B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

5- rasm. 
O.Qozoqov. ,,Oila“.
yetib kelgan. A ntik va o ‘rta asr davri rangtasviri tabiiy, m ineral 
va organik b o ‘yoqlarda yaratilgan s a n ’at asarlarida yaqqol 
k o ‘rinadi.
Rangtasvir asarlari m oybo‘yoq, akvarel, guash, tem pera, 
pastel, rangli qalamda ishlanadi. XV—XVI asrlarda m oybo‘yoq 
bilan rasm ishlash rivojlandi.
Rangtasviming amaliy va m e’morlik, haykaltaroshlik san’ati 
bilan bog‘liq holda rivojlanishi antik davr san’atining asosiy belgisi 
b o ‘ldi. 0 ‘rta asrda esa Yevropa, Kavkaz, 0 ‘rta Osiyo, Xitoy, 
H indiston, Yaponiyada rangtasviming qator tur va janrlari rivoj-


landi. Jahon rangtasvir san’atining uyg‘onish davri o ‘zining ilg‘or 
a n ’analari, fikr va g‘oyalari san’at asarlarida realistik uslubda o ‘z 
ifodasini topishi bilan butun san’at tarixiga alohida m uqaddim a 
b o ‘lib kirdi. Uyg‘onish davri tasviriy san’ati uyg‘onish davrining 
m onum ental tarixini yaratdi, desak mubolag‘a b o ‘lmaydi. Bu 
davrda ijod qilgan M azachcho, Franchesko, Bottichelli, Leonardo 
da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Titsion, Behzod kabi rassomlar 
va X V III—XIX asrlarda ijod qilgan Rubens, Loren, Velaskes, 
R e m b ra n d t, K a rav a d jo , S h a rd e n , L u i D av id , D e lo k u ri, 
Konstabel, Kurbe, M ane kabi rassomlar ijodida rangtasvir san’ati 
muhim o ‘rin tutadi.
0 ‘zb ek isto n h u d u d id a n (T esh ik to sh g ‘o ri, Z a ra u tso y , 
Chust, Sopollitepa, Qizilqir, Yaraxsha kabi) topilgan buyumlar, 
sopol idishlar va devoriy rasmlaming b o ‘yoqlar bilan ishlangan- 
ligini ko‘rish mumkin. Xolchayonda qazib topilgan saroy devor- 
laridagi, Zarautsoy qoyalaridagi rangtasvirlar orqali m iloddan 
aw algi va milodning boshlarida shakllangan rangshunoslikka oid 
m a’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Eramizning boshlarida va Arab istilosigacha o ‘zbek rangtasvir 
san’ati ancha shakllangan bo‘lib, unda hayvonlar, odam lar va 
tabiat tasviri o ‘z ifodasini topgan. Bu Gavr qal’asi, Afrosiyob, 
Yaraxsha devorlariga ishlangan rangtasvir san’ati nam unalarida 
ham m ohirona aks ettirilgan.
Islom dinining 0 ‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan o ‘zbek tasviriy 
san’atida jonli zotlam i tasvirlash qat’iyan m an etiladi. Shu boisdan 
VII asrdan boshlab, o'zbek rangtasvir san’atida portret va ana- 
malistik janrlar rivojlanmay qoldi. Rangtasvir amaliy va m e’morlik 
san’ati asosida rivojlandi. M a’lumki, V II—X asrlarda Samarqand 
va Buxoro qog‘ozi shuhrat qozondi. Bu rangtasviming rivojlani- 
shida m uhim ahamiyat kasb etdi. Ammo m o ‘g‘il istilosi (XIII 
asr), eng aw alo, 0 £rta Osiyo san’ati, m adaniyati va fanining 
rivojiga salbiy ta ’sir ko‘rsatdi. O lsha davming eng go‘zal, jahonga 
m ashhur Samarqand, Buxoro, Urganch, Xiva, 0 ‘tror kabi sha- 
harlarining kulini ko‘kka sovurdi.
XIV—XVII asrlarda, ya’ni temuriylar davrida o ‘zbek tasviriy 
san’ati qayta shakllanib, unda rangtasvir san’ati alohida e’tiborga
16


ega bo ‘ldi. Rangtasvir amaliy va m e’morlik san’ati ham da kitob 
grafikasi bilan birgalikda taraqqiy topdi. K.Behzod, M .M uzahhib, 
A.Buxoriy, M .S am arqandiy kabi tan iq li m u saw irlar o ‘zbek 
rangtasvir san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. 0 ‘zbek 
rangtasvir san’ati tarixiga nazar tashlar ekanmiz, undagi portret 
ham da anamalistik janm ing m an etilishiga qaramay, o ‘ziga xos 
yo‘nalishda rivojlanganligi kitob grafikasida va devoriy rangtasvir 
asarlarida yaqqol ko ‘rinadi.
Sho'rolar davrida o ‘zbek rangtasvir san’ati yangi yo‘nalishga 
kirdi va u o ‘ziga xos tarzda rivojlandi. Uning barcha janrlari: 
portret, manzara, naturm ort, maishiy, tarixiy janrlar, jum ladan, 
amaliy san’at ham yangi m azm un, mohiyat va xarakterda taraqqiy 
etdi. 0 ‘zbek rangtasvir san’atining shakllanishi va rivojlanishida 
L.Bure, A.Nikolayev, P.Benkov, 0 ‘.Tansiqboyev, S.Abdullayev,
A.Abdullayev, N .K araxan, Ch.Ahmarov, M .Nabiyev, R .Cho- 
riyev, R.Ahmedov, B.Jalolov, J. Umarbekov, M.Saidov, Z.Ino- 
g‘omov kabi rassomlaming xizmatlarini alohida ta ’kidlash joiz.
M ustaqillik yillarida o ‘zbek rangtasvir san ’atining keksa 
ijodkorlari R.Choriyev, R.Ahmedov, M.Nabiyev, N .Q o‘ziboyev,
B.Boboyev kabilar bilan bir qatorda, B.Jalolov, J.Umarbekov,
I.Turg‘unnazarov, Y.Taldikin, V.Burmakin, S.Alibekov, Akmal 
N u r, L .Ibrohim ov, T .Q uryozov, A .Ikrom jonov, V.Oxunov,
O.Qozoqov kabi yuzlab yosh rassomlar ham ijod qilmoqdalar.
Rangtasvir asarlari o'zining yaratilish uslubi, m aqsadi va 
vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga b o ‘linadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin