Badiiy asarning umrboqiyligi masalasi



Yüklə 58,88 Kb.
səhifə2/6
tarix21.12.2023
ölçüsü58,88 Kb.
#187463
1   2   3   4   5   6
I bob. Badiiy asarning umrboqiyligi masalasi-fayllar.org

Kurs ishining maqsadi. G’arbda «germenevtika», «aksimologiya», «interpretasiya», «biografiya» singari so’zlar mavjud yedi. Sharqda, musulmon adabiyoshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin, ta’vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko’p bo’lgan. Biz ushbu maqolalmizda badiiy matn tarkibi, ma’nolar ko’chimi, tayanch so’zlar-struktura, strukturalizm haqida fikr-mulohaza yuritar yekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko’rib o’tamiz. Badiiy asar o’ziga xos mikromir: san’atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g’oyalarni ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o’zlashtirsak, san’atkor matnini shunchalik sinchiklab o’rganamiz. Haqiqiy matn – tartibli tarkibiy tizim.
Kurs ishining vazifasi. Borliq tuzilishida, inson muchasi, a’zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo’lganiday, badiiy asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aysak, badiiy asar – betakror struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni uqish, o’zlashtirish yo’rig’i, yo’sini, qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi – ma’nolar ko’p yo’nalishi, ko’p qatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma’no nuqtalarini belgilab olish jiddiy ahamiyat kasb yetadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda tahlil qilish yekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va germenevtika, strukturalizm va aksiologiya uncha ham bir-biridan yiroq tushunchalar yemas. Biz strukturalizmning paydo bo’lishi, bosqichlari haqida to’xtalishni; strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-yestetik qarashlar tarixini yoritishni; strukturalizm vazifasi va oqibatlarini ochishni; nihoyat, strukturalizmning o’zbek adabiyotida qo’llanishi mumkin bo’lgan yo’nalishlar tarixini ifodalashni maqsad qilib qo’ydik.


I BOB.BADIIY ASARNING UMRBOQIYLIGI MASALASI
1.1. Badiiy asar shakli tushunchasi
Haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib (struktura). U matn tarzida yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo san’atkor iste’dodiga, aytmoqchi bo’lgan gapining haqqoniyligiga, so’zlarga yuklatilgan ma’noning salmog’iga, maromning tovlanishi, tuslanishiga bog’liq. Mukammal matn yaratish – ilmiy-ijodiy izlanish demak. San’atkor izlanmasa, o’qimasa, o’rganmasa, ma’lum darajada tadqiqotchi bo’lmasa, musti mahkam matn yaratishi amri mahol. Buyuk san’atkorlarning deyarli hammasi o’zigacha yaratilgan yetuk asarlarni jiddiy o’rgangan. Navoiy, Boburday san’atkorlar ilm bilan ham jiddiy shug’ullanganlar, yetuk tadqiqotlar yaratganlar. Bu an’ana jahon adabiyotida hamisha bo’lgan, hanuz davom etyapti. San’atkorning san’ati shundaki, u har bir so’z, holatdagi ma’nolarni bus-butun qamrab olishga intiladi, so’zning ich-ichiga, moyasiga kirib borishga intiladi. Badiiylik izlanishlar imkoniyati tugayotganda “lop” etib yuzaga chiqadi. San’atkor iztiroblari uchun mukofot tarzida Olloh tomonidan beriladi. +isqalik, lo’ndalik – iste’dod mujdasi. Badiiy asarning tilini o`rganish. Badiiy asarni o`quv tahlili
Badiiy adabiyotni ongli va ijodiy o`qishga o`rgatish bugun har doimgidan ko`ra ham kattaroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada badiiy matn tushunchasi, uni tahlil qilish tamoyillari ayricha ahamiyat kasb etadi. Badiiy matnni adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham o`rganishadi. Matnning lingvistik tahlili esa tobora ko`proq e`tibor qozonayotganligi bejiz emas.
Badiiy asar matnini o`rganish bilan adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham juda qadim zamonlardan buyon shug`ullanib kelgan, deb aytishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu masala fanda an`anaviy mavzular qatorida turadi, biroq haligacha mana shu qadimiy muammoning qorong`i nuqtalari, bahstalab o`rinlari oz emas.
Garchi oliy o`quv yurtlaridagi bir qator fanlar: adabiyotshunoslik va tilshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasi, ona tili va adabiyot o`qitish metodikasi, badiiy matnning lingvistik tahlili, badiiy asarni tahlil qilishning zamonaviy metodlari, ona tili va adabiyot o`qitishning zamonaviy texnologiyalari yo bevosita, yo bilvosita badiiy matn tahliliga aloqador bo`lsa-da, haligacha ularning eng samarador va amaliyot uchun eng qulay turlari ustidagi bahslar davom etmoqda. Bunda asar tili alohida e`tiborda tutiladi.
Badiiy asar shakli tushunchasi «moddiy substrat»dan, ya`ni tildangina iborat emas, vaholanki, badiiy asar shaklini tashkil etuvchi elementlar sirasida (masalan, kompozitsiya bilan yonma-yon tarzda) so`z materialiga, uning tuzilishiga yetakchi o`rin xosdir. Shakl elementlari orasida mazmunning kategoriyalari hisoblanadigan g`oya, obraz, syujet, motiv, vaziyat v.b. bilan eng mustahkam va bevosita bog`lanib ketadigani tildir. Bu munosabatlarning shunday turiki, ular hatto bir-birlariga o`tib turishlari va aylanishlari bilan xarakterlanadi.
«Badiiy matnni tadqiq etayotgan adabiyotshunos va tanqidchi uchun eng muhim mazmun kategoriyalari g`oya va obrazdir. Darhaqiqat, g`oya va obraz ajralmasdir, zero badiiy obraz mazmuni badiiy asar g`oyasini tashkil etadi. San`at sohasida mazmunni yaratish, birinchi navbatda obrazni yaratish sifatida namoyon bo`ladi.
Yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ochiq ko`rinib turibdiki, badiiy asar mazmunining umumiy talqini, ochilishi va baholanishida tilning ahamiyati nechog`lik kattadir. Shunga qaramay, badiiy matn tahliliga bag`ishlangan tadqiqotlarda g`oya-obraz va til mutanosibligi masalalari turlicha ko`rib chiqiladi».
________
1.Adabiyot nаzаriyasi. Ikki jildlik. - Tоshkеnt: Fаn, 1978, 1979.

«Ulardan bittasini qayd etaylik: struktur-lingvistik metod o`z tabiatiga ko`ra ikkiyoqlama bo`lgan obyektning bir tomonini - tilni o`rganishga, (biroq nutqni o`rganishga emas) yo`naltirilgan, ayni paytda adabiyotshunos konkret «nutqiy» mavjudlik bilan (mavhum «til» hodisalari bilan emas) bilan mashg`ul bo`ladi»


Tilshunoslik faoliyatining bitta sohasi badiiy asar tili va uslubini, jumladan, yozuvchining individual uslubini o`rganishdan iboratdir. Biroq, sof tilshunoslik nuqtai nazaridan o`rganiladigan yo`nalishda badiiy asarning butunligiga ko`ra uning mazmun alomatlarini to`la qamray olmaydi.

Biz bir asar tilini tahlil qilishni rejalashtiraylik. Buning uchun e`tiborda tutilishi shart bo`lgan ayrim xususiyatlar borki, biz ularni esda tutishimiz kerak. Bular:


o`quvchilarning oldingi sinflarda ona tili va adabiyoti darslarida
olgan bilimlari;
ularning adabiy-nazariy tayyorgarliklari;
matndagi asosiy tasvir vositalarini aniqlay olish hamda ularning
shu matnda bajarayotgan vazifalarini tahlil qila olishga oid malaka va
ko`nikmalari.
Badiiy asar tilini tahlil qilishda ham uzviylik hamda uzluksizlik asosiy tamoyil bo`lib qolishi kerak. Shunga ko`ra badiiy asar tilini o`rganishda ham o`quvchilarning bu sohadagi bilimlarining bosqichma-bosqich ortib borishiga e`tibor qaratish lozim.
Buni shunday tasavvur qilsak bo`ladi:
Poetik til haqidagi dastlabki ma`lumot.
«Poetik nutq» tushunchasi.
Poetik matnning sintaktik qurilishi.
Badiiyat va tasvir vositalari mutanosibligini umumlashtirish.
Barcha bosqichlardagi asosiy urg`u til sathlari, adabiyotshunoslik fanlari, predmetlararo aloqalarni e`tiborda tutgan holda shakllanadigan bilim, ko`nikma va malakalarga qaratilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Biz Xorazmiy haqida gapirganimizda, jumladan, shunday deymiz: «Xorazmiyning tili nihoyatda shirali. U o`zbek tilining nozik va nafis ichki imkoniyatlarini muhabbat bilan namoyish eta olgan. «Shakardek til», «tong yoqtusitek», «tan ichra jon», «arslon yurak», shuningdek, «oldini tutmoq», «oldin kechmoq», «yer o`pmoq», «yelga bermoq» kabi ifodalar Xorazmiy tilining nafosatini belgilab beradi. Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, Yusuf, Hotami Toy, Rustam, Ali, Muhammad Xo`jabek singari tarixiy hamda afsonaviy nomlar uchraydi. Muallif o`rni-o`rni bilan arabcha va forscha so`zlardan ham ustalik bilan foydalanadi.
Shuning uchun ham «Muhabbatnoma» o`zbek tili tarixini o`rganish uchun ham boy manba bo`la oladi. Uning o`sha davr tilining badiiy yodgorligi sifatidagi qadri balanddir».
Bu gaplar mag`zini chaqish uchun esa Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si tili ustida ishlash talab etiladi.
Buning uchun darslik materialiga murojaat qilamiz: Nomalar oshiqning o`z ma`shuqasiga dil izhorlari tarzida yozilgan. Ularda ma`shuqa ta`rifi asosiy o`rin tutadi. Birinchi nomaning dastlabki misralariyoq xuddi shu tarzda boshlangan. Ma`shuqaning ko`rki tengsiz. U ko`rklilarning podshohi uning go`zalligi haqidagi madh (husnung sipohi) olamni tutgan.
__________

2.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, T., «O’zbekiston», 2002, 549-554- betlar.


Ma`shuqa - pariruxsor. Ammo pariruxsorlarning ham go`zali-ko`rkaboyi.

Yuz, qosh, ko`z, xol, bo`y (qad) tasvirlari nihoyatda xilma-xil holatlarda juda go`zal va original tarzda tasvirlanadi:


Pari ruxsoralarning ko`rkaboyi, Yuzung navro`zu ko`zing bayram oyi
Umuman, asarda haqiqiy go`zallikni ta`rif va tasvir etish, insoniy muhabbat tuyg`ularini samimiy ifodalash, inson qalbidagi nozik kechinmalarni qalamga olish asosiy o`rin tutadi. Bu goh ma`shuqa va saboga murojaat, goh oshiq qalb izhori tarzida namoyon bo`ladi. Ularning barchasiga xos xislat-yuksak badiiyatdir. Adibning o`xshatish va sifatlashlaridan boshlab, tanlagan vazni, janri, qofiya va radiflarigacha ana shunday nozik badiiyatni yuzaga keltirishga xizmat qiladi.
Yurtim, senga she`r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o`z yurtim butun — Olam aro atagan tanho. Ular she`ri uchdi ko`p yiroq, Qanotida kumush diyori. Bir o`lka bor dunyoda biroq Bitilmagan dostondir bori: Faqat ojiz qalamim manim, O`zbekiston - Vatanim manim.
Abdulla Oripov «O`zbekiston» she`rini Vatan mavzusida yaratdi. Unda vatanparvarlik g`oyasi ilgari surildi. Aslida bu she`r millionlab o`zbeklarning ijtimoiy bosim ostida tomog`ida qadalib turgan hayqiriq sifatida yuzaga chiqdi. Zero, she`r yozilgan paytda O`zbekiston mustaqilligi haqida gap ham yo`q edi.
Shoir O`zbekistonni baland va o`z ovozi bilan Yurtim - Vatanim deya oldi. Vatan tasviri esa mutlaqo o`ziga xos tarzda qalamga olindi. Adib avval yurt tarixini esga oladi. Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoyidek buyuk insonlarning bevosita o`zbek xalqiga mansubligining o`zi faxr va iftixor manbai bo`la olishini ta`kidlaydi. Abdulla Oripov ta`rifidagi O`zbekiston «bitilmagan dostondir».
Shoir vatanparvarlik g`oyasini ro`yobga chiqarish uchun tasvirning o`ziga xos usullarini tanlaydi. Ayniqsa, asarning tili mutlaqo o`ziga xos. U shiradorligi, ohangdorligi, serjiloligi bilan ajralib turadi. SHe`r barmoqning nihoyatda o`ynoqi vaznida yozilgan. O`n besh bandli bu asarning har bir bandida poetik fikrning o`ziga xos rivojini kuzatish mumkin. Ana shu rivoj bevosita uning tili bilan ham bog`liqdir. O`quvchilar bilan she`rni tahlil qilishda har bir banddagi tayanch so`zlarni belgilash, har bir banddagi asosiy g`oya va uning ifodalanish tarziga diqqat qilish yaxshi samara beradi.
SHe`rdagi badiiy tasvir vositalari ustida ishlash jarayonida ham (o`xshatish, sifatlash, tazod, ta`did ...) asar tilining o`ziga xosliklarini kuzatish imkoniyati bo`ladi.
Ma`lumki, akademik litseylarning 3-bosqichida Abdulla Oripovning hayoti va ijodi ham o`rganiladi. Jumladan, u yerda «Hangoma» asarini o`rganish imkoniyati mavjud. Biz ushbu asar tili bilan bog`liq tahlil namunasini Q.Yodgorov tadqiqotiga suyangan holda havola etamiz.
Ma`lumki, matn bir marta to`liq o`qib chiqilganidan keyin uning yax-litligini idrok etish mumkin bo`ladi. Ammo bu yaxlitpikning alohida-alohida qismlardan iborat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Zero, «matnning butunligiga ichki ma`no rivojidagi qismlar va butunlik-ning o`zaro aloqalari tufayli eriishladi». Bizning misolimizda u alohida-alohida bandlardan iboratdir, Mana shu bandlarning muallif taqdimi va talqinidagi ketma-ketligi matn yaxlitligini ta`minlagan.
Endi matnning o`zini ko`rib chiqaylik. Matnni shartli ravishda uch kismga ajratish mumkin:
To`y xabari va yo`lga chiqish.
Ikki cholning adashib qolganliklarini sezishlari.
Qaypish.
Voqea shunday boshlanadi:
Qor yovardi bo`ralab, Qolishmasdi dovuldan. To`yga aytib ketishdi Shundoq qo`shni ovuldan.
SHe`rda voqeabandlik bo`lganligi uchun ham bandlar orasidagi mantiqiy aloqadorlikni anglash unchalik siyin emas.
Ko`rinib turibdiki, matn dastlab oddiy xabar bilan boshlanmoqda. Ьundan keyingi voqelar rivoji uchun asos bo`lgan hodisa «qo`shni ovuldan to`yga aytib» ketishgani. E`tiborni keyingi to`rtlikka qarataylik.
Yo`lga chiqdi ikki chol, To`yga borish qarz, beshak, Birovi otga mindi, Birovi mindi eshak.
Dastlabki misrada berilgan umumlashtiruvchi so`z («ikki chol») oxirgi ikki misrada alohida-alohida ko`rsatilyapti. Yo`lga chiqish, mas`uliyatni anglash (to`yga borish qarz, beshak)dagi umumiylik bilan, ulovlardagi ayirma yaxlit holda o`quvchining ko`z oldida gavdalantiriladi. Bu yerda inversiyaning oddiygina ishtiroki ham gap ta`sirchanligini oshirishda favqulodda vazifa bajargan. Garchi oxirgi ikki gapning qurilishi yaqinday tuyulsa-da (har ikki gap ham ega bilan boshlanyapti, buning ustiga egadan keyin bor-yo`g`i ikkitagina so`z ishtirok etyapti xolos), ularning ichki tuzilishida keskin ayirma seziladi. Bu ayirma kesim tarkibi bilan bog`liq. Birinchi holatda u odatdagi tartibda (otga mindi) ko`zga tashlanadi. Keyingi holatda esa mana shu odatdagi tartibning o`zgartirilishi bilan adabiyotshunoslikda «poetik effekt» deb yuritiladigan hodisa sodir bo`ladi. So`z ma`nolarining tovlanishida yangicha bir jilo paydo bo`ladi.
Bandda har ikki cholning to`yga borish sabablari, ulovi alohida ko`rsatilgan. Keyingi bandlarda voqealarning rivoji ma`lum darajada mana shu ulovlar bilan aloqador holda kechadi:
Qor-chi, hamon yog`ardi, Yog`ar edi gupillab. Yo`lni eshak boshladi, Ot ergashdi lo`killab.
Agar birinchi bandda qorning ancha shiddat bilan yog`ayotganligi ko`rsatilgan bo`lsa, ushbu bandda uning davomiyligi, uzluksizligiga urg`u berilgan. Oldingi holatda gap shaxslar ustida borayotgan edi. Bu yerda ulovlarning harakatiga e`tibor tortilgan. Dastlabki holatda ulovlar «harakatsiz» bo`lib, shaxslar harakatda ko`rsatilgan edi. Keyingi bandlarda harakat asosan tabiat manzaralariga, shuningdek, ikki ulovga «yuklanadi». Hozirgi bandning keyingi qismidagi «eshak boshladi» va «ot ergashdi» qismlari shu misralardagi gapning ma`noviy asosini tashkil etadi. Shoir birinchi gap oldidan to`ldiruvchi, ikkinchi gapga esa holni qo`shish bilan mana shu bir xillikni silliqlab yuborgan, uni sezilmaydigan darajaga keltirgan. Buning yoniga qofiyadagi ohangdoshlik va kompozitsiyadagi yaxlitlik ham qo`shilib she`rning ta`sirchanligini juda kuchaytirib yuborgan.
Abdulla Oripov tasvirning juda o`ziga xos usulini tanlagan. U manzaralarning tez-tez almashib turishini ta`minlagan.


Yüklə 58,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin