kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas.
«Iqtisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va xukumat
zarur. Ularsiz xozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak
chalish bilan barobardir»
*
Ilg’or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning
aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy
xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi .
Davlatning iqtisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir.Davlatning asosiy iqtisodiy
funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xuquqiy baza
va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. raqobat muxitini yaratish va uni himoya qilish .
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida resurslarni qayta
taqsimlash;
4. atrof muxitni himoya kilish;
5. daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
6. iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya`ni, iqtisodiy kon`yukturaning
o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini
nazorat kilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish .
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos
bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga
oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi
konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat
kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib
o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit
yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro
imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo
kelishuvlar orkali erishiladi.
Dostları ilə paylaş: