING ANIQLIGI Aniqlik ham nutqning etakchi mezonlaridan hisoblanadi. Agar nutqning to‘g‘riligini ta’minlashda lisoniy me’yorlar muhim o‘rin tutsa, nutqning aniqligiga tashqi faktorlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlik deyilganda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir. SHu nuqtai nazardan ushbu mezon nutq madaniyatining zarur shartidir. Demak, aniqlik so‘zning ifodalanayotgan voqealikka to‘la muvofiq kelishidir. Nomuvofiqlik esa nutqiy ‘alizlikka olib keladi. Nutqning aniqligini ta’minlashda quyidagi lisoniy hodisalarga ko‘proq ahamiyat berish lozim.
29-bilet
NUTQNING MANTIQIYLIGI Nutqning mantiqiyligi uning asosiy mezonlari bo‘lmish to‘g‘rilik va aniqlik bilan uzviy bog‘liqdir. Haqiqatdan ham, lisoniy jihatdan to‘g‘ri tuzilgan materiallarni yaxshi bilmaslik mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq etib bormasligi, ba’zan butunlay anglashilmay qolishiga olib kelishi mumkin. Nutqning mantiqiy bo‘lishi eng avvalo so‘zlovchining tafakkur quvvati va qobiliyati bilan bog‘liqdir. SHundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, mantiqiyligi faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki nolisoniy hodisa sifatida ham nomoyon bo‘ladi, ya’ni notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida chuqur bilimga ega bo‘lish va ifoda jarayonida izchillikni ta’minlash taqozo etiladi.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko`ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi : tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, a'lumotaxborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.
30-bilet
Publitsistik uslub. Tashviqot – targ‘ibot ishlari olib boorish foydalaniladigan nutq publitsistik uslub bo‘ladi. Gazeta va jurnallardagi ko‘pgina maqolalar, ommaviy siyosiy temadagi dokladlar ham publitsistikuslubda yoziladi. Publitsistik uslubda ijtimoiy – siyosiy leksika ko‘p qo‘llanadi (davlat, sessiya, qonun). Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z va birikmalardan maqol va aforizmlardan foydalaniladi. Publitsistik uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi: kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi: darak, his – hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan foydalaniladi.
31-bilet
Ish yuritishning bеvosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmuman, hajman va shaklan bir xil bo`lgan hujjatlar kattayu kichik mеhnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi
32-bilet
Hujjatlar ham uzoq tarixga ega. Miloddan avvalgi XVII asrdagi qonunlar majmuasi, sharqda eramizning X-XIX asrlarga oid yorliqlar, farmonlar, nomalar, bitimlar, arznomalar, qarznomalar, vasiqa, tilxat kabi hujjatlar mavjud bo`lgan. Sobiq sho`ro tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o`z yo`rig`iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik, idoraviy ish yuritish rus tilida olib borilavеrgan.
O`zbеkiston jumhuriyati inqilobiy qo`mitasining 1924-yil 31-dеkabrdagi 48- son qarori bilan sho`ro idoralarining ishlarini еrli xalqqa aqinlashtirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilgan, xususan maxsus ish qog`ozlari tayyorlangan. Bu hujjatlar ham ruscha qolip asosida paydo bo`lgan. O`zbеk tiliga Davlat tili maqomining bеrilishi bilan o`zbеk tilida mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun imkoniyatlar ochildi.
33-bilet
Rasmiy uslub. Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, spravka, chaqiruv qog‘oi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, adres, xarakteristika, hisobot kabi xujjatlar ham rasmiy uslubda bo‘ladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Rasmiy uslubning ham o‘ziga xos leksik va grammatik hususiyatlari mavjud: so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartirma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan: sud ishida yoki buxgalteriyada shu sohani o‘ziga tegishli so‘z terminlari ishlatiladi: maktab ish og‘ozlarida maktab direktori, direktor o‘rinbosari, sinf rahbari kabi so‘z va birikmalardan foydalaniladi. Rasmiy uslubda ko‘pincha darak gaplardan: qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilar esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi
34-bilet
Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Ariza amaliyotda eng ko`p qo`llanadigan va kеng tarqalgan ish qog`ozidir. Maktab o`quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a'zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo`llanayotgan muassasalar va idoralar g`oyat xilmaxildir. Arizalar bog`cha mudirasiga, maktab dirеktoriga, oliy o`quv yurti rеktoriga,
jamoa xo`jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko`rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
35-bilet
Badiiy uslub. Badiiy asarlarda (poeziya, proza, drammatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berishi bilan birga,
obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi. YOzuvchi badiiy asarlarda tilning tasviriy vositalari (sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, ubolag‘a, kinoya va boshqalar) yordami bilan voqea – hodisaga turli bo‘yoq beradi, o‘z his – hayajoni, ichki kechinmalarini qo‘shib, asar mazmunini badiiy obrazlar orqali bayon qiladi. Badiiy uslubda yozuvchi tilida mavjud bo‘lgan vositalarning hammasidan foydalana oladi. Tasvirlanayotgan avrning ruhini aks ettirish uchun eskirgan so‘zlar, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni ham ishlatadi. Badiiy uslubda, o‘rni bilan qahramonlar nutqida adabiy bo‘lmagan til qatlamlaridan, oddiy nutq so‘zlari, sheva vul’garizm va boshqalardan hali foydalaniladi. Bular qahramonlarining xarakatini yaratishda yordam beradi. SHuning uchun badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlar ham uchraydi.
36-bilet
Nutq madaniyati avvalo nutq odobiga tayanadi. Nutq odobi mezonlari o‘zining qadimiy ildiziga ega. Ayniqsa, o‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Mir Alisher Navoiyning bu boradagi xizmatlari beqiyosdir. U jumladan, nutq odobi, ya’ni nutq madanitining quyidagi talabalarini bayon qiladi: Nutq madaniyati avvalo adabiy til va uning me’yorlari bilan bog‘liqdir. Adabiy til o‘zaro aloqa vositasi sifatida o‘zi xizmat qilayotgan millatning barcha vakillari uchun umumiydir. Kishilardan nutq madaniyatini, ya’ni to‘g‘ri so‘zlash va yozishni talab qilish uchun bunga vosita bo‘ladigan qurolni belgilash lozim. Ushbu qurol esa adabiy tildir. Adabiy tilning o‘ziga xos xususiyati uning me’yorlariga asoslanishdir
Yüklə 60,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin