4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta
ahamiyatga ega bо‘lib, о‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan
tо‘g‘ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni
о‘quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki
xil tasvirlash mumkin: 1) sо‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.
5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda,
asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining
8
о‘zaro bog‘lanishini tushunishda о‘quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash
о‘quvchilar nutqi va tafakkurini о‘stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan
qismlarga bо‘lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq
sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga о‘rganadilar.
Nazorat uchun savollar:
1. Badiiy asarni tahlil qilish nechta bosqichga bo‘linadi?
2. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning qaysi turlaridan
foydalaniladi?
3. Matnni tasvirlashning qaysi usullaridan foydalaniladi?
Dostları ilə paylaş: |